O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Rangli qotishmalarni suyuqlantirishning umumiy xarakteristikasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

1.6. Rangli qotishmalarni suyuqlantirishning umumiy xarakteristikasi 
Rangli qotishmalarni suyuqlantirib olish uchim mo‗ljallangan barcha pechlar 
(bundan shaxta-alangali pechlar istisnodir) davriy ravishda ishlaydigan pechlar 
hisoblanadi. Ishchi bo‗shliq, ya‘ni pech vannasi yoki tigelga hisoblangan tarkibli 
shixta yuklanadi, energiya manbayi ishga tushiriladi, shixta suyuqlantiriladi, 
suyuqlanma zarur temperaturagacha o‗ta qizdiriladi, so‗ngra qotishma kerakli 


36 
tarkibgacha yetkaziladi, zararli aralashmalardan tozalanadi (rafinirlanadi) va 
modifikatsiyalanadi (1.7- rasm). Suyuqlantirib olish jarayoni ikkita davrga 
bo‗linadi: qizdirish va suyuqlantirish, o‗ta qizdirish va me‘yoriga yetkazish. 
Rangli qotishmalarni suyuqlantirib olishda yuklash va suyuqlantirib olish 
rejimining ketma-ketligiga rioya qilish ayniqsa muhim, chunki qotishmalarning 
ko‗pchilik komponentlari oksidlanish hamda gazlarni yutishga (gazlarning erishi, 
gazlar bilan birikma hosil qilish) yuqori darajada moyil bo‗ladi. 
Rangli qotishmalar tarkibiga kiradigan komponentlar gaz fazasi bilan reaksiyaga 
kirib (1.7- rasmga q.), oksidlar hosil qilishi mumkin: 
Me + 
O
2
= MeO, 
(1.42) 
Me + CO
2
= MeO + CO, 
(1.43) 
Me + H
2
O = MeO + H
2

(1.44) 
nitridlar Me + 
N
2
= MeN,
(1.45) 
gidrooksidlar Me + H
2
O = MeOH + 
H
2
,
(1.46) 
va boshqa birikmalarni hosil qilishi mumkin. 
Bundan tashqari, ko‗pchilik rangli metallar gaz yutishga yuqori darajada 
moyil bo‗ladi: 
{O
2
} → [2O], [MeO], 
(1.47) 
{N} → [2N], [MeN], 
(1.48) 
{H
2
} → [2H]. 
(1.49) 
Aluminiy va rux oksidlanganda yaxshi himoyalash xossalariga ega bo‗lgan 
A1
2
O
3
va ZnO oksidlaridan bir tekis zich parda, magniy oksidlanganda esa bu 
xossalarga ega bo‗lmagan parda hosil bo‗ladi. Shuning uchun magniyni faqat 


37 
qoplama flyus ostida yoki himoya atmosferada suyuqlantirib olish mumkin. Titan 
bundan ham ancha aktiv. Uni faqat vakuumda suyuqlantirish mumkin. 
Rangli qotishmalarni suyuqlantirib olishda nafaqat metall gaz fazasi bilan, 
balki qattiq metall suyuq metall bilan ham o‗zaro ta‘sirlashadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling