O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Xossalarning moddalarning tuzilishiga bog‘liqligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Xossalarning moddalarning tuzilishiga bog‘liqligi 
Element 
Kristalik 
modifikatsiya 
20 °C dagi 
zichligi, 
g/sm

Atom hajmi, 
sm
3
/mol 
Uglerod 
Olmos 
3,51 
3,42 
Grafit 
2,26 
5,31 
Qalay 
Oq 
7,31 
16,2 
Kulrang 
5,75 
20,6 
Moddalarning tuzilishi moddani tashkil etadigan zarrachalar (atomlar, ionlar) 
orasidagi kimyoviy bog‗lanish turiga bog‗liq bo‗ladi. Bog‗lanishning ikkita asosiy 
turini kо‗rib chiqamiz: ion va kovalent 
boglanish. 
Ion bog‗lanishning hosil bo‗lishi «ionizatsiyalanish potensiali», «elektronga 
yaqinlik» va «elektr manfiylik» kabi tushunchalar bilan xarakterlanadi. 
Atomni ionizatsiyalash birinchi potensiali deb, eng bo‗sh bog‗langan elektronni 
shu atomdan to‗la chetlatishga sarflanadigan energiyaga aytiladi. Kо‗rib 
o‗tilayotgan jarayon ionizatsiyalanish reaksiyasidan iborat: 
Me - e = Me
+

Ko‗pchilik kimyoviy aylanishlarda ionizatsiya muhim rol o‗ynaydi va metall 
elementlarning kationlar hosil qilish qobiliyatini aniqlaydi. Me
+
ionni 
ionizatsiyalash davom ettirilsa, navbatdagi elektronlarni chetlatish mumkin. 
Ionizatsiyalashning birinchi potensiali ta‘rifiga o‗xshash, mazkur atomning 
navbatdagi elektronlarining ketma-ket chetlatilishiga mos keladigan ikkinchi, 
uchinchi va keyingi potensiallar ta‘riflarini oson kiritish mumkin. Ionizatsiyalash 
potensiallari, odatda, electron voltlarda (1 eV = 1,6 ∙ 10
-19
J) ifodalanadi [15]. 


56 
Elektronga yaqinlik — bu elektron neytral atomga birikkanida ajraladigan yoki 
yutiladigan energiyadir: 
X + e = X
-

Ion bog‗lanish bitta yoki bir nechta elektronlarni bitta atomdan boshqasiga 
o‗tkazilganda vujudga keladi, buning natijasida atomlar ionlarga aylanadi. Bunday 
jarayon elektronini beradigan atom past ionizatsiyalash potensialiga ega bo‗lguncha 
va elektronni biriktirib oladigan atom esa bu elektronga ancha yaqin bo‗lguncha 
energetik jihatdan qulay bo‗ladi. Atomlarning bu xarakteristikasining o‗zgarishi 
elementlarning tabiatiga bog‗liq va Davriy qonunga muvofiq bo‗lgan- ligidan, 
elementlarning reaksiyalarga qobilligini elektronlarni ko‗chirish va ularning Davriy 
sistemadagi o‗rni bilan bog‗lash mumkin. 
Ionizatsiyalash potensialining eng past qiymatlari 1 A guruh elementlariga, 
elektronga yaqinlikning eng yuqori qiymati V I I A guruh elementlariga xos. Agar 
elementlarning faqat shu ikkita xossasi hisobga olinsa, unda elektronlarning 
ko‗chirilishi bilan bog‗liq bo‗lgan reaksiyaning o‗tishi uchun eng qulay sharoit 
ko‗rsatilgan ikkita guruh elementlarini o‗zaro birlashtirganda yaratiladi. 
Elementning elektrmanfiyligi deb, uning atomlarining elektronlarni o‗ziga 
tortish nisbiy qobiliyatiga aytiladi. Bu qobiliyatni baholash uchun shartli shkala 
belgilanadi. Elektrmanfiylikning chetki qiymatlari seziy uchun 0,7 ga va ftor uchun 
4,0 ga teng (2.3-jadval). 
2.3-j adval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling