O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Moddalarning tuzilishi 
Barcha moddalarning elementar yacheykasi a t o m hisoblanishi kimyo va fizika 
kurslaridan ma‘lum. Molekulalar, komplekslar, klasterlar va ularni tashkil etuvchi 
ionlar metallurgiya fazalarining elementar yacheykalaridandir. Fazalar xossalarning 
ma‘lum birikmasini saqlaydi va atomlarning turli kombinatsiyalaridan iborat. 
Korpuskular-to‗lqin dualizmi atom modelini faqat shartli ravishda tasvirlashga 
imkon beradi va uning real tuzilishini ma‘lum darajada aks ettiradi. Atomdagi 
mikrozarrachalarning harakati Shredinger tenglamasida tavsiflangan. Lekin uni 
faqat vodorod atomi uchun aniq yechish mumkin. Ko‗p atomli molekulalar uchun 
esa turli yaqinlashish metodlaridan foydalaniladi. 
Bir elektronli to‗lqin funksiyalari atom orbitalari deb ataladi. Bu matematik 
tushuncha elektron orbitasini uning ko‗rgazmali tasvirida emas, balki elektronning 
atomdagi holatini aks ettiradi. 
Moddalarning o‗zaro ta‘sirlashish jarayonlarini o‗rganish uchun atomlarning 


54 
elektron tuzilishi juda katta ahamiyatga ega. Ularning tuzilishiga ko‗ra s, p, d va f- 
elementlar bir- biridan farqlanadi. Molekulalar va ular atomlarining murakkab 
tuzilishi kimyoviy bog‗lanishlarning mavjudligiga asoslangan va ular hozirgi vaqtda 
ikkita nazariya nuqtayi nazaridan kо‗rib chiqilmoqda: valent bog‗lanishlar (VB) va 
molekular orbitallar (MO). 
VB nazariyasi ko‗p atomli zarrachalarning hosil bo‗lishi va struk- turasini yaqqol 
ko‗rsatishga imkon beradi, lekin moddalarning magnit xossalarini tushuntirib bera 
olmaydi. Atomlarni, chunonchi, kristallar orasidagi bog‗lanishni VB nazariyasi 
haddan tashqari sodda tasvirlaydi. 
MO nazariyasi shunday tasavvurga asoslanganki, bunda molekula- ning har bir 
elektroni o‗zining funksiyasi — molekular orbital bilan tavsiflanadi. Bu nazariya 
kimyoviy bog‗lanishlarning paydo bo‗lishini yadrolar va dastlabki atomlarning 
elektronlari hosil qilgan maydonda barcha elektronlar harakatining natijasi sifatida 
qaraydi. Lekin asosiy hissani valent qobiq elektronlari qo‗shganligidan, odatda, 
faqat ularning elektronlarini kо‗rib o‗tish bilan cheklaniladi. Bunda to‗lqin 
funksiyalari Shredinger tenglamasini turli taqribiy metodlar yordamida yechib 
topiladi. 
Shunday qilib, turli birikmalardagi alohida atomlarning energetik sathlari o‗zaro 
birlashishi natijasida molekulalardagi energetik sathlarni hosil qiladi. Bundan 
qanday amaliy xulosalar chiqarish mumkinligini keyinchalik ko‗ramiz. 
Ma‘lumki, elementlarning xossalari davriylikka ega (bu D.I.Mendeleyevning 
elementlar davriy sistemasida aks etgan). Davriy qonunning zamonaviy ta‘rifida 
shunday deyilgan: elementlar tartib (atom) nomerlarining ortib borishi 
ketma-ketligida joylashganda ularning fizik va kimyoviy xossalarida davriy 
o‗zgarishlar seziladi. 
Moddalarning tuzilishi va xossalari faqat ularning tarkibiga emas, balki ularning 
strukturasiga ham bog‗liq. Ko‗pchilik elementlar turli kristalik modifikatsiyada 
bo‗ladi. Ular zichligi jihatdan ancha farqlanishi mumkin va bunday holda 
elementning har bir shakliga o‗zining atom hajmi (1 molning sm
3
hisobidagi hajmi) 
mos keladi. Misol tariqasida uglerod va qalayning atom hajmlari to‗g‗risidagi 


55 
ma‗lumotlarni keltiramiz (2.2-jadval). 
2.2-jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling