O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
-rasm. Quyma qotishmalarga suyuq holatda ishlov berish usullarining umumlashgan elementlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
1.9-rasm. Quyma qotishmalarga suyuq holatda ishlov berish usullarining umumlashgan elementlari.
44 Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari yordamida tozalash bevosita suyuqlantiruvchi pechlarda amalga oshiriladi. Masalan, suyuqlantirilgan 2 metallni 1 pechda tozalash (1.10- a rasm) ma‘lum tarkibli (PR = SH ∪ P ) 3 qo‗shimcha shlak hosil qilib amalga oshiriladi. Pechdan tashqarida tozalashni sintetik shlak (1.10- b rasm) yordamida amalga oshirish mumkin. Sintetik shlak maxsus shlakni suyultirish pechlarida suyuqlantirib olinadi, so‗ngra cho‗michga quyiladi va unga 2 cho‗michdan metall quyiladi. U 3 shlak bilan aralashib, zararli aralashmalardan tozalanadi. Metallda erigan kislorodni chiqarib yuborish oksidsizlantirish deb ataladi. Bu operatsiya oksidlab tozalashdan so‗ng bajariladi. Bunda erigan kislorod oksidsizlantirgichlar deb ataladigan qo‗shimchalar yordamida erimaydigan oksidlarga bog‗lanadi. Metallni metallmas qo‗shilmalar va gazlar ko‗rinishida bo‗ladigan aralashmalardan turli qo‗shimchalar kiritib yoki tashqaridan ta‘sir qilib tozalash mumkin. Metallni zararli aralashmalardan tozalaydigan flyuslar yoki boshqa qo‗shimchalar metallga yo uning sirtiga (unda bu shlak bilan ishlov berishga teng kuchli, yo cho‗michdagi 2 qalpoqcha yordamida sirt ostiga RF = F ∪ K ∪ OK, 1.10- d rasm) kiritiladi. Bunda flyus qo‗shimchalari qotishma bilan reaksiyaga kirishadi va gazlar hosil qiladi yoki bug‗lanib ketadi. Hosil bo‗lgan gazlar zararli aralashmalarni birlashtirib ularni yuzaga chiqaradi. Gazlar yuborib tozalash usuli (1.10- e rasm) xuddi shunday tozalash mexanizmiga ega. Gaz yo trubka orqali ust tomondan, yo cho‗michdagi g‗ovak po‗kak orqali beriladi. Neytral gaz pufakchalarida metallda erigan gazlarning parsial bosimi boshlang‗ich vaqtda nolga teng bo‗ladi va shuning uchun ham ular pufakchalarga o‗tadi. Bundan tashqari, gaz pufakchalari metallmas qo‗shilmalarni ilashtirib, mexanik tarzda olib chiqib ketadi. Metallmas qo‗shilmalardan tozalash ham maxsus qurilmalarda UF (1.9- rasmga q.) filtratsiya qilib bajariladi. Bunda metallmas qo‗shilmalar filtrlarda adsorbsiyalanadi. Filtratsiyani gazlar yuborib tozalash bilan birgalikda bajarish mumkin: NG ∪ PGV ∪ UF-UFG (1.10- f rasm). Buning uchun maxsus qurilma 1 da 2 filtr va gaz yuborish uchun 3 truba 45 joylashtiriladi. Erigan gazlardan tozalashda vakuumlash samarali choralardan hisoblanadi. Metall ustida vakuum yaratilganda muvozanat buziladi, buning natijasida gazlar chiqarib yuboriladi. 1.10- g rasmda vakuum- gaz bilan tozalash kamerasi ko‗rsatilgan (VPK-NG ∪ PGV ∪ VK ∪ OK). Kamera 1 da 2 cho‗mich joylashtiriladi, metall vakuumlanadi va u gaz bilan qo‗shimcha tozalanadi. Ultratovush — UZ (1.9- rasmga q.) bilan ham muvozanatni buzish mumkin. Bunda suyuqlanmada kavitatsiya sodir bo‗ladi va hosil bo‗lgan bo‗shliqlarga suyuq metallda erigan gaz intiladi. Gazlar pufakchalar yaratadi, so‗ngra ular yuzaga suzib chiqib, suyuq metallni tozalaydi. 1.10- rasm. Quyma qotishmalarni tozalash metodlari. Suyuq shlaklar, tuz suyuqlanmalarining elektrokimyoviy tabiati va ularda aralashmalaming ion holati tozalash maqsadida elektr maydondan yoki uning suyuqlanmalarni elektroliz qilish va ionlar harakati asosida pirometallurgik 46 jarayonlar bilan kombinatsiyasidan foydalanishga imkon beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling