O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Quyma qotishmalarga suyuq holatda ishlov


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

1.7. Quyma qotishmalarga suyuq holatda ishlov
berishning asosiy prinsiplari va usullari 
Quyma qotishmalarga suyuq holatda ishlov berish jarayonlarining 
klassiflkatsiyasi va uni amalga oshirish usullari. Qotishmani modi- fikatsiyalash, 
legirlash yoki tozalash maqsadida unga pechda yoki pechdan tashqarida (novda, 
cho‗michda, maxsus qurilmalarda) ishlov berilishi mumkin (1.8- rasm).


40 
 
1.8- rasm. Quyma qotishmalarni suyuq holatda ishlov berish jarayonlarining 
klassifikatsiyasi. 
Ishlov berish turli qo‗shimchalar kiritib yoki tashqaridan ta‘sir qilib 
(aralashtirish, vibratsiya, vakuum va shunga o‗xshashlar) amalga oshiriladi. 
Qo‗shimchalar bevosita metallga yoki shlakka aralash kiritilishi ham mumkin. 
Tashqaridan ta‘sir qilish usuli ham xuddi shunday bo‗ladi. 
Pechdan tashqarida ishlov berish usuli suyuq metallga bevosita qo‗shimcha 
kiritib yoki tashqaridan ta‘sir qilish uchun mo‗ljallangan maxsus qurilmalar 
yordamida amalga oshiriladi (1.9- rasm). Qo‗shimchalar gazsimon (O — kislorod, 
N — azot, NG —neytral gazlar), qattiq (M — metallar va boshqa texnik sof 
moddalar, elementlar yoki birikmalar, A — aralashmalar, L — ligaturaiar, ya‘ni bir 


41 
nechta M qotishmalari, F— flyuslar) va suyuq (F — flyuslar, Sh — shlaklar) 
bo‗lishi mumkin. 
Qo‗shimchalar kiritish uchun turli qurilmalardan foydalaniladi: D — dozator, 
PGV — gazlarni yuqoridan puflash uchun teshiklari bor truba, PGN — gazlarni 
pastdan puflash uchun g‗ovak tub yoki po‗kak, MV — modifikator, masalan, 
chiviqni mexanik tarzda kiritish uchun qurilma, ZK — zaryadlash kamerasi, I — 
bug‗latgich, K — modifikator joylashtiriladigan qalpoq. 
Ishlov beriladigan joy suyuqlantirish pechi (P), pechdan tashqarida ishlov 
berishda esa suyuqlantirish pechining novi, ochiq cho‗mich, germetik cho‗mich va 
litnik sistemasida ish kamerasi (RK) bor quyish qolipi (F) bo‗lishi mumkin; ish
kamerasida modifikator joylashtiriladi (1.9- rasmga q.). Tashqaridan ta‘sir qilish 
uchun maxsus qurilmalardan foydalaniladi: filtrlash uchun qurilma UF, A — 
avtoklav, VK — vakuum kamera (ular tuzilishi jihatdan o‗xshash, lekin avtoklavda 
ortiqcha bosim bo‗lishi mumkin) VU, VZ, MP — vibratsiya, ultratovush va 
aralashtirish qurilmalari, EU — elektr qurilma. 
Pechdan tashqarida ishov berish 1.9- rasmda ko‗rsatilgan elementlarni 
birlashtirib amalga oshiriladi. Masalan, modiflkatsiyalashning quyidagi metodlari 
mavjud: L 
∪ VJ — novda ligatura bilan modiftkatsiyalash, L ∪ D ∪ VJ — shuning 
o‗zi, lekin dozator ishlatiladi, M ∪ ZK ∪ GK — germetik cho‗michda metall 
(masalan, magniy) bilan modifikatsiyalash, L 
∪ RK ∪ F — qolipda ligatura bilan 
modifikatsiyalash va h.k. Bu yerda bo‗lishi mumkin bo‗lgan kombinatsiyalar soni 
ancha ko‗p. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling