O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
1.7- rasm. Rangli qotishmalami suyuqlantirishda fazalarning o‗zaro ta‘siri sxemasi: a — qattiq holatdan suyuqlanish, b — suyuq vannada suyuqlantirish, d — flyus ostida me‘yoriga yetkazish, e — tozalash; 1 — qattiq metall, 2 — qoplama flyus; 3 — tozalovchi Davrlar Fazalarning o‗zaro ta‘siri Qizdirish va suyuqlantirish O‗ta qizdirish va me‘yoriga yetkazish 38 flyus; 4 — gaz fazasi; 5 — pech futerovkasi; 6 — suyuq qotishma, 7 — shlak. 39 Shixtaning qattiq tashkil etuvchilari, odatda, suyuq qotishmada eritiladi. Shu qotishmaning quymasi, ligaturalar yoki boshqa qo‗shimchalar shixtaning qattiq tashkil etuvchilari bo‗lishi mumkin. Suyuq qotishma qoplama flyuslar va hosil bo‗ladigan shlaklar bilan reaksiyaga kiradi. Flyuslar tarkibi shunday tarzda tanlanadiki, bunda oksidlanish reaksiyasi cheklansin. Qotishma tayyorlashning so‗nggi bosqichida (pechda, kovshda yoki tarqatish pechida) aralashmalardan tozalash jarayonida flyuslar yoki boshqa qo‗shimchalar qotishma reaksiyaga kiradi. Metalining pechdan chiqarilishi to‗rtta usulda amalga oshiriladi: letka orqali, pechni qiyalatib, magnitogidrodinamik nasoslar vositasida va cho‗michlab olish. Cho‗michlab olish ishlarini maxsus robot- manipulatorlar bajaradi. Ular metallni ish pechidan cho‗michlab olib, uni qolipga quyadi. Katta bo‗lmagan quyish sexlarida mayda quymalarni ishlab chiqarishda tayyor suyuq eritma bevosita tarqatish pechlaridan yoki alanga yoxud shaxta-alanga pechlaridagi asosiy vanna bilan kanallar yordamida ulangan maxsus tarqatish kameralaridan dastali cho‗michlar bilan olinadi. Rangli qotishmalarni suyuqlantirib olishda tozalash operatsiyasi eng muhim texnologik operatsiyalardan hisoblanadi, chunki quyma sifatini shu operatsiya aniqlaydi. Tozalash usullari qotishma tipi, uning tarkibi, suyuqlantirib olish va quyib chiqish, maxsus flyuslar hamda boshqa qo‗shimchalar ishlatish sharoitlariga qarab tanlanadi. Yuqori po‗latlar olishda plazma- yoy pechlaridan foydalaniladi. Yoy pechlarida maxsus sifatli suyuqlantirib olinadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling