O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari 
Bu reaksiyalar oksidlarning hosil bo‗lishi va parchalanishi bilan chambarchas 
bog‗liq. Barcha oksidlar ikkita katta klassga bo‗linadi: kislotali va asosli. Kislotali 
oksidlar jumlasiga suvda erib kislota hosil qiladigan, shuningdek, suvda 
erimaydigan yoki suv bilan reaksiyaga kirishmaydigan oksidlar kiradi. Bu 
oksidlarning kislota hosil qilish reaksiyasining rasman tenglamasini yozish mumkin. 
Masalan, SO
2
, SO
3
, P
4
O
10
va CO
2
oksidlar suvda yaxshi eriydi. SiO
2
va B
2
O

oksidlar esa suvda shunchalik qiyin eriydiki, hatto kislota hosil bo‗ladigan 
reaksiyalarda qatnashmaydi, lekin bu birikmalar asoslarni neytrallaydi va shuning 
uchun kislotali oksidlar hisoblanadi. 
Suv bilan reaksiyaga kirib asoslar hosil qiladigan yoki kislotalar bilan reaksiyaga 
kirib tuzlar hosil qiladigan oksidlar asosli oksidlar deb ataladi. Masalan, K
2
O va 
CaO oksidlardan KOH va Ca(OH)
2
asoslar hosil bo‗ladi. Bu holda asoslarning 
nisbiy kuchi oksidlar tarkibidagi elementlarning elektrmanfiyligiga bog‗liq, lekin 
kislotalardan farqli o‗laroq, eng kuchli asoslar elektrmanfiyligi eng kichik bo‗lgan 
elementlarning oksidlaridan hosil bo‗ladi. 
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari elektronlarni bitta reagent (modda)dan 
boshqasiga ko‗chirib amalga oshiriladi. Oksidlanayotganda bitta modda beradigan 
elektronlarning to‗la soni qaytarilish jarayonida boshqa modda ega bo‗ladigan 
elektronlarning to‗la soniga teng bo‗lishi kerak, bu bilan birinchi jarayon sodir 
bo‗ladi. Bu qonuniyat oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida reagentlar orasidagi 
o‗zaro bog‗lanishni aniqlaydi va ularning tenglamalarini tuzish usullarini topishga 
imkon beradi. 
Kimyoviy aylanishda qatnashayotgan, reagentlar yo‗qotadigan yoki ega 
bo‗ladigan elektronlar sonini aniqlash uchun molekuladagi, kompleks iondagi yoki 
erkin holatdagi har bir atomga oksidlanish darajasi deb ataladigan alohida son 
mansub bo‗ladi. Bu son atomning oksidlanish holatini ko‗rsatadi va elektronlarning 
ko‗chishini hisobga olish uchun qulay asosdan iboratdir. Lekin uni molekuladagi 


62 
atom ega bo‗la oladigan haqiqiy zaryad sifatida qarash kerak emas. 
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida atomning oksidlanish holatining o‗zgarishi 
yo‗qotiladigan yoki ega bo‗ladigan elektronlar sonini aniqlaydi. 
Erkin holatda bo‗lgan elementlarning barcha atomlariga 0 oksidlanish darajasi 
mansub bo‗ladi. Bu erkin element, masalan, Fe, Cu ning atomlari elektronlarini 
yo‗qotmasligi va ularni qo‗shib olmasligini ko‗rsatadi. Cl
-
, S
2-
, Na
+
, H
+
, Ca
2+
yoki 
Fe
3+
ga o‗xshash oddiy ionlar ion zaryadiga teng bo‗lgan oksidlanish darajasiga ega 
bo‗lmaydi. Birikmalarda vodorod va kislorod, odatda, tegishlicha +1 va -2 ok-
sidlanish darajasiga ega. Kompleks ion yoki molekula tarkibidagi barcha 
atomlarning oksidlanish darajasining yig‗indisi butun zarrachaning birgalikdagi 
to‗la zaryadini aniqlaydi va turli atomlarning noma‘lum oksidlanish darajasini 
aniqlashga imkon beradi. 
Yana ikkita tushuncha kiritish zarur: oksidlovchi va qaytaruvchi. Bu 
terminlardan oksidlay olish va qaytara olish qobiliyatiga ega moddalarni ko‗rsatish 
uchun foydalaniladi. Boshqa moddaning oksidlanishiga (ya‘ni uning elektron 
yo‗qotishiga) sabab bo‗lgan oksidlovchi bu jarayonda qaytariladi (ya‘ni 
elektronlarga ega bo‗ladi). Bunda oksidlangan modda qaytaruvchi hisoblanadi. 
Oksidlash va qaytarish jarayonlarini bir-biridan ajratib bo‗lmaydi, ular 
miqdoriy-ekvivalent nisbatida amalga oshiriladigan bitta reaksiyaning ikkita 
bosqichidan iborat. Oksidlash yarim reaksiyasida yo‗qotiladigan elektronlar 
qaytarilish yarim reaksiyasida qaytib beriladi. Bunday yarim reaksiyalar 
tenglamasini alohida tuzish, so‗ngra esa ulardan har qaysisini tegishli 
koeffitsiyentlarga 
ko‗paytirib 
kombinatsiyalash 
mumkin. 
Natijada 
oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamasi hosil bo‗ladi. Tenglamada na ega 
bo‗linadigan, na yo‗qotiladigan elektronlar bo‗lmaydi. 
Elektronlarni uzatish, ionlarning harakati, ularning shlakdagi razryadi va 
metallurgiyada sodir bo‗ladigan boshqa jarayonlarni elektrokimyo nuqtayi 
nazaridan kо‗rib chiqish mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling