O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Kristall panjaralarning asosiy turlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Kristall panjaralarning asosiy turlari
Turi Misol Kub Osh tuzi, mis Geksagonal Grafit, kvars Tetragonal Oq qalay Rombik (ortorombik) Rombik oltingugurt Monoklin Monoklin oltingugurt Trigonal (romboedrik) Kalsit Qattiq amorf moddalar o‗ta sovitilgan suyuqliklardir. Bunday strukturalarda eng yaqin qo‗shni zarrachalar panjarada qariyb to‗g‗ri holatni egallashi mumkin, lekin navbatdagi qo‗shni zarrachalar to‗g‗ri holatlardan ancha ko‗p chetlanadi va shuning uchun bitta elementar zarracha (yacheyka) chegarasidan tashqarida zarrachalarni joylashtirishda yetarli darajada tartib o‗rnatishga erishib bo‗lmaydi. Metallurgiyada moddalarning bu guruhini keng ko‗lamda shlaklar tashkil qiladi. Barcha suyuqlantirilgan metallar ham suyuqliklar jumlasiga kiradi. Navbatdagi agregat holat gazsimon holat hisoblanadi. Barcha moddalar qattiq holatdan suyuq holatga, so‗ngra gazsimon holatga o‗tishlari mumkin. Biroq bunday holatlar orasidagi masofa turlicha bo‗ladi. Agar A nuqta — qattiq holat, В — suyuq, C esa gazsimon holat bo‗lsa, unda AB kesma, BC kesmaga qaraganda ko‗p marta 60 kichik bo‗ladi. Istalgan modda yetarli darajada qattiq qizdirilganda bug‗lanib, gazga aylanadi. Agar temperatura ko‗tarilsa, gaz molekulalari ularni tashkil etadigan atomlarga parchalana boshlaydi, so‗ngra atomlar ionlarga aylanadi. Gaz fazaning bunday holati plazma holati deyiladi. Plazma ionizatsiyalanish darajasi α bilan xarakterlanadi. Ionizatsiyalanish darajasi deganda, ionizatsiyalangan atomlar sonining ularning plazma hajm birligidagi to‗la soniga nisbati tushuniladi. α ning qiymatiga qarab, plazma ozgina, ko‗p yoki to‗la ionizatsiyalangan plazmalarga bo‗linadi. Plazmaga tatbiqan past temperaturali va yuqori temperaturali tushunchalariga biroz o‗zgacha ma‘no beriladi. Temperaturasi T ≤ 10 5 К bo‗lgan plazmani past temperaturali deb hisoblash qabul qilingan. Metallurgiyada past temperaturali plazma ishlatiladi. Metallurgiyada moddalar qanday agregat holatda bo‗lmasin, bir- biri bilan sof ko‗rinishda o‗zaro ta‘sirlashish jarayonlari juda kam uchraydi. Odatda, eritmalar bilan ish olib borishga to‗g‗ri keladi. Eritmalarning juda ko‗p turlari mavjud. Ularning xarakteri va xossalari eritmada qanday zarrachalar taqsimlanganligiga, erituvchi muhitning xususiyati qandayligiga va zarrachalar orasidagi o‗zaro ta‘sir qaysi tarzda amalga oshishiga bog‗liq bo‗ladi. Eritmaning unda kam miqdorda bo‗lgan komponentini erigan modda deb, ko‗p miqdorda bo‗lgan komponentini esa eritgich deb atash qabul qilingan. Agar suyuq eritmada taqsimlangan molekulyar yoki ion zarrachalarning undagi miqdorida erishi davom etmasa, unda bunday eritma to ‗yingan eritma deyiladi. Eritmalar erigan moddalarning konsentratsiyasi bilan xarakterlanadi. Konsentratsiya massasi bo‗yicha % hisobida, hajmi bo‗yicha % hisobida, 1 m 3 eritmada mollarda, 1 l eritmada mollarda (molarlik) va mol ulushlarida (eritma komponentlaridan birining mollari sonining eritma mollarining umumiy soniga nisbati) ifodalanishi mumkin. Metallurgiyada eng ko‗p tarqalgani — metall eritmalari va oksidlar eritmasidir. Ularning o‗zaro ta‘siri oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining o‗tishi bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling