O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Elektrokimyo haqida asosiy tushunchalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Elektrokimyo haqida asosiy tushunchalar
63 Jarayonlarni miqdoriy tavsiflash uchun elektrokimyoda elektr hodisalariga nisbatan qo‗llaniladigan tushunchalardan foydalaniladi. Elektr hodisalari zaryadlarni katta potensial energiyaga ega bo‗lgan nuqtadan kam potensial energiyaga ega bo‗lgan nuqta yo‗nalishida ko‗chirishdan iboratdir. Elektr zaryadi kattaligi kulonlarda (C) o‗lchanadi. 1 s vaqt ichida kattaligi 1 C zaryad o‗tkazgich orqali o‗tganida vujudga keladigan elektr toki 1 A kuchga ega bo‗ladi. Elektrokimyoda ikki tipdagi o‗tkazgich bilan ish olib borishga to‗g‗ri keladi: m e t a l l v a e l e k t r o l i t . Metall о‗tkazgichlar elektr toki о‗tkazish qobiliyatiga ega. Bunda o‗tkazgichda birorta kimyoviy aylanishlar bo‗lmaydi. Elektrolitlardan elektr toki o‗tkazilganda ularning kimyoviy tarkibi o‗zgaradi. Elektrokimyoda metall va elektrolitik o‗tkazgichlardan iborat elektr zanjirlar tez-tez uchraydi. Bu tipdagi o‗tkazgichlar orasidagi kontakt- lashish yuzasi elektrod deb ataladi. Aslini olganda, elektrod — elektronlar manbayi yoki, aksincha, ularni qabul qiluvchi bo‗lib xizmat qiladi: elektronlar elektroddan elektrolitga o‗tganda u katod deb, elektronlar elektrolitdan elektrodga o‗tganda esa u a n o d deb ataladi. Elektr toki elektrod orqali o‗tkazilganda unda ma‘lum o‗zgarishlar sodir bo‗ladi. Ulardan eng muhimi anodda sodir bo‗ladigan oksidlanish jarayoni va katodda sodir bo‗ladigan qaytarilish jarayonidir. Elektrolit orqali elektr toki o‗tkazilganda sodir bo‗ladigan jarayon elektroliz deb ataladi. Elektrokimyoning asosiy qonuni Faradey qonunidir: elektrolit orqali o‗tadigan va kulonlarda o‗lchanadigan elektr miqdori (q) moddaning oksidlanadigan yoki qaytariladigan kimyoviy ekvivalentlari sonining (n) Faradey soni (F) ga ko‗paytmasiga teng. 96490 C ga teng bo‗lgan Faradey soni mol (ya‘ni 6,023 • 10 23 ) elektronlardan iborat. Elektrokimyoning boshqa muhim tushunchasi galvanizatsiya (galvanik elementlar) hisoblanadi. U o‗zining ma‘nosi jihatidan elektrolizning aksi. Elektrolizni amalga oshirish uchun ikkita elektrodda oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini amalga oshirishga imkon beruvchi elektr potensialning tashqi manbayi zarur. Bundan farqli o‗laroq, galvanik elementni yaratish uchun shunday elektrodlar va elektr moddalari tanlanadiki, ular elektrokimyoviy energiyaga ega 64 bo‗lsin. Bu energiya oksidlanish va qaytarilish jarayonlarining o‗z- o‗zidan sodir bo‗lishi uchun yetarli bo‗lishi kerak. Istalgan yarim reaksiyaning oksidlanish-qaytarilish potensialini suvli eritmalar uchun qo‗llaniladigan standart vodorod elektrodining potensiali bilan taqqoslab o‗lchash mumkin. Metallurgiyada suyuqlanmalar uchun standart kislorod elektrodidan foydalaniladi. Bu haqda metallurgiya jarayonlarida sodir bo‗ladigan reaksiyalar mexanizmini o‗rganishda ancha batafsil aytib o‗tiladi. U yoki bu reaksiyalarning sodir bo‗lishi mumkinligi ularni harakatlantiruvchi kuchlar bilan aniqlanadi. Bu kuchlar bevosita energiya, issiqlik, entropiya va kimyoviy termodinamika o‗rganadigan boshqa tushunchalarga bog‗liq. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling