O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termodmamikaning uchinchi qonuni
2.3-rasm. Ikki komponentli ( a , b) va uch konponentli (d ) holat diagrammalarini tuzish
sxemalari. Gibbsning fazalar rauvozanati asosiy qonunidan fazali kon- densatsiyalangan ikki komponentli sistema uchun o‗zgarmas bosimda erkinlik darajalarining K = 2 sonida (2.40) tenglamaga muvofiq C =3 – F bo‗ladi. Bunda muvozanatda bo‗lgan fazalar soni F = 3 dan (C = 0 da), erkinlik darajalari soni esa C = 2 dan (F = 1 dan) ortiq bo‗lishi mumkin emas. Temperatura va fazalar tarkibi o‗zgaruvchan kattalikdir. Uch komponentli sistemada bosim, temperatura va ikkita kon- sentratsiya o‗zgaruvchan kattalik hisoblanadi. Odatda, uch komponentli kondensatsiyalangan sistemalar o‗zgarmas bosimda tekshiriladi. Sistema xossalarining uchta o‗zgaruvchiga bog‗liqligini uch qirrali to‗g‗ri burchakli prizmadan iborat fazoviy diagramma ko‗rinishida tasvirlash mumkin. Prizmaning asosi bo‗lib uch qismdan iborat sistema tarkibini xarakterlovchi teng yoqli uchburchak, temperatura esa balandlik bo‗lib xizmat qiladi. Teng yoqli uchburchakning uchlari sof A, B, C moddalarga mos keladi (2.3- rasmga q.). Uchburchak ichida joylashgan barcha nuqtalar uch komponentli sistemalarning tarkibini xarakterlaydi. Berilgan nuqta uchburchakning tegishli uchiga qanchalik yaqin joylashgan bo‗lsa, sistema tarkibidagi komponentlardan har birining protsent hisobidagi miqdori shunchalik ko‗p bo‗ladi. Termodmamikaning uchinchi qonuni Termodinamikaning bu qonuni temperatura absolut nolga yaqin- lashganda entropiyaning nolga intilishini ko‗rsatadi. Bu ta‘rif quyidagiga ekvivalent: c p va c v lar T= 0 da nolga teng bo‗lib qoladi. Muvozanatlarni hisoblash uchun termodinamika uchinchi qonunining ahamiyati shundan iboratki, u moddalar reaksiyasida qatnashadigan entropiya kattaligini topishga imkon beradi. Absolut nolda sof kristalik modda entropiyasi S 0 ° nolga teng. Istalgan boshqa temperaturada esa uning qiymatini quyidagi tenglamadan topish mumkin: 84 ∫ Absolut nolga yaqinlashadigan temperaturadagi issiqlik sig‗imi Debay tenglamasi yordamida hisoblab topiladi. Ushbu tenglamaga muvofiq bu zonadagi issiqlik sig‗imi absolut temperaturaning uchinchi darajasiga proporsionaldir. Shunday qilib, barcha moddalarning entropiyasini termik ma‘lu- motlardan topish mumkin, bu esa faqat kalorimetrik o‗lchovlar yordamida istalgan reaksiya uchun muvozanat shartlarini topishga prinsipial imkoniyat beradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling