O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Oksidlar, xloridlar, ftoridlar, sulfldlar, karbonatlar va silikatlarning hosil
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Oksidlar, xloridlar, ftoridlar, sulfldlar, karbonatlar va silikatlarning hosil
bo‘lish va parchalanish termodinamikasi. Qiyosiy analiz uchun, odatda, ΔG° ning qiymati kJ/mol O 2 yoki J/g-atom О larda keltiriladi. Eng muhim elementlar uchun bunday taqqoslash 2.2- rasmda berilgan, bu yerda fazaviy o‗tish nuqtalarida sinishlarga ega bo‗lgan ΔG° = f(T) chiziqlardan tashqari, kislorod muvozanat bosimining va ayni sharoitlar uchun muvozanatda bo‗lgan CO/CO 2 va H 2 /H 2 O nisbatlar darajasining qiymatlari keltirilgan. Bu diagrammadan foydalanib, ΔG o ning qiymatinigina emas, balki ni ham, shuningdek, C—O—metall va H—O—metall sistemalardagi muvozanat nisbatini aniqlash mumkin. Diagrammani qurish prinsipi rasmda keltirilgan. Gibbs energiyasi tushunchasi oksidlarning nisbatan mustahkamligi haqida mulohaza yuritishga imkon beradi, lekin uni juda katta ehtiyotlik bilan qo‗llash lozim. Shuni nazarda tutish zarurki, Gibbs energiyasi haqidagi ma‘lumotlar muvozanat holatlarga taalluqlidir. Agar reaksiya mahsuloti reaksiya zonasidan doim chiqarib turilsa, muvozanat hech qachon bo‗lmaydi. Bunda reaksiya tezligi va aktivlash to‗sig‗i katta ahamiyatga ega. Masalan, C + O2 ⇆ CO 2 reaksiya uchun ΔG = -94 kkal/mol, lekin agar ko‗mir yondirilmasa, ya‘ni unga aktivlash energiyasi berilmasa, u yonmaydi. Past temperaturada esa reaksiya tezligi shunchalik kichik bo‗ladiki amalda reaksiya sodir bo‗lmaydi. ΔG° =f(T) chiziq qiyaligi reaksiya entropiyasining o‗zgarishini xarakterlaydi, chunki dΔG°/dT = -ΔS. To‗g‗ri chiziq ΔG = f ( T ) ning uzunligi dastlabki moddalar 75 yoki reaksiya mahsulotlarining fazaviy aylanishlari nuqtalari (suyuqlanish, qaynash, fazaviy o‗tish) bilan cheklanadi. Fazaviy aylanish vaqtida entropiya o‗zgaradi va to‗g‗ri chiziq o‗z qiyaligini o‗zgartiradi. ΔG — Tdiagrammadagi to‗g‗ri chiziqlar (2.2- rasmga q.) o‗xshash qiyaliklarga ega, chunki gazsimon kisloroddan qattiq oksidga o‗tishda entropiyaning o‗zgarishi barcha hollarda qariyb bir xil bo‗ladi. Metall kislorod bilan o‗zaro ta‘sirlashib qattiq oksid hosil qilganda entropiya kamayadi, chunki qattiq oksid metall va gazga nisbatan ancha tartiblangan strukturaga ega bo‗ladi. ( ) bo‘lgani uchun diagrammada to‗g‗ri chiziqlar musbat qiyalikka ega bo‘lishi kerak, ya‘ni temperatura ortgan sayin ΔG° kattalik kamroq manfiylikka ega bo‗lib qoladi. Fazaviy aylanishlarda chiziqlar o‗z qiyaligini o‗zgartiradi. Qaynash temperaturalari va sublimatsiyada chiziqning egilish qiyaligi suyuqlanish nuqtasidagiga qaraganda deyarli tik bo‗ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling