O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

2.2. Kimyoviy termodinamika asoslari 
Kimyoviy termodinamika — fizik kimyoning bo‗limidir. Unda kimyo 
sohasidagi termodinamik hodisalar, shuningdek, moddalar termodinamik 
xossalarining ularning tarkibi va agregat holatiga bog‗liqligi kо‗rib o‗tiladi. 
Asosiy tushunchalar va tavsiflar. Termodinamika o‗rganadigan obyekt 
termodinamik sistema bo‗lib, u modda va energiya bilan almashinib, bir-biri hamda 
boshqa jismlar bilan o‗zaro ta‘sirlashadigan fazalar, moddalar (fizik jismlar) 
majmuyidan iborat. 
Izolatsiyalangan, berk va ochiq sistemalar mavjud. Izolatsiyalangan sistema 
tashqi muhit bilan energiyasi bilan ham, massasi bilan ham almashinmaydi, berk 
sistema faqat energiyasi bilan, ochiq sistema energiyasi bilan ham, massasi bilan 
ham almashinadi. Klassik termo- dinamika berk sistemalarni o‗rganadi. 
Sistema tarkibidagi fazalar va komponentlarning xossalari ekstensiv hamda 
intensiv xossalarga bo‗linadi. Ekstensiv xossalar addetivlikka (masalan, massa va 
hajm) ega. Alohida qismlar massalarining (hajmlarining) yig‗indisi butun jism 
massasi (hajmi) ga teng. Intensiv xossalar (masalan, bosim va temperatura) har bir 
nuqtada ma‘lum qiymatga ega bo‗ladi. Ular sistemaning termodinamik parametrlari 
deb ataladi. 
Sistemalarda sodir bo‗ladigan jarayonlar o‗zgarmas temperaturada sodir 


65 
bo‗ladigan izotermik, o‗zgarmas hajmda sodir bo‗ladigan izoxorik va o‗zgarmas 
bosimda sodir bo‗ladigan izobarik yoki izobar jarayonlarga bo‗linadi. Bundan 
tashqari, izolatsiyalangan sistemalarda adiabatik jarayonlar sodir bo‗ladi, bunda 
sistema bilan atrofdagi muhit orasida issiqlik almashinish istisno qilinadi. 
Barcha jarayonlarda termodinamikaning uchta asosiy qonuniga rioya qilinadi. 
Bu qonunlar termik jarayonlarga tatbiqan tabiat qonunlarini ifodalaydi. 
Termodinamikaning birinchi qonuni 
Faqat issiqlik va ishni bevosita o‗lchash mumkin. Moddaning ichki energiyasi 
esa uning holatiga, ya‘ni temperatura, bosim va hokazolarga bog‗liq. Agar 
izolatsiyalangan jism ustida ish bajarilayotgan bo‗lsa, u holda uning ichki energiyasi 
bajarilgan ishga teng kattalikka o‗zgaradi. Jism temperaturasining xuddi shunday 
o‗zgarishiga ancha qizdirilgan jism uzatadigan issiqlik sabab bo‗lishi mumkin. 
Termodinamikaning birinchi qonuni issiqlik jarayonlari jiddiy rol o‗ynaydigan 
sistemalar uchun energiyaning saqlanish qonunini ifodalashdan iborat. Bu qonunga 
muvoflq energiya bir shakldan boshqasiga aylanishi mumkin, lekin vujudga kelishi 
yoki yo‗q bo‗lishi mumkin emas. Izolatsiyalangan sistemaning to‗la energiyasi 
o‗zgarmasdir, ya‘ni: 
Q + U+ A = const, 
(2.4) 
bu yerda: Q — keltirilgan issiqlik miqdori, J; U — jami ichki energiya, J; A — 
bajarilgan ish miqdori, J. 
(2.4) tenglama faqat izolatsiyalangan sistemalar uchun o‗rinlidir. Tabiat 
hodisalari yoki texnik jarayonlarni termodinamik analiz qilish uchun jismlar ichki 
energiyasi zaxirasining absolut kattaligini bilish zaruriyati yo‗q, chunki mazkur 
holda bu funksiyaning o‗zgarishigina ahamiyatga ega. Funksiyaning o‗zgarishi ish 
va issiqlik effektining bevosita o‗lchab bo‗ladigan kattaligi bo‗yicha aniqlanishi 
mumkin [2, 3]. 
Reaksiyaning issiqlik effekti, ya‘ni ajralib chiqqan yoki yutilgan issiqlik miqdori 


66 
sistemaning e n t a l p i y a (H) deb ataluvchi to‗la energiyasining o‗zgarishiga teng. 
Entalpiya ish va issiqlik birliklari, ya‘ni joullarda o‗lchanadi. 
Shunday qilib, issiqlik effekti Q ga teng bo‗lgan istalgan reaksiya uchun 
quyidagini yozish mumkin: 
ΔH = ΔU + ΔA 
(2.5) 
(2.4) va (2.5) larni taqqoslashdan ko‗rinib turibdiki, reaksiyaning issiqlik effekti 
va sistema entalpiyasining o‗zgarishi qarama- qarshi ishoraga ega: 
Q = -ΔH 
(2.6) 
Shu sababdan, metallning (Me) issiqlik ajralib sodir bo‗ladigan oksidlanish 
reaksiyasini ikki usulda yozish mumkin: 
Me + 
O
2
= MeO + Q,
(2.7) 
Me + 
O
2
= MeO - ΔH, (2.8) 
(2.7) ifoda reaksiya vaqtida issiqlik ajralib chiqishini, (2.8) ifoda esa sistemaning 
jami energiyasi, ya‘ni uning entalpiyasi kamayishini ko‗rsatadi. 
Termodinamikaning birinchi qonuniga muvofiq ish (issiqliksiz) yoki issiqlik 
(ishsiz) miqdori izolatsiyalangan jismni bir holatdan boshqasiga o‗tkazish uchun 
zarur bo‗lgan jism energiyasining o‗zgarishiga teng va o‗tish amalga oshirilgan 
usulga bog‗liq bo‗lmaydi. 
Sistema ichki energiyasining birorta jarayon sodir bo‗lishi natijasida o‗zgarishini 
bu jarayon vaqtida uzatilgan ish va issiqlik miqdorini aniqlab topish mumkin. Ichki 
energiyaga o‗xshab, entalpiya boshlang‗ich holatdan oxirgi holatga o‗tish amalga 
oshirilgan usulga emas, balki faqat sistemaning holatiga bog‗liq bo‗ladi. Yangi 
reaksiyalar uchun entalpiyaning o‘zgarishi (ΔH) oldin o‗lchangan reaksiyalarda 


67 
olingan ma‘lumotlar asosida hisoblab topiladi. Agar hosil bo‗lish entalpiyasi 
(
) tushunchasi kiritilsa, hisoblashlar ancha soddalashadi. Bu tushuncha modda 
moli standart holatda elementlardan tashkil topadigan reaksiya uchun entalpiyaning 
o‗zgarishidan iborat. Bunda elementlarning har biri, shuningdek, standart holatda 
bo‗lishi kerak. Hosil bo‗lish entalpiyasidan reaksiya entalpiyasini hisoblashda ham 
foydalanish mumkin: 


bu yerda: ∑
— reaksiya mahsulotiarining hosil bo‗lish entalpiyalari 
yig‗indisi; ∑
— reaksiyaga kiradigan moddalarning hosil bo‗lish 
entalpiyalari yig‗indisi; ν
i
va ν
j
— reaksiya tenglamasida stexiometrik 
koeffitsiyentlar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling