O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
3.9 - rasm. Suyuqlantirish jarayonlarining klassifikatsiyasi va cho‗yan suyuqlantiradigan pechlar asosiy turlarining
texnologik sxemalari. 154 155 Shaxtaga furmalar sathidan shaxta diametriga teng balandlikkacha koksning salt koloshasi, shuningdek, metall shixta, koks va flusning ishchi koloshalari yuklanadi. Cho‗yan koks yonishi natijasida ajraladigan issiqlik hisobiga suyuqlanadi, shaxtaning gorn deb ataladigan pastki qismiga oqib tushadi va yo shu yerda to‗planadi, yo uzluksiz to‗plagichga ketadi, bu yerda quyishga chiqarish uchun ma‘lum porsiya yig‗iladi. Alangali pechlar (P1S va P1V, 3.9- a va b rasrn) davriy ishlaydi. Ishchi bo‗shliq 1 ga qattiq shixta yuklanadi yoki vagrankadan suyuq metall quyiladi, gorelkalar yoki forsunka 2 lar isliga tushiriladi va suyuqlantirish ishlari olib boriladi. Tobora keng ko‗lamda tarqalayotgan induksion pechlar (ITP) konstruksiyasi jihatidan juda sodda (3.9- g rasmga q.). Metall tigel 1 da joylashtiriladi. Shixta «botqoq» deb ataladigan, ya‘ni oldingi suyuqlantirib olish jarayonidan qolgan suyuq metallga (suyuqlantirilgan cho‗yan massasining 1/3 qismiga yaqin) yuklanadi. Induksion toklar metallda tigelni o‗ram ko‗rinishida qamrab olgan induktor 2 vositasida yaratiladi. Tayyor cho‗yan pechni qiyalatib tarnov 3 orqali chiqarib yuboriladi. Yoy pechlari (DP, 3.9- e rasm) shixta bilan ust tomondan yuklanadi, bunda gumbaz 4 chekkaga chetlatiladi, shixta, so‗ngra esa suyuq metall vanna 2 da bo‗ladi. Suyuqlantirish elektrodlar 3 bilan yaratiladigan yoy razryadlari yordamida bajariladi. Tayyor cho‗yan pechni qiyalatib tarnov 2 orqali chiqarib yuboriladi. Kutish pechi sifatida IKP dan foydalanilsa, juda maqsadga muvofiq bo‗ladi, chunki ularning FIK boshqa elektr pechlarining FIK idan ancha yuqori bo‗ladi. Bu pechlarda issiqlik suyuq metall to‗ldirilgan va transformator о‗rami singari birlamchi o‗ramli o‗zak 1 ni qamrab oladigan kanal 2 da hosil qilinadi (39- f rasm). ARU da (3.9- h rasm) ham, odatda, issiqlik hosil qiladigan kanalli induksion manbadan foydalaniladi (IKP dagidek). Metall 1 kanal 2 da joylashib doimo isitilib turiladi. Avtomatik tarzda quyish uchun gumbazdagi tuynuk 3 orqali siqilgan havo vositasida metall ustida bosim hosil qilinadi. Bunda asosiy sig‗imdagi sath pasayadi va metall teshik 4 orqali ARU dan siqib chiqariladi va qolipga quyiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling