O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
3.7- rasm. Mn koks uglerodi bilan (1) va cho‗yanda erigan uglerod bilan (2) qaytariladigan t
muv muvozanat temperaturasining Mn va C ning cho‗yandagi miqdoriga bog‗liqligi. aniqlashga imkon beradi. Bu temperaturalar cho‗yan va shlakning kimyoviy tarkibiga ham bog‗liq bo‗ladi. Masalan, Mn uchun bu temperatura (uni oksidlanish va qaytarilish reaksiyalari EYK larining tenglik temperaturasi deb ataymiz — t re ) 1270 °C dan (Mn = 0,2%, qaytargich — koks uglerodi) 1740 °C gacha (Mn = 1,0%, qaytargich — erigan uglerodning 1% i) o‗zgaradi. 1740 °C chamasi temperaturalar faqat temperatura maydonining notekisligini hisobga olish sharti bilan ko‗rib chiqilishi mumkin. Masalan, koks sirti 1950 °C temperaturaga ega bo‗ladi. Binobarin, metallning FeO va MnO oksidlar bilan qoplangan tomchilari kontaktlashadigan joyda Mn ning qaytarilish ehtimoli uning temir ikki oksidi bilan oksidlanish ehtimolidan ancha yuqori bo‗ladi. Si uchun koks uglerodi bilan qaytarilishda t re = 1500 °C dan (Si = 0,5%) 1780 °C gacha (Si = 3,0%) va erigan 145 10 MnO, % 3.8- rasm. uglerod bilan qaytarilishda 1680 °C dan 1920 °C gacha o‗zgaradi. Biroq bunday holda ham notekis temperatura maydoni sharoitlarida kremniyning qaytarilishi sodir bo‗ladigan mahalliy zonalar bo‗lishi mumkin. t re ning qiymati shlakning tarkibiga ham bog‗liq bo‗ladi, Masalan, SiO 2 = 5% bo‗lganda t re kremniy uchun 2040 °C ga, Si = 15% bo‗lganda esa 1740 °C ga (cho‗yan uglerodi bilan qaytarish uchun C = 3,2%) va 1890 °C ga (koks uglerodi bilan qaytarish uchun) teng. t re marganes uchun MnO = 1% bo‗lganda 1860 °C ga, MnO = 15% bo‗lganda esa 1330 °C ga teng (3.8- rasm). Marganes bir tekis temperaturalar maydonida ham, notekis maydonda ham nisbatan oson qaytariladi. Kremniy esa cho‗yanni suyuqlantirishda yuqori temperaturali zonalardagina (koks bo‗lakchalari sirtida) qaytariladi. t re ning qiymati shlakdagi FeO miqdoriga ham bog‗liq bo‗ladi. Masalan, marganes uchun FeO = 5% bo‗lganda t re = 1430 °C, FeO = 20% bo‗lganda esa t re = 1510 °C bo‗ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling