O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Koks- gaz vagrankalarida cho‘yan suyuqlantirishning o‘ziga xos xossalari
3.16- rasm. Shlak qovushoqligi va suyuqlanish temperaturasining uning
tarkibiga bog‗liqligi. Keltirilgan ma‘lumotlardan ko‗rinishicha, qovushoqligi eng kichik bo‗lgan zona past suyuqlantirish temperaturali zonalarga to‗g‗ri kelmaydi. Bu diagrammaga muvofiq eng kichik qovushoqlikka 50% Σ CaO, MgO, FeO, 10% A12O3 va 40% SiO2 dan iborat shlak ega. Shlaklar tarkibini fluslar yordamida rostlash mumkin. Koks- gaz vagrankalarida cho‘yan suyuqlantirishning o‘ziga xos xossalari Koks- gaz vagrankalarida cho‗yan suyuqlantirish jarayoni koks vag- rankasida suyuqlantirish jarayonlari bo‗ysunadigan qonuniyatlarning o‗ziga bo‗ysunadi. Koks- gaz vagrankasida suyuqlantirishning o‗ziga xos xususiyatlari koksning qandaydir miqdorini tabiiy gazning ekvivalent miqdoriga almashtirishdan iborat (3.12- rasmga q.). Ikki xil yoqilg‗ining yonish shartlariga ko‗ra, vagranka to‗rtta zonaga bo‗linadi (3.17- rasm). 171 3.17- rasm. Koks- gaz vagrankasining zonalarga bo‗linish sxemasi: 1 — gorelkalarning tunellari; 2 — furmalar, 3 — KGV da gazlarning temperaturasi, 4 — KV da gazlarning temperaturasi, 5 — KGV da metall temperaturasi, 6 — KV da metall temperaturasi. I zona. Barcha jarayonlar koks vagrankasida sodir bo‗ladigan jaravonlarga o‗xshash. Gazning zona oxiridagi o‗rtacha tarkibi quyidagicha: CO 2 - 15%, CO - 10% va N 2 - 75%. II zona. Asosan, metan (CH 4 ) dan iborat bo‗lgan gaz yonadi: CH 4 + 2O 2 + 7,52N 2 = CO 2 + 2H 2 O + 7,52N 2 + ΔH 6.13 . (3.49) Metan gazi yonib bo‗lgach, 9,5% CO 2 , 19%. H 2 O, 71,5% N 2 hosil bo‗ladi. III zona. Tabiiy gazning yonish mahsulotlari quyidagi reaksiya bo‗yicha koks bilan reaksiyaga kirishadi: C + CO 2 = CO 2 + ΔH 6.14 , (3.50) С + H 2 O = CO + H 2 + ΔН 6.15 . (3.51) IV zоnada koks va gaz yonish mahsulotlarining aralashmasi bo‗ladi. Gazlar aralashmasining tarkibi taxminan quyidagicha: CO 2 — 7%, CO — 20%, H 2 — 3% va N 2 — 70%. Suv bug‗lari ishtirok etishi mumkin. Koks- gaz vagrankasi uchun shaxta balandligi bo‗yicha taqsimlashda 172 temperaturaning ikkita maksimumi bo‗lishi xarakterlidir (3.17- rasmga q.). Bu vagrankalarda koks sarfi kamayishi bilan cho‗yan tarkibidagi oltingugurt miqdori kamayadi. Koks- gaz vagrankalarida sodir bo‗ladigan fizik- kimyoviy jarayonlar koks vagrankalarida sodir bo‗ladigan jarayonlarga aynan o‗xshash bo‗ladi. Chiqib ketayotgan gazlarda CO miqdorining juda ko‗p bo‗lishi koks- gaz vagrankalarining kamchiligidir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling