O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Cho‘yanni gaz vagrankalarida suyuqlantirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Cho‘yanni gaz vagrankalarida suyuqlantirish
Gaz vagrankalarining to‗rtta tipi mavjud: shaxtada chiqiqlari bor; shaxtada peremichkasi bor; chiqarma o‗ta qizdirish kamerali va o‗tga chidamli salt koloshali (3.13- rasmga q.). Bu rasmda ko‗rsatilgan vagrankalarda (a, b, d) suyuq cho‗yan shaxtaning 1 — 1,5d balandligidagi suyuqlantirish zonasidan o‗ta qizdirish kamerasi basseyniga tushayot- ganida unga o‗ta qizdirish prinsipi qo‗llaniladi. Gaz vagrankalarida cho‗yan suyuqlantirish jarayonining fizik- kimyoviy xususiyatlari koksning kimyoviy reagent sifatida bo‗lmasligiga bog‗liq. Gaz fazasi taxminan 10% — CO 2 , 20% — H 2 O va 70% — N 2 dan iborat. Oksidlovchi atmosferaning bo‗lishi tufayli shaxtada quyidagi reaksiyalar bo‗yicha oksidlash jarayonlari sodir bo‗ladi: Me + CO 2 = MeO + CO , (3.52) Me + H 2 O = MeO + H 2 . (3.53) Suyuqlantirish va o‗ta qizdirishda temir ikki oksidi C, Si va Mn ni quyidagi tipdagi reaksiyalar bo‗yicha oksidlaydi: Me + FeO = Fe + MeO. (3.54) Natijada 8-12% C, 10-15% Si va 15-20% Mn kuyadi. Koks uglerodi ishtirok etmasligi tufayli kuyish yuqori bo‗lishi ham mumkin, chunki uglerod qaytarilish jarayonlarining mikrohajmlarda rivojlanishiga yordam beradi. Koks bo‗lmaganligi tufayli metallning oltingugurt bilan to‗yinish jarayoni sodir 173 bo‗lmaydi, aksincha, oltingugurtning dastlabki miq- doridan 30—40% qismi kuyadi. Natijada cho‗yanda 0,02—0,05% oltingugurt qoladi. Cho‗yanni gaz vagrankalarida suyuqlantirib olish quyidagi afzal- liklarga ega: chiqarib tashlanadigan zararli moddalar juda kam, olina- digan cho‗yan tarkibidagi oltingugurt juda oz miqdorda bo‗lib, cho‗yanning sifati yuqori va tannarxi past bo‗ladi. Futerovkaning ancha murakkab bo‗lishi va o‗tga chidamli materiallarning ko‗p sarflanishi — kamchiligidir. O‗tga chidamli salt koloshali gaz vagrankalarida (3.13- f rasmga q.) uning tarkibiga o‗tga chidamli materiallar bilan birgalikda koks yoki boshqa uglerodli material kiritiladi, bu esa quyidagi tipdagi reaksiyaning o‗tishiga imkon beradi: MeO + C = Me + CO. (3.55) Bunda kuyindilar kamayadi, cho‗yan uglerodlanadi, salt koloshaning ishlash sharoitlari yaxshilanadi, chunki uglerodli material bo‗laklari o‗tga chidamli material bo‗laklarini ajratadi va yopishib qolishiga hamda cho‗kishiga imkon bermaydi; bundan tashqari, gaz fazasi kam oksidlovchi bo‗lib qoladi. Gaz vagrankalarida cho‗yanni o‗ta qizdirish koks vagrankalaridagidek amalga oshiriladi: metall tomchilari o‗tga chidamli salt kolosha bo‗laklaridan oqib tushadi va ular bilan kontaktlashib hamda uglerodli material bo‗laklariga tushib samarali o‗ta qiziydi. Bunda metall uglerodni eritadi va oksidlar uglerodli material bilan kontaktlashib qaytariladi. Bunday vagrankalarda temirning kuyishi ancha kam bo‗ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling