178
suvuq metallda erishiga bog‗liq. Bunda fazalar orasida massa ko‗chirish va
issiqlikning faqat qizitishga ernas, balki eritishga ham yutilishi sodir bo‗ladi. 3.20 va
3.21- rasmlarda 12 t va 6 t li ИЧТ- 12 va ИЧТ- 6 induksion tigel pechlari
ko‗rsatilgan.
Tigelning o‗rta qismida temperaturalarning taqsimlanishiga ta‘sir
qiladigan
devor oldi aralashtirish zonasida yuqorigi va pastki konturlar orasida «o‗lik» zona
yaratilishi hisobiga temperaturaning mahalliy ortishi sodir bo‗ladi (3.22- rasm).
Yuqori temperaturali zonaning mavjudligi tigel reaksiyasining o‗tishiga ta‘sir
qiladi:
< SiO
2
> + [2C] = [Si] + {2CO}.
(3.60)
Bu (3.60) reaksiyaning o‗tishi, shuningdek, uglerod va boshqa elementlarning
erishi — induksion pechda suyuqlantirishning o‗ziga xos xususiyatidir.
3.7- jadvaldan ko‗rinishicha, uglerodning erishi issiqlikning
sezilarli yutilishi,
kremniyning erishi esa issiqlik ajralishi bilan sodir bo‗ladi. Binobarin,
induksion
pechlarda kam kremniyli shixta materiallaridan foydalanish,
undagi kremniy
miqdorini talab darajasiga ferroqotishmalar yordamida yetkazish energetik jihatdan
foydalidir.
3.7- jadval
Erishning issiqlik effektlari
Eritgich
Eriydigan
komponent
Entalpiyaning
o‗zgarishi
ΔH, J/g ∙ atom
Cho‗yan (3,3% C)
Po‗lat (0,6%
C)
1360
Cho‗yan (3% C)
Koks
11723
Cho‗yan (3% C)
ФС-75
-3893
Elementlar kuyindisi va futerovkasi kislotali bo‗lgan induksion pechdagi butun
suyuqlantirish jarayoni tigel reaksiyasining muvozanatda bo‗lishi bilan
chambarchas bog‗langan. C va Si larning turli temperaturalardagi
muvozanat