O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
- rasm. 12 t sanoat chastotali induksion tigel pechi (qopqog‗i ochilgan) 3.21- rasm
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Induksion pechda suyuqlantirish texnologiyasi.
3.20- rasm. 12 t sanoat chastotali
induksion tigel pechi (qopqog‗i ochilgan) 3.21- rasm. ИЧТ- 6 induksion tigel pechi 181 3.22- rasm. Induksion elektrpechda metall temperaturasining va tarkibining o‗zgarishi (1-5 larni 3.18- rasmdan qarab oling). 182 Agar induksion pechda tarkibida kremniy kam bo‗lgan va uglerod miqdori ko‗p bo‗lgan cho‗yan suyuqlantirilsa, C va Si ning berilgan konsentratsiyalari uchun muvozanat temperaturaga erishilganda tigel reaksiyasi boshlanadi, bu esa pech tigelining ko‗p yeyilishiga olib keladi. Shuning uchun futerovkasi kislotali pechda suyuqlantirishning temperatura rejimini o‗ta qizdirilayotgan suyuq cho‗yanning kimyoviy tarkibiga qarab tanlash zarur. Induksion pechda suyuqlantirish texnologiyasi. Induksion pechda suyuqlantirishning texnologik jarayoni shixtani yuklash, uni qizdirish va suyuqlantirish, o‗ta qizdirish, uglerodlash va cho‗yanning kimyoviy tarkibini berilgan tarkibgacha yetkazish, shuningdek, termovaqtli ishlov berish (saqlab turish) ni o‗z ichiga oladi. Yuklanadigan shixta qisman suyuqlanmaga botirilib elektr o‗tkazadigan uzluksiz muhit yaratadi va bu muhitda induktor bilan uyurmaviy toklar hosil qilinadi. Suyuq metallga (oldingi suyuqlantirishdan qolgan zumpf yoki «botqoq» deb ataladigan qoldiq) yuklash shuning uchun ham bajariladiki, sanoat chastotali elektr tokidan foydalanilganda shixtaning diskret elementlarida uyurmaviy toklar hosil qilish kam samarali bo‗ladi, chunki ular metallni qizdiradi va u suyuqlanadi. Zumpf massasi pechdagi metall umumiy massasining 50%ini tashkil qiladi va mos ravishda, suyuqlantirish davrlarining davomiyligiga ta‘sir qiladi. «Botqoq»qa yuklash bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin. Masalan, sig‗imi 12 t bo‗lgan pechda va sig‗imi 5 t bo‗lgan zumpfda suyuqlantirishda quyidagi ketma- ketlikka va davrlarning davomiyligiga rioya qilinadi: 5—6 t ni yuklash (qaytarishdan tashqari) — 15 min, suyuqlantirish — 1 soat 5 min, kimyoviy tarkibni me‘yoriga yetkazish — 40 min, qaytarilgan metallni (2 t) yuklash — 10 min, qaytarilgan metallni suyuqlantirish — 15 min, temperatura bo‗yicha me‘yoriga yetkazish va shlakni nasos bilan chiqarib tashlash — 25 min. Shunday qilib, pechning soatlik unumdorligi uning sig‗imining taxminan 1/3 qismini tashkil qiladi. Ba‘zan suyuqlantirish sikli bayon etilganidan sezilarli farqlanadi. Masalan, sig‗imi 65 t bo‗lgan tigelli induksion pechlarda suyuqlantirishda hajmi 58 t ni tashkil qiladigan «botqoq»qa yuklash har biri 7 t bo‗lgan porsiyalar bilan amalga oshiriladi. 183 Yuklanadigan 7 t qattiq metal 500 °C gacha qizdirilganda tez suyuqlanadi va 10 minut o‗tgach 1550 °C temperaturali 7 t suyuq metal chiqarib beriladi. Shixtani qizdirish va suyuqlanirish vaqtida temirning oksidlanish jarayonlari sodir bo‗ladi. Havo kislorodi temir aralashmalarini ham oksidlaydi. Temir, kremniy va marganes oksidlari shlak hosil qiladi. Induksion pechlarda cho‗yanni suyuqlantirishda FeO dan temirni qaytarish uchun karburizator ishlatish va ferroqotishmalarni tejash maqsadga muvofiq bo‗ladi. Suyuqlantirishni suyuqlanmadagi kremniy va marganes miqdori kam va uglerod miqdori ko‗p bo‗lganda bajarish lozim. Buning uchun karburizatorni tigel tubidagi uyumga kiritish, suyuqlangan va o‗ta qizdirilgan suyuq cho‗yanga esa ferrosilitsiy va ferromarganes kiritish zarur. Tarkibida uglerod bo‗lgan ФС 75 va ФМн5 qo‗shilmalarni yuklagichga yuklaganda C, Si va Mn larning kuyindilari, tegishlicha, 18—25, 30—32 va 52—55% ni tashkil qiladi. Agar yuklash joyiga karburizator kiritilsa, ФC75 va ФМн5 esa pech 1550 °C gacha qizdirilib, 1440— 1460 °C gacha sovitilgandan keyin qo‗shilsa, C ning kuyindisi 30—35% gacha. Si va Mn ning kuyindisi esa, tegishlicha, 5—7% hamda 13—24% gacha kamayadi. Shu boisdan, shuningdek, komponentlarning erish issiqlik effektlarini (3.8- jadval) hisobga olib, birinchi navbatda, karbyurizator va po‗latning temir- tersaklarini, ular suyuqlangandan va erib ketgandan keyin esa cho‗yanning temir- tersaklari hamda qaytarmani yuklash lozim. Ferroqotishmalar eng oxirida (me‘yoriga yetkazishda) kiritiladi [8]. Induksion pechda suyuqlantirishda shlaklar katta qovushoqlikka ega bo‗ladi, chunki ularning tarkibida 60—70% SiO 2 bo‗ladi (3.16- rasmga q.) va past temperaturaga ega bo‗ladi, bu esa shlak bilan birgalikda metallning ko‗p yo‗qolishiga olib kelishi mumkin. Ularning tarkibi suyuqlantirish rejimi, elementlarning kuyishi va oksidlarning futerovkaning sirt qatlamidan shlakka o‗tishiga bog‗liq. Shlaklarning kislotaliligi suyuqlantirish boshidagi 0,9—1,1 dan 1500 °C temperaturaga erishilganda 6—8 gacha ortadi, shlakdagi temir oksidlarining miqdori 40 dan 10% gacha kamayadi. SiO 2 ning miqdori esa 40 dan 70% gacha ortadi. Qolgan komponentlarning miqdori deyarli o‗zgarmaydi (2—3% 184 CaO; 0,5—2,5% Mn; 7—14% Ai 2 O 3 ). SiO 2 miqdorining ortishini past suyuqlanish temperaturasiga ega bo‗lgan (SiO 2 ∙ nFeO ∙ mMnO) tipidagi murakkab birikmalarning hosil bo‗lishi hisobiga uning futerovkadan o‗tishi, shuningdek, FeO ning kamayishi hisobiga uning shlakdagi solishtirma ulushining ortishi bilan tushuntirish mumkin. FeO yuqori temperaturada, asosan, cho‗yan uglerodi bilan qaytariladi. Cho‗yanning uglerodlanishi va uni ma‘lum kimyoviy tarkibgacha yetkazish — induksion pechda cho‗yan suyuqlantirish operatsiyalaridan eng muhimidir. Kimyoviy tarkibi ma‘lumotnomalarda keltirilgan hisob ma‘lumotlari bo‗yicha korrektirovka qilinadi. Induksion pechda cho‗yan suyuqlantirishni yakunlovchi operatsiyasi termovaqt ishlov berishdir. Bit operatsiya suyuqlanmani gomogenizatsiyalash va dastlabki shixta materiallarining zararli irsiy ta‘sirini kamaytirish maqsadida bajariladi. Termovaqt ishlov berish tigel reaksiyasining muvozanat temperaturasidan 50 °C ortiq temperaturada tutib turishdan iboratdir. Tutib turish СЧ 18 cho‗yan uchun 5 min dan 20 min gacha (СЧ 45 cho‗yan uchun) davom etadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling