O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Kislotali marten jarayonining xususiyatlari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Kislotali marten jarayonining xususiyatlari. Pechlarning futerovkasi kislotali,
tagi kvars qumdan yasalgan. Shu boisdan kislotali jarayonda oltingugurt va fosforni chiqarib yuborish mumkin bo‗lmaganligidan, ularning shixtadagi miqdori juda kam bo‗lishi kerak. Suyuqlantirishning kislotali jarayoni asosli jarayon kabi tagni zapravka qilishni, yuklash va suyuqlantirishni, oksidlash, me‘yoriga yetkazish va oksidsizlantirishni o‗z ichiga oladi. Shlak pechga suyuqlantirish oborotidagi shlakdan 3—4%, shamot sinig‗idan 0,3—0,5% kiritib hosil qilinadi, asosliligi ohaktosh qo‗shib rostlanadi. Kislotali jarayon uchun kremniy- qaytarilish reaksiyalarining o‗tishi va shlakning oksidlash qobiliyatining pastligi xarakterlidir, shular tufayli metalldagi kislorod konsentratsiyasi ancha past bo‗ladi. Kislotali marten jarayonining ikkita turi mavjud: aktiv (kremniy qaytarilishi cheklangan) va passiv (kremniy qaytariladigan). 202 b) T, min 3.27- rasm. Aktiv ( a ) va passiv (b) kislotali jarayonda po‗latni suyuqlantirishda metall kimyoviy tarkibining o‗zgarishi. Aktiv suyuqlantirish jarayoni ko‗p jihatdan yuqorida bayon etilgan jarayonga o‗xshash. Pechga ruda beriladi, elementlar oksidlanadi va kremniyning metall uglerodi bilan quyidagi reaksiya bo‗yicha qaytarilishi sodir bo‗ladi: (SiO 2 ) + [2C] = [Si] + [2СО]. (3.64) U po‗latda 0,1 —0,2% Si gacha cheklanadi. Elementlar miqdorining o‗zgarish xarakteri 3.27- a rasmda ko‗rsatilgan. Si va Mn larning miqdori suyuqlantirish mobaynida kamayadi. Passiv jarayonda Si va Mn lar miqdori ortadi (3.27- b rasm). Suyuq- lantirish tugagach, polatdagi uglerod miqdori talab etilganidan kamida 0,8% ortiq bo‗lishi kerak. Ruda kichik porsiyalar bilan qo‗shiladi va oksidsizlantirishga 2 soat qolganda to‗xtaliladi. Ohaktosh faqat boshlan- g‗ich davrda qo‗shiladi. Kremniyning qaytarilishi uchun yuqori temperatura zarur. Bunda kremniyning (3.64) reaksiyadan tashqari, quyidagi reaksiya bo‗yicha qaytarilishi sodir bo‗ladi: (SiO 2 ) + [2Fe] = [Si] + [2FeO], (3.65) 203 ya‘ni kremniyning temir ikki oksidi bilan oksidlanish reaksiyasi o‗z yo‗nalishini o‗zgartiradi. Bundan tashqari, marganes qaytariladi: (MnO) + [C] = [Mn] + {CO}. (3.66) Kremniy qaytariladigan jarayonda po‗lat oksidsizlantirgichlar kiri- tilmagan holda qisman oksidsizlantiriladi. Po‗lat pechdan chiqari- layotganda aluminiy bilan oksidsizlantiriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling