O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosli marten jarayoni.
Induksion vakuum pech (3.26- g rasm) vakuum- nasosga 2 patrubok
197 yordamida biriktirilgan 1 vakuum kameradan iborat; 3 pechning o‗zi va 4 qolip kamera ichida joylashgan. Qayta suyuqlantirish jarayoni (3.26- h rasm) dastlabki 4 quymani elektr shlak pechining 3 kristallizatoridagi 2 taglikda qoliplanadigan 1 quymaga qayta suyuqlantirish yordamida amalga oshiriladi. 198 3.26-rasm. Po‗lat quyish pechlarining texnologik sxemalari. DP 199 3.8. Marten pechi va konvertorda po‘lat suyuqlantirish Marten pechida po‗latni suyuqlantirib olish pechni ishga tayyorlash (zapravka qilish), shixta yuklash va uni suyuqlantirish, oksidlash (qaynash), o‗ta qizdirish, me‘yoriga yetkazish va oksidsizlantirish, chiqarishdan tashkil topgan ketma- ket jarayonlardan iboratdir. Asosli marten jarayoni. Pechni ishga tayyorlash futerovkaning shikastlangan, uchastkalariga asosli o‗tga chidamli materiallarni surib amalga oshiriladi. O‗tga chidamli material sifatida magnezit va pishi- rilgan dolomitdan foydalaniladi. Zapravka qilish 10—15 min davom etadi, issiqlik nagruzka maksimal nagruzkaning 70 - 80% ini tashkil qiladi (maksimal issiqlik quvvat pech tagi yuzasining 1 m 2 iga 2,1 · 10 7 kJ/soat to‗g‗ri keladi), butun suyuqlantirish davri ichida o‗rtacha issiqlik quvvati 1 m 2 ga (1,26—1,47) · 10 7 kJ/soat. Zapravka qilish tuggach, po‗lat chiqariladigan teshik magnezit kukuni bilan berkitiladi. Marten pechida po‗lat suyuqlantirishda ishlatiladigan shixta tarkibida 30% gacha qayta ishlanadigan cho‗yan va 10—15% po‗lat qirindisi, qolgani — po‗lat temir- tersaklari va shaxsiy ishlab chiqarishdan qaytgan metall bo‗ladi. Shixtani hisoblashda shu narsaga asoslaniladiki, bunda kremniy miqdori eng kam bo‗lsin (u me‘yoriga yetkazish va oksidsizlantirishda kiritiladi), marganes miqdori 1% ga yaqin, uglerod po‗latda talab etilganidan 0,3—0,6% yuqori, fosfor ko‗pi bilan 0,3%, oltingugurt — 0,05—0,06% gacha bo‗ladi. Shixtada uglerod miqdorining yuqori bo‗lishi va qayta ishlanadigan cho‗yanning uglerod bilan aniqlanadigan ulushi normal qaynash, oksidlanish davrida yetarli darajada jadal qaynashni ta‘minlash uchun zarur. Metall komponentlarining oksidlanishi shixta qizdirilayotgandayoq boshlanadi, shixta oksidlovchi atmosfera bilan kontaktlashadi. Bunda (1.16) — (1.27) reaksiyalar sodir bo‗ladi. Shixta bilan birgalikda ohaktosh yuklanadi. Pech tagiga dastlab umumiy massadan 10—25% miqdorida yengil vaznli sof temir- tersak, so‗ngra ohaktosh (yoki boksit) beriladi, jami massa 20 minut davomida qizdiriladi, shundan keyin cho‗yan yuklanadi. Shunday qilib, yuklash qisman qizdirishga to‗g‗ri keladi. Yuklashning davom etish muddati pechning sig‗imiga bog‗liq. Quyim 200 massasi 60 t bo‗lgan pech uchun vaqt 1 dan 3 soatgachani tashkil qiladi. Bunda yuklash operatsiyasi qancha tez bajarilsa, umuman 8—10 soat davom etadigan umumiy suyuqlantirish vaqti shuncha kam bo‗ladi. Ulardan 3 soatga yaqini yuklash, qizdirish va suyuqlantirishdan tashqari barcha davrlarga sarflanadi. Shu sababdan, qizdirish va suyuqlantirishni jadal, to‗la issiqlik quvvatida olib borish kerak. Suyuqlantirish jarayonini tezlashtirish uchun havo kislorod bilan boyitiladi. Buning uchun gumbazli yoqilg‗i- kislorod gorelkalaridan foydalaniladi yoki mahalliy konvertor zonalarini yaratib, jarayonni jadallashtirish uchun pechga bevosita kislorod kiritiladi. Konvertor zonalarida suyuqlantirilgan metall (1.16), (1.19), (1.22) va (1.25) reaksiyalar bo‗yicha reaksiyaga kirishadi. Suyuqlantirish tugagach, po‗lat ekspress- analiz qilinadi. Agar uglerod yetarli bo‗lmasa, unda pechga qayta ishlanadigan cho‗yan kiritiladi. Bu davrda shlak aktiv bo‗lib (tarkibida ko‗p temir oksidlari bo‗lishi kerak), asosliligi — 1,5—2,5 ga teng. Bunday shlak yaratish uchun 4—9% ohaktosh, 1,5% ga yaqin boksit va 2% temir rudasidan foydalaniladi. Agar shlak navbatdagi suyuqlantirish davri sharoitlarini qoniqtirmasa, uni nasos bilan qisman yoki to‗la so‗rib olib va yangi shlak hosil qilib korrektirovka qilinadi. Masalan, (1.31) — (1.33) reaksiyalarga muvofiq defosforatsiyalash uchun shlakning tarkibida FeO va CaO lar miqdori juda ko‗p bo‗lishi zarur, buning uchun temir rudasi kiritiladi. Defosforatsiya uglerod oksidlanish davrining boshlanishi (qaynash)ga to‗g‗ri keladi. Qaynash qanchalik jadal bo‗lsa, defosforatsiya shunchalik yaxshi o‗tadi. U 1 soatga yaqin davom etadi. Bu suyuqlantirish davrining oxirida fosfor miqdori 0,025% gacha pasayadi. (CaO) 4 P 2 O 5 bilan boyitilgan shlak so‗rib olinadi va pechga qaytadan ohak va boksit qo‗shiladi. Yangi shlakni hosil qilish ham bir soatga yaqin davom etadi. Qaynash kiritilayotgan ruda kislorodi yoki gaz fazasidan kislorodning shlak orqali uzatilishi hisobiga sodir bo‗ladi. Yangi shlak hosil qilish tugagach, ruda kiritilmasdan sodir bo‗ladigan sof qaynash deb ataluvchi qaynash boshlanadi. Bunda shlakdan asta- sekin temir ikki oksidi ishlab chiqiladi, desulfuratsiya uchun sharoitlar yaratiladi, shlakning asosliligi 2,2—3,5 ga yetadi va (1.34) — (1.35) reaksiyalar keta 201 boshlaydi. Ularning ketishi uchun eng qulay sharoitlar oksidsizlanish davri boshida yuzaga keladi, u ikki bosqichda bajariladi. Birinchi bosqichda uglerodning berilgan miqdoriga erishgach, vannada 0,1—0,17% Si bo‗lishi hisobidan pechga silikomarganes yoki ferrosilitsiy kiritiladi. Bu oksidsizlantirish bosqichini ferromarganes yordamida ham bajarish mumkin. Ushbu holda ferromarganes shunday hisobdan kiritiladiki, bunda marganes miqdori suyuqlantirib olinadigan po‗lat markasi uchun quyi chegaraga teng bo‗lishi kerak. Ferroqotishmalar bilan oksidsizlantirish po‗latning kimyoviy tarkibini talab etiladigan darajagacha yetkazish bilan birgalikda bajariladi. Legirlangan po‗latlarni suyuqlantirishda legirlovchi komponentlarning bir qismi, masalan, nikel shixta bilan kiritiladi. Ferroxrom ko‗rinishidagi xrom birinchi oksidsizlantirish bosqichidan keyin me‘yoriga yetkazishda; ferromolibden deformatsiyalash va shlak hosil qilish davrida; marganes esa birinchi oksidsizlantirish bosqichidan keyin kiritiladi. Ikkinchi oksidsizlantirish bosqichi po‗lat kovshga chiqarilayotgan vaqtda bajariladi. Shu maqsadda tarnovga maydalangan ФС 75 ferrosilitsiy beriladi. Uzil- kesil oksidsizlantirish uchun kovshga 0,8—1 kg/t miqdorida aluminiy kiritiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling