O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Konvertorda po‘lat olish
Barcha po‗lat suyuqlantirish jarayonlaridan farqli o‗laroq, konvertorda po‗lat olish dastlabki material sifatida vagrankada suyuqlantirib olingan suyuq cho‗yandan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Po‗lat quyish korxonasida, odatda, havo yon tomondan beriladigan kichik bessemer konvertorlardan foydalaniladi. Po‗latni shakldor qilib quyish uchun havo ust tomondan beriladigan kislorod konvertorlaridan foydalanish mumkin. 3.28- rasmda bessemer va kislorod konvertorlari sxemalari keltirilgan. Konvertorning ishlash prinsipi quyidagidan iborat: havodagi kislorod suyuq metall bilan kontaktlashib Pe, Si, Mn va dastlabki metallda bor bo‗lgan boshqa elementlarni oksidlaydi, buning natijasida issiqlik ajralib chiqadi, metalining temperaturasi ortadi va qisqa vaqt ichida (15 min) cho‗yan po‗latga aylanadi. Kichik bessemer konvertorlarning sig‗imi 11 dan 5 t gacha bo‗ladi. Konvertor retortasining shakli vertikal o‗qqa nisbatan nosimmetrik. Og‗iz qiyaligining 30° ga yaqin bo‗lishi konvertor gorizontal holatda bo‗lganida unga suyuq metall quyishga imkon beradi. Konvertor futerovkasi — dinas g‗ishtdan, kislotali. Suyuqlantirish oldidan konvertor futerovkasini 1000—1100 °C temperaturagacha qizdirish zarur. Qizdirish suyuq, gazsimon yoqilg‗i yoki koks bilan bajariladi. Suyuqlantirish konvertorga suyuq cho‗yan quyishdan boshlanadi. Cho‗yanning kimyoviy tarkibi va temperaturasi jarayonning ketishiga, olingan po‗latning temperaturasiga va uning sifatiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Odatda, suyuq cho‗yan 204 quyidagi tarkibga ega bo‗ladi (%): C - 2,8-3,5; Si - 0,9-2,2; Mn - 0,7-1,0; S < 0,06; P < 0,07. S va Si larning miqdori qanchalik kichik bo‗lsa, quyiladigan cho‗yanning temperaturasi shunchalik yuqori bo‗lishi kerak. Odatda, bu temperatura 1300—1400 °C chegarasida o‗zgaradi. Suyuq cho‗yan konvertorga quyilayotganda taxminan 50 °C issiqlik yo‗qotiladi, shuning uchun vagrankadan temperaturasi 1350—1450 °C bo‗lgan cho‗yan olish kerak. Vagrankada po‗lat suyuqlantirish uchun qo‗llaniladigan shixta 40—60% po‗lat temir- tersaklaridan va 60—40% qayta ishlanadigan cho‗yandan (fosforit kam bo‗lsa, ko‗ngildagidek bo‗ladi) iborat. Konvertorga quyilgan suyuq cho‗yan maxsus havo berish mashinalari bilan 1 t ga 720—800 m 3 miqdorida 0,02—0,04 MPa bosim ostida havo berib tozalanadi. Havo berish jadalligi 75—100 m 3 /min. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling