O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

3.32- rasm. Mis va nikel qotishmalarini suyuqlantirish pechlarining texnologik
sxemalari. 
Tigel yoki baraban tipidagi kanalli pechlar, asosan, jezlarni suyuqlantirish uchun 
ishlatiladi (ILK seriyali pechlar). Baraban tipidagi pechlar (3.32- e rasm) sig‗imi 
tigel tipidagi pechlar sig‗imiga nisbatan katta bo‗ladi. Metall joylashgan 4 
barabanning pastki qismida, odatda, bir nechta induksion elementlar bo‗ladi: 3 
birlamchi o‗ramli 2 o‗zak suyuq metalli 1 kanalni qamraydi. Suyuq metall 
ikkilamchi o‗ram vazifasini o‗taydi va unda issiqlik energiyasi generatsiyalanadi. 
Induksion vakuum pechlari (3.32- f rasm) nikel qotishmalarini suyuqlantirish 
uchun qo‗llaniladi. Vakuum kamerasida 2 pechning o‗zi ham, 3 qolip ham 
joylashadi. 
Yoy pechlari, asosan, bronzani suyuqlantirish uchun qo‗llaniladi. Ular mustaqil 
yoyli pechlardir (3.32- g rasm).Ular baraban tipidagi 1 ishchi bo‗shlig‗iga ega, unga 
yon tomonlaridan grafitlantirilgan 2 elektrodlar kiritilgan, bu elektrodlar orasida yoy 
yonadi. 
Titan qotishmalari va qiyin eriydigan metallarni suyuqlantirish uchun 
pechlarning uchta tipidan foydalaniladi: vakuum- yoy, plazma va elektron- nur 
pechlari. 
Elektrod sarflanadigan vakuum- yoy pechi (3.33- a rasm) suv bilan sovitiladigan


221 
3.33- rasm. Titanli qotishmalarni va qiyin eriydigan metallarni suyuqlantirish pechlarining 
texnologik sxemalari.
4 mis tigel joylashgan 1 vakuum kamerasiga ega. Tigel tashqi muhit bilan 2 elektr 
kabeli va suv bilan sovitish shlangasi 3 vositasida bog‗langan. Tigel atrofida yoy 
razryadini fokusga to‗plash va suyuq metallni aralashtirish uchun mo‗jallangan 6 
solenoid joylashgan. Qayta suyuqlantiriladigan metall va suv bilan sovitiladigan 
tigel devorlarida qotib qolgan qotishma qatlamidan iborat 5 garnisaj tigel 
futerovkasi bo‗lib xizmat qiladi. Elektrod vazifasini, odatda, shixta yombisi o‗taydi. 
Lekin ba‘zan sarflanmaydigan elektroddan foydalaniladi, shixta yombisi esa alohida 
uzatiladi. Shixta yombisi 8 elektrod tutgichga mahkamlangan va u erigan sayin uni 
pastga siljitadi. Qiyin eriydigan massani eritish uchun tigelning quyish burnida 
sarflanmaydigan 9 yordamchi elektrod bo‗ladi. Jarayon 10 tuynukcha orqali kuzatib 
turiladi. Qolip 11 lar 12 burilma stolda joylashgan. 
Elektron- nur pechi (3.33- b rasm) shunga o‗xshash qurilgan bo‗lib, faqat issiqlik 
energiya manbayi 4 elektron to‗p bo‗ladi. Vakuum kamera 1 da, shuningdek, suv 
bilan sovitiladigan 2 garnisaj tigel va 5 qolip joylashgan. Shixta yombisi yon 
tomondan uzatiladi. 
Qayta suyuqlantiruvchi plazma pechlarida (3.33- d rasm) ham 1 vakuum 
kamerasi, 2 tigel va 4 shixta yombisini eritadigan bir nechta 3 plazmatron bor. 
Suyuq metall 5 qolipga, shuningdek, 2 burilma tigeldan quyiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling