O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Induksion elektr pechlarda po‘lat suyuqlantirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Induksion elektr pechlarda po‘lat suyuqlantirish. Kislotali induksion
pechlarda po‗lat suyuqlantirishda shixta tarkibida oltingugurt 3.30- rasm. Keramik tigelli plazma pechi. a) keramik tigelli; b) kristallizatorli; 1 – plazmatron, 2 – svod, 3 – qumli zatvor, 4 – korpus, 5 – suyuq metal vannasi, 6 – tag qismi elektrodi, 7 – qayta suyuqlantiriladigan yarim mahsulot, 8 – kristallizator, 9 – paddon. 214 va fosfor miqdori juda kam bo‗lgan oksidlanmagan materiallardan tashkil topgan bo‗lishi kerak. Asosli pechlarda suyuqlantirishda shixta tarkibidagi oltingugurt va fosfor miqdoriga qo‗yiladigan talab uncha qat‘iy bo‗lmaydi, chunki bu pechlar defosforatsiya va desulfuratsiya o‗tkazisliga imkon beradi. Suyuqlantirish jarayoni yuklashdan, suyuqlantirishdan, me‘yoriga yetkazishdan, suyuqlanmani oksidsizlantirish va chiqarishdan iborat. Tigelni yirik bo‗laklar bilan urilishdan saqlash uchun tigel tagiga shixtaning mayda qismini (yaxshisi qirindini), so‗ngra kam oksidlanadigan ferroqotishmalar va yirik shixta joylashtirish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Yirik bo‗laklarni tigelning devorlariga yaqin yuklash va zich joylashtirilsa, ko‗ngildagidek bo‗ladi. Suyuq metallning ko‗rinadigan uchastkalari paydo bo‗lganda tigelga shlak aralashmasi kiritiladi, buning natijasida oksidlanish va suyuq metallning atmosferadan gazlar yutishi kamayadi. Shlak hosil qilish uchun kislotali pechga quyidagi komponentlar kiritiladi: 10% maydalangan shisha, 65% shamot va 25% ohak yoki kvars qumi. Asosli tigelda suyuqlantirishda shlak aralashmasi quyidagi komponentlardan hosil qilinadi: 60—65% ohak, 15—20% magnezit va 20—25% plavik shpati. Shixtaning asosiy massasi (80—95%) suyuqlantirilgandan keyin metall namunasi kimvoviy analizga olinadi. Asosli tigelda shixtani suyuqlantirish jarayonida metallning qisman defosforatsiyalanishi sodir bo‗ladi. Fosforning qaytarilishini oldini olish uchun shlak chiqarib yuboriladi va yangisi hosil qilinadi. Shixta to‗la suyuqlantirilgandan keyin iste‘mol qilinadigan quvvat eng yuqori qiymatidan 30—40% gacha pasaytiriladi, bunda o‗ta qizishga yo‗l qo‗ymaslikka harakat qilish lozim. Metallning analizi olingandan keyin oksidsizlantirish va legirlash boshlanadi. Induksion pechlarda po‗lat suyuqlantirishda ferroqotishmalar ma‘lum tartibda qo‗shiladi. Ferrovolfram, ferroxrom va ferromolibdenning asosiy miqdori yuklagichga kiritiladi. Korrektirovka qilish uchun bu qotishmalar chiqarishgacha 20 minutdan ortiq kechiktirmay tigelga yuklanadi, bu esa ularning suyuqlanishi va legirlovehi elementning metall hajmi bo‗yicha bir tekis taqsimlanishini ta‘minlaydi. 215 Ferromargenes, ferrosilitsiy va ferrovanadiy metallni chiqarishga 10 min qolganda qo‗shiladi. Kuyindini kamaytirish maqsadida ferrovanadiy eng so‗nggi navbatda qo‗shiladi. Metallga aluminiy va titan bevosita chiqarish oldidan yoki kovshga kiritiladi. Legirlovchi elementlaming kuyishi po‗latning tarkibi va ularni kiritish usuliga bog‗liq. Metallni yuqorida bayon etilgan legirlash va oksidsizlantirish texnologiyasida volframning kuyindisi 2% ga yaqinni, marganes, xrom va vanadiyniki 5—10% ni, kremniyniki 10—15% ni va titanniki 70% ni tashkil qiladi. Induksion suyuqlantirish pechlari legirlangan elementlar eng kam yo‗qotiladigan holda po‗latning o‗rtacha va yuqori legirlangan markalarini suyuqlantirishga imkon beradigan tejamli suyuqlantirish agregatlaridan iboratdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling