O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Elektr pechlarda po‘lat suyuqlantirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

3.9. Elektr pechlarda po‘lat suyuqlantirish 
Quymakorlikda po‗latning asosiy massasi davriy ishlaydigan agregat 
hisoblanuvchi yoy elektr pechlarida suyuqlantiriladi. Yirik seriyali konveyer 
korxonalarining quyish sexlarida juda ko‗p miqdorda kichik sig‗imli pechlar 
o‗rnatiladi. Bunda 3—4 ta pechni metall bilan bitta konveyyer ta‘minlaydi. Yuklash 
usuliga ko‗ra, yoy pechlari ikkita tipga bo‗linadi: g‗ildiratib chiqariladigan vannali 
va buriluvchi gumbazli. Pech vannasi gumbazdan bo‗shatiladi va maxsus qovg‗a 
yordamida ust tomondan unga shixta yuklanadi. Shixta tarkibida 55—65% po‗lat 
temir-tersagi, 37—40% qaytgan metall va 2—3% qayta ishlanadigan cho‗yan 
bo‗ladi. 
Kislotali va asosli jarayonlar bir- biridan farq qiladi. Asosli jarayon metalldan 
oltingugurt va fosforni chiqarib tashlashga va oq shlak deb ataladigan, ya‘ni yaxshi 
oksidsizlashtirilgan, tarkibida temir oksidlari bo‗lmagan shlak ostida diffuzion 
oksidsizlantirishni bajarishga imkon beradi. 
Futerovkasi asosli bo‗lgan yoy pechlarida shakldor qilib quyish uchun elektr 
pechlarda suyuqlantiriladigan barcha po‗latning 35% ga yaqini olinadi; ulardan 


207 
20%i yuqori marganesli po‗latlarga, 5% i yuqori xromli va xrom- nikelli po‗latlar 
ulushiga, qolgan 10%i uglerodli va kam legirlangan po‗latlarning mas‘uliyatli 
markalariga to‗g‗ri keladi [21]. Asosli jarayonda po‗lat yoxud aralashmalarni 
oksidlab, yoxud qayta suyuqlantirish usuli bilan, ya‘ni oksidsizlantirmasdan 
suyuqlantiriladi. 
Aralashmalarni oksidlantirib suyuqlantirish. Bunda shixta shunday tarzda 
hosil qilinadiki, suyuqlantirgandan keyin lining tarkibidagi uglerod mazkur markali 
po‗lat uchun yuqori chegaradan 0,2—0,3% yuqori bo‗lsin, Yuklashga 3% ohak va 
2% temir rudasi uzatiladi. Ular suyuqlantirilgandan keyin, darhol, fosfordan 
tozalaydigan shlak hosil qiladi, chunki (1.31)—(1.39) reaksiyalar shlakda FeO 
bo‗lishini talab qiladi va nisbatan past temperaturalarda o‗tadi. Shlak tarkibidagi 
fosfor ancha ortadi: suyuqlantirgandan keyinoq u 1,5% ni (P
2
O
5
ga qayta 
hisoblaganda) tashkil qiladi. Bu shlak chiqarib tashlanadi va pechga qaytadan ohak 
va ruda yuklanadi. Oksidlanish (1.28)—(1.30) reaksiyalar bo‗yicha boshlanadi. CO 
pufakchalari shlakni ko‗pirtiradi, uni uzluksiz chiqarib (yo‗qotib) turgan ma‘qul. 
Oksidlanishning boshlang‗ich davrida defosforatsiya davom etishi tufavli shlak 
qaytadan so‗rib olinadi. Oksidlanish davrida so‗rib olinadigan shlak tarkibida
odatda, 40 — 50% CaO, 10 — 25% SiO
2
, 12 — 15% FeO, 4 — 10% Mg, 0,5 — 
10% MnO, 2 — 4% A1
2
O
3
, 0,5 — 2% P
2
O
5
bo‗ladi. 
Oksidlanishni jadallashtirish uchun ba‘zan suyuq metall 1 MPa ga yaqin bosim 
ostida kislorod bilan tozalanadi. Kislorod 15—25 mm diametrli truba orqali 
kiritiladi, u tashqi tomondan shamot trubkalar bilan himoyalangan (ular po‗lat 
trubaga kiydiriladi). Ruda jarayonida uglerodning yonib tugash tezligi soatiga 0,3 
dan 0,6% gacha va kislorod berib tozalashda soatiga 1,5% gacha ortadi. 
Qaytarish davri desulfuratsiyani, temperatura va po‗lat tarkibini berilgan 
qiymatlargacha yetkazishni va oksidsizlantirishni o‗z ichiga oladi. Desulfuratsiya 
davrida pechga qaytadan ohak kiritiladi. Bunda (1.34) — (1.35) reaksiyalar sodir 
bo‗ladi. Desulfuratsiya uchun shlak hosil qiluvchi aralashma tarkibida ohakdan 
tashqari plavik shpati va qum (yoki shamot siniqlari) bo‗ladi. Aralashmaning 
umumiy miqdori metall massasining 3—5% ini tashkil qiladi. Shlak 


208 
suyuqlantirilgandan keyin u maydalangan ferrosilitsiyning koks bilan aralashmasi 
vositasida oksidsizlantiriladi. Kiritiladigan aralashma miqdori 1:1 nisbatda 10 kg/t. 
Oksidsizlantirilgandan keyin shlak oq rangga ega bo‗ladi va havoda sovitilgandan 
so‗ng poroshok bo‗lib sochiladi. 
Shlak tarkibidagi (3.9- jadval) temir oksidlarining miqdori ancha kamayadi, 
chunki ular uglerod va kremniy bilan qaytariladilar. 
3.9- jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling