O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Shlakning kirayoviy tarkibi, %
Shlak CaO SiO 2 FeO MnO MgO A1 2 O 3 CaF 2 CaS CaC 2 Oq 60-65 14-16 1,5 gacha 0,6 gacha 10-12 2,5-4,0 5-10 1,5 gacha — Karbidli 65-66 7-8 0,5 gacha 0,1 gacha 13-14 2,0-3,0 8-12 2-3 2-5 (FeO) + < C > = [Fe] + {CO}, (3.68) (2FeO) + < Si > = [2Fe] + (SiO 2 ). (3.69) Bunda [FeO] ⇆ (FeO) muvozanat buziladi va temir ikki oksidi metalldan shlakka o‗tadi va shlakning oksidsizlanishi vaqti- vaqti bilan takrorlanadi. Marganes oksidlari ham qaytariladi: (MnO) + < C > = [Mn] + CO, (3.70) (2MnO) + < Si > = [2Mn] + (SiO 2 ). (3.71) Qaytarish davri vaqtida po‗lat berilgan kimyoviy tarkibgacha yetkaziladi, shundan keyin u pechdan chiqariladi va aluminiy bilan oksidsizlantiriladi. Metallning chiqarilishini shlak bilan birgalikda amalga oshirish mumkin. Bunda metall va shlakning aralashishi hisobiga qo‗shimcha desulfuratsiya sodir bo‗ladi. Shunday qilib, oltingugurt miqdorini 50% ga pasaytirish mumkin. 209 Oq shlakning turlaridan biri karbidli shlakdir (3.9- jadvalga q.). U koks birmuncha ortiq bo‗lganda hosil bo‗ladi. Uni yaratish uchun oksidlovchi shlak so‗rib olingandan keyin metall massasining 3—4%i miqdorida ohakli shlak (CaO va CaF 2 mos ravishda 80% va 20%) hosil qilinadi, so‗ngra shlakka metall massasining 0,6—0,8% miqdorida maydalangan koks beriladi. Koks butun yuza bo‗yicha bir tekis sepiladi, pech germetizatsiyalanadi va yoy razryadlari tarmoqqa ulanadi. Razryadlarning ta‘sir zonasida yuqori temperaturada kalsiy karbidining hosil bo‗lish reaksiyasi o‗tadi: CaO + 3C = CaC 2 + CO. (3.72) Bunda oksidsizlantirish ikkita yo‗ldan (3.68)—(3.71) reaksiyalar bo‗yicha oq shlak ostida va kalsiy karbidi hisobiga quyidagi reaksiyalar bo‗yicha boradi: 3FeO + CaC 2 = 3Fe + CaO + 2CO, (3.73) 3MnO + CaC 2 = 3Mn + CaO + 2CO. (3.74) Oltingugurtni chiqarib tashlash quyidagi reaksiyalar natijasida amalga oshadi: 3FeS + CaC 2 + 2CaO = 3CaS + 3Fe + 2CO, (3.75) 3MnS + CaC 2 + 2CaO = 3CaS + 3Mn + 2CO. (3.76) Karbid shlaki ostida suyuqlantirish faqat yuqori uglerodli va legirlangan instrumental po‗lat olish uchun bajariladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling