O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Aralashmalarni oksidlamasdan po‘lat suyuqlantirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Aralashmalarni oksidlamasdan po‘lat suyuqlantirish. Ushbu metod 
o‗rtacha va yuqori legirlangan po‗latlarni suyuqlantirish uchun qo‗llaniladi. Bu 
holda po‗lat ruda qo‗shmasdan suyuqlantiriladi. Oksidlash jarayonining bo‗lmasligi 
legirlovchi elementlardan iqtisodiy jihatdan qulay foydalanish imkonini beradi, 
chunki ular kuymaydi. Lekin zararli aralashmalarning to‗planish havfi tug‗iladi. 
Biroq, bu metod yordamida olingan po‗latning sifati aralashmalarni oksidlab 


210 
suyuqlantirishda olingan po‗latning sifatidan qolishmaydi [21]. Ishlab chiqarish 
tajribasi shuni ko‗rsatadiki, bunda zararli aralashmalar to‗planmaydi. Havodan 
azotni jadal yutadigan yuqori marganesli po‗latlar bundan istisnodir, lekin bu 
po‗latlar uchun azot foydali komponent ekan. Yoy pechida aralashmalarni 
oksidlamasdan po‗latni suyuqlantirish texnologiyasi xuddi oksidlashdagidek 
bo‗ladi. U barcha asosiy operatsiyalarni o‗z ichiga oladi, faqat oksidlovchi shlaklar 
hosil qilinmaydi, suyuqlantirish shlaki esa chiqarib tashlanadi va oksidsizlantirishni 
yo oq shlak ostida, yo ferroqotishmalar yordamida amalga oshiriladi. Ba‘zan 
jarayonni jadallashtirish uchun vanna kislorod berib tozalanadi. Lekin ushbu 
jarayon endi aralash jarayon hisoblanadi. 
Kislotali jarayon xususiyatlari. Bu jarayon eng ko‗p tarqalgan jarayondir. U 
eng unumdor va uglerodli hamda kam legirlangan po‗latlar uchun keng ko‗lamda 
qo‗llaniladi. 
Kislotali shlakning elektr o‗tkazuvchanligi asosli shlakka nisbatan kichkina 
bo‗ladi: yoylar shlak qoplamasini yoradi va bevosita metall bilan kontaktlashadi, bu 
esa o‗ta qizishni jadallashtiradi. Ayni paytda, shlak ancha past temperaturaga va 
asosli jarayondagiga nisbatan qaytarish qobiliyatiga ega bo‗ladi. Aytganlarning 
hammasi FIKning va pech futerovkasi xizmat qilish muddatining ortishiga yordam 
beradi. 
Kislotali shlakning hosil bo‗lishi uchun pechga, odatda, kvars qum va oz 
miqdorda temir rudasi hamda ohak kiritiladi. Shlakdagi SiO
2
/FeO + MnO nisbat 1 
ga yaqin. Bunday shlak ostida vanna yaxshi qaynaydi, lekin bunda qaynash jarayoni 
uzoq davom etmaydi. Qaynash jarayoni tugagach, shlak qum qo‗shib quyultiriladi 
va qaytarish davri boshlanadi. 
Kislotali marten pechidagiga o‗xshash suyuqlantirish jarayoni aktiv va kremniy 
qaytarilishli bo‗lishi mumkin. Aktiv jarayonda metallga 1% ga yaqin ruda kiritiladi, 
kremniy qaytarilish jarayonida oksidlanish ilgari tugaydi va kremniyning (3.64) 
reaksiya bo‗yicha qaytarilishi boshlanadi. 
Kislotali jarayonda metall oksidlovchi shlak chiqarib yuborilgandan keyin 
oksidsizlantiriladi. Shlakni chiqarib yubormasa ham bo‗ladi, lekin uning tarkibini 


211 
o‗zgartirish kerak. Yangi shlak yuqori sifatli po‗latni tayyorlashda pechga shamot 
bo‗laklari, qum va ohak kiritib hosil qilinadi. Oksidsizlantirish ikkita bosqichda: 
suyuqlantirish jarayonida — silikomarganes yoki ferrosilitsiy bilan, po‗latni 
chiqarishda esa aluminiy bilan amalga oshiriladi. 
Misol sifatida, po‗latni ДС5МТ tipidagi kislotali elektr yoy pechda 
suyuqlantirishni kо‗rib chiqamiz. 25Л markali po‗lat uchun metall shixtaning 
tarkibi: 58% po‗lat temir- tersaklari, 40% qaytgan metall va 2% ПВК-1. 
Po‗lat suyuqlantirish uchun pech quyidagi tarzda tayyorlanadi. Po‗latni chiqarib 
bo‗lgandan keyin pech tagi va futerovka otkoslari suyuq metall va shlak 
qoldiqlaridan tozalanadi. So‗ngra futerovka ko‗zdan kechiriladi, uning holati va 
navbatdagi po‗latni suyuqlantirishda qatnashish imkoniyati aniqlanadi. Agar 
pechning futerovkasi devorlari, otkoslari va tagida o‗yiq joylar, g‗adir- budurliklar, 
mahalliy chuqurchalar bo‗lsa, ular qum va suyuq shisha aralashmasi bilan zapravka 
qilinadi. Zapravkani mumkin qadar tez bajarish kerak, aks holda po‗lat 
chiqarilgandan keyin futerovkaning temperaturasi pasayib ketishi mumkin. 
Temperatura yuqori bo‗lsa, zapravka materiali yaxshi payvandlanib yopishadi. 
Sovuqlayin ta‘mirlashda yoki futerovkaning sezilarli shikastlangan joylari 
ta‘mirlangandan keyin ahamiyati kamroq quymalar uchun suyuqlantirib yuvish 
operatsiyasi bajariladi. Pechni suyuqlantirish uchun ishga tushirishdan oldin ish 
tuynugi ostonasi ta‘mirlanadi va uning po‗lat chiqariladigan teshigi berkitiladi. 
Shixta materiallari yuklashdan oldin tarozida tortiladi. Pech vannani g‗ildiratib 
chiqarib, uning ustki tomoni orqali yuklanadi. Yuklashda shixta urilib pech tagini 
shikastlamasligi uchun qovg‗a mumkin qadar pastga tushiriladi. Mayda shixta va 
qirindi pastga — pech tagiga yuklanadi. Yuklashni, shixtani zich yotqizib, jadal olib 
borish lozim. Yuklash tugagach, pech boshlang‗ich holatda o‗rnatiladi, vanna 
qulflari bekitiladi va gumbaz pastga tushiriladi. Agar pech sovuq bo‗lsa, ishga 
tushirish oldidan elektrodlarning har birining tagiga yondirishni osonlashtirish va 
elektr yoylarning osoyishta yonishi uchun koks bo‗lakchalari qo‗yiladi. 
So‗ngra pech tarmoqqa ulanadi va maksimal tok kuchi beriladi. Elektrodlar 
ostida suyuqlantirilgan metall ko‗lchalari paydo bo‗lishi bilan shlak hosil qilish va 


212 
yoyning yanada osoyishta yonishi uchun 6—8 kurak qum va 2—3 kurak ohaktosh 
beriladi. Shixtaning suyuqlanishi uni kislorod bilan qirqib va otkosdan vanna 
markaziga itarib tushirib, jadallashtiriladi. Kulrang pag‗ali oq tutun ajralib 
chiqqanida (bu holda pechda «qor yog‗yapti» deydilar), ushbu hol elektr yoy pech 
tagiga yaqin bo‗lgan holatda sodir bo‗lgani uchun, pech darhol to‗xtatilishi va 
elektrodni ko‗tarib, elektrodlar ostida hosil bo‗lgan quduqchalarga shixtani surib 
tushirish kerak. 
Shixta to‗la suyuqlanganda, C, Mn, S, P lar miqdorini ekspress- analiz qilish 
uchun metall namunasi olinadi. Oksidlash davrining boshlanishi oldidan po‗lat 
tarkibidagi C ning optimal miqdori 0,45— 0,70%. Uglerodni oksidlash uchun 
yaxshi qizdirilgan metallga kichik porsiyalar bilan temir rudasi kiritiladi: har qaysi 
porsiya orasida 5—10 min vaqt o‗tishi kerak. Metall butun yuza bo‗ylab qaynashi 
lozim. Vanna qattiq qaynaganda pech ishi to‗xtatiladi va shlakka bir necha kurak 
qum solinadi. Oksidlash davrining davom etishi kо‗pi bilan 40 min bo‗lishi kerak, 
shu jumladan, qaynash vaqti ham birnga kiradi. 
Berilgan analiz bo‗yicha uglerodning o‗rtacha miqdoriga erishilgach, shlak 
normal suyuq qo‗zg‗aluvchanlikka, zichlikka ega bo‗lishi, ip kabi chozilishi va 
singan joyida yashil rangga ega bo‗lishi kerak. So‗ngra metallni oksidsizlantirish 
uchun talab etilgan uglerod miqdoriga erishilganda vannaga ФС45 ferrosilitsiy 
qo‗shiladi. Bunda vanna yaxshilab aralashtiriladi. 10—15 minutdan keyin vanna 
ikkinchi marta aralashtiriladi va oksidsizlanish hamda temperaturani aniqlash uchun 
namuna olinadi. Kremniy bilan yaxshi oksidsizlantirilgan va stakanga quyilgan 
metall namunasi uchqunlanmasligi kerak. Qotayotganida metall kichrayishi kerak. 
Metallni chiqarishdan oldin vannani obdan aralashtirish zarur, yana bir marta 
oksidsizlanishi va temperaturaga namuna olish va po‗latni oldindan 800—900 °C 
gacha qizdirilgan kovshga chiqarib quyish kerak. Po‗lat chiqariladigan tarnov 
oldindan yaxshilab tozalanishi va quritilishi lozim. Tarnovga chiqarishdan oldin 
silikokalsiy 
kiritiladi. 
Normal 
temperatura 
va 
kremniy 
bilan 
normal 
oksidsizlantirilganda kovshga chiqarishgacha 4—5 min qolganda zarur bo‗lgan 
miqdorda ferrpmarganes qo‗shiladi. 


213 
Po‗latning uzil- kesil oksidsizlantirilishi kovsh tubiga beriladigan aluminiy bilan 
(1 t suyuq po‗latga 1,0—1,2 kg) amalga oshiriladi. Tarnovda temperatura optik 
pirometr bo‗yicha tuzatma kiritmasdan 1500—1580 °C bo‗lishi kerak. Kоvshdagi 
metall shlakning 100—150 mm qalinlikdagi himoya qatlami bilan qoplangan 
bo‗lishi kerak. 
Oxirgi yillarda po‗lat suyuqlantirib olish va sifatli metal olish uchun plazma- yoy 
pechlari qo‗llanilmoqda. Bu pechlar o‗tga chidamli qoplamli, yoki keramik tigelli 
bo‗lishlari mumkin (yoy pechlariga o‗xshagan). Plazma- yoy pechi keramik tigelli 
3.30- rasmda keltirilgan. Pech o‗tga chidamli qoplam bilan futerovka qilingan va 2 
svod bilan yopilgan. Plazmatron 1 suyuqlantirish kamerasiga svod orqali kirgiziladi. 
O‗tga chidamli qoplamida 6 tag qismi elektrodi o‗rnatilgan. Bu elektrod tokni suyuq 
metallic vannaga keltiradi. Svod qismini 4 kojuxga o‗tkazgich joyida zatvor 3 qismi 
bilan zichlshtirilgan. 3.30- b rasmda kristallizatorli plazma- yoy pechi sxemasi 
ko‗rsatilgan. Pechlar keng diapason bosimda ishlashi mumkin 0,3 MPa dan to 10
-1
Pa gacha. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling