O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Qo‘sh aluminiy ligaluralarining xarakteristikasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Qo‘sh aluminiy ligaluralarining xarakteristikasi
Ligatura Legirlovchi komponent miqdori, % Tcmperatura, °C Ligaturaning suyuqlanishi Legirlovchi qo‗shilma kiritilayotganda suyuqlanmaniki Al—Cu 45-50 575 750 Al—Mn 10 780 850-900 Al—Ni 20 780 850-900 Al—Ti 3-4 800-850 1200-1300 Al—Mg 9-11 560-640 700-750 3.12- jadval Aluminiy qotishmalarini suyuqlantirish temperatura rejimlari Qotishma Temperatura. º C o‗ta qizdirishda quyishda Al—Si 730-750 700-710 Al—Si—Mg 750 680-720 Al—Cu 740-780 690-730 Al—Cu—Si 750 680-730 Al—Cu—Zn 700-750 670-710 Ko‗pchilik aluminiy qotishmalari ikki komponentli shixta: quyma ko‗rinishidagi aluminiy qotishmasi va xususiy ishlab chiqarishdan qaytgan metall asosida suyuqlantiriladi. Masalan, ZILda tarkibida 9% Si bo‗lgan Al—Si qotishma 25 t sig‗imli vannali gaz pechlarida suyuqlantiriladi, shixta esa qaytarilgan metall va quyma ko‗rinishidagi AK9 markali qotishmadan iborat. Al—Cu—Si qotishmalar ham gaz pechlarida suyuqlantiriladi. Masalan, VAZda gaz pechlari uchun mo‗ljallangan shixta 40% AK6M2 va 60% qaytarilgan metalldan 229 iborat bo‗ladi. Qotishma gaz pechida 850 °C temperaturada qoplama flus ostida suyuqlantiriladi, bunda qotishma ko‗pi bilan 780 °C temperaturagacha qizdiriladi. Tayyor qotishma suyuqlantirish pechidan letka orqali tarnov bo‗yicha kutish pechiga chiqariladi, bu pechdan pnevmo qayta quyish quriknasi yordamida kovshga quyiladi. Kovshda gazdan tozalovchi tabletka joylashtirilgan (87% geksaxloretan, 12,7% NaCl va 0,3% ultramarin) qalpoq yordamida metall tozalanadi. Kovsh transportirovka qilinayotgan vaqtda metallning yuzasi qoplama flus bilan bekitiladi. Qotishma kovshdan tarqatish pechiga quyiladi, u bu yerda ham qoplama flus ostida bo‗ladi. Tarkibida 9,5—11,5% magniy bo‗lgan Al—Si—Mg qotishmani suyuqlantirish qator xususiyatlarga ega. Unda shixta materiallari sifatida yuqori darajada toza bo‗lgan aluminiydan (A995, A99, A97, A95), magniy va ligaturadan (aluminiy- berilliy, aluminiy- titan va aluminiy- sirkoniydan), shuningdek, xususiy ishlab chiqarishdan qaytarilgan metalldan foydalaniladi. 700 °C gacha qizdirilgan toza tigelga quyma ko‗rinishidagi aluminiy va aluminiy- berilliy ligatura yuklanadi; metall suyuqlantirilgandan va 700 °C gacha qizdirilgandan keyin aluminiy- titan hamda aluminiy- sirkoniy ligaturalar kiritiladi. Tola suyuqlantirilgandan so‗ng qotishma shlakdan tozalanadi, obdan aralashtiriladi va titandan tayyorlangan qalpoqcha yordamida magniy kiritiladi. Qotishmani 750 °C dan yuqori o‗ta qizdirishga yo‗l qo‗yilmaydi. Qotishmada berilliy va titan bo‗lsa, suyuqlantirish operatsiyasini himoyalovchi flussiz bajarish mumkin. Qolgan hollarda 4, 5 va 6- qoplama fluslardan foydalaniladi (3.10- jadvalga q.). Metall yuzasi ustida to‗q qo‗ng‗ir rangli dog‗larning paydo bo‗lishi qotishmaning oksidlanganligini ko‗rsatadi. Quyma yuzasida qora qatlamning yoki namunalarning singan joyida qoramtir to‗q rangning paydo bo‗lishi qotishmaning normadan tashqari o‗ta qizdirilganligi haqida guvohlik beradi. Barcha komponentlar kiritilgandan so‗ng qotishma 8 va 9- fluslar (3.10-jadvalga q.) bilan tozalanadi, so‗ngra shlakolinadi va qoliplarga quyiladi. Qotishmani qoliplarga quyish quyiladigan buyum devorla- rining qalinligiga qarab 660—770 °C temperaturalar oralig‗ida bajariladi. 230 Tarkibida 3—4% dan ortiq magniy bodgan aluminiy-magniyli qotishmalar kislorod va vodorodni yutishgagina moyil bo‗lmasdan, balki havodagi azot va pech atmosferasi bilan o‗zaro ta‘sirlashadi. Azotning magniy bilan reaksiyaga kirishi natijasida nitridlar hosil bo‗ladi. Nitridlar hosil bo‗lishining oldini olish uchun maxsus fluslar ishlatiladi. Ularning tarkibida boshqa xloridlar bilan bir qatorda magniy xloridi bo‗ladi, u magniyning kuyib tugashiga to‗sqinlik qiladi. Suyuqlantirish vaqtida suyuqlanma temperaturasi va metall tarkibidagi gazlar miqdori texnologik namunalar bo‗yicha, shuningdek, vakuum ekstraksiyasi metodi yordamida nazorat qilinadi. Aluminiy qotishmalari olishning yakunlovchi bosqichida ular modifikatsiya qilinadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling