O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Magniy qotishmalarini suyuqlantirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

3.12. Magniy qotishmalarini suyuqlantirish 
Jarayonning fizik- kimyoviy xarakteristikasi. Magniy yengil va nisbatan 
oson eriydigan metallar (t
er
= 650 ºC, ρ = 1738 kg/m
3
) jumlasiga kiradi. 
Suyuqlantirilgan holatda magniy va uning qotishmalarining o‗ziga xos xususiyati — 
ularning yuqori darajada kimyoviy aktivligidir: hosil bo‗ladigan g‗ovak oksid 
pardasi suyuqlanmani jadal oksidlanish va yonib ketishdan saqlamaydi. Shu sababli 
magniy qotishmalarni suyuqlantirishda ma‘lum qiyinchiliklar tug‗iladi. 
Kislorod va azot amalda magniyda erimaydi, balki u bilan suyuq- lanmaga 
qaraganda ancha yuqori zichlikka ega bo‗lgan MgO va MgN
2
birikmalar hosil 
qiladiki, bu esa ularga suyuqlanma vannasining tagiga cho‗kishga imkon beradi. 
Suyuqlantirish va quyish jarayonlarida magniy qotishmalari ko‗p miqdorda vodorod 
yutadi. Magniy qotishmalarini nodir- yer metallari ittriy va seriy bilan 
suyuqlantirishda ajralish yuzasi suyuqlanma — flusda legirlovchi elcmentlar bilan 
fluslar komponentlari orasida almashinuv reaksiyalari sodir bo‗ladi, bu esa qimmat 
turadigan komponentlarning yo‗qolishiga olib keladi: 
2Ce + 3MgCl
2
→ 3Mg + 2CeCl
3
, (3.78) 
2Y +3MgCl
2
→ 3Mg + 2YCl
3
, (3.79) 
2Y + 3MgF
2
→ 3Mg + 2YF
3
. (3.80) 


231 
Oksid pardasining zichligini oshirish va alangalanib ketishining oldini olish 
uchun xloridli fluslar bilan tozalangandan keyin suyuqlanma yuzasiga, odatda, 
tarkibida MgF, CaF
2
, AlF
3
, B
2
O
3
bo‗lgan xloridsiz fluslar beriladi. Magniy 
qotishmalarida ittriy, seriy, lantan, neodim, toriy va kalsiy bo‗lganda yo‗qotishlarni 
kamaytirish uchun xlorsiz fluslardan foydalanish yoki flussiz himoya atmosferasida 
suyuqlantirish tavsiya etiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling