O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Tozalash. Hozirgi vaqtda magniy qotishmalarining quyidagi tozalash usullari 
qo‗llaniladi: tindirish, qattiq va suyuq fluslar bilan ishlov berish, gazlar (argon, xlor, 
karbonat angidrid gazi, geliy, to‗rt xlorli uglerod) kiritib tozalash, filtrlash, aktiv 
metallar (sirkoniy, kalsiy, titan, marganes) qo‗shish va h.k. Tindirish metodi eng 
sodda, 750 °C temperaturada bajariladi, lekin unumdorligi kam va tejamsiz. 
Magniy qotishmalarini suyuqlantirishda flus ВИ 2 (38—46% MgCl
2
, 32-40% 
KCl, 10% gacha NaCl + CaCl
2
, 5-8% BaCl
2
, 3-5% CaF
2
), ВИ 3 lardan 
foydalaniladi. ВИ 3 ВИ 2 dan tarkibida CaF
2
(15—20%) va MgO (7—10%) lar 
miqdorining ko‗proq bo‗lishi va BaCl
2
ning bo‗lmasligi bilan tafovutlanadi. 
Bulardan tashqari, xloridsiz flus ВИAM 5 (17,5% MgF
2
, 15% AlF
3
, 50% B
2
O
3

17,5% CaF
2
) va ФЛ1 (32% MgF
2
, 40% AlF
3
, 15% B
2
O
3
, 13% CaF
2
) lardan ham 
foydalaniladi. 
Magniy qotishmalarini fluslar bilan taxminiy tozalash rejimi quyi- dagicha: 
700—720 °C temperaturada suyuqlanma 5—6 min davomida aralashtiriladi. 
Foydalanilgan flus chiqarib tashlanadi va yangi flus hosil qilinadi, suyuqlanma 
750—780 °C gacha qizdiriladi, shu temperaturada 10—15 min tindiriladi hamda 
700—680 °C temperaturagacha, ya‘ni quyish temperaturasigacha pasaytiriladi. 
Suyuqlanmaning metallmas aralashmalardan tozalanish darajasi texnologik 
namunaning singan joyi bo‗yicha nazorat qilinadi: unda qora dog‗larning bo‗lishi 
magnit oksidlarining borligini ko‗rsatadi, kulrang dog‗lar esa fluslar aralashganligi 
haqida guvohlik beradi. 
Fluslar bilan ishlanganda qotishmalarning qisman degazatsiya- lanishi ham sodir 
bo‗ladi. Ancha chuqur degazatsiyalash uchun gazlar bilan ishlash usuli qo‗llaniladi. 
Azot kiritib tozalash ko‗pi bilan 660— 685 °C temperaturada bajariladi, chunki 


232 
bundan yuqori temperatu- ralarda qotishmani ifloslantiradigan magniy nitridlari 
hosil bo‗ladi. Argon va xlor berib tozalash jarayoni 740—760 °C da bajariladi. 
Tozalash ba‘zan modifikatsiyalash bilan birgalikda bajariladi, bunda xlor 
oqimiga uglerod (IV)-xlorid kiritiladi. Xlor kiritib tozalashda xlorli magniy hosil 
bo‗ladi, u metalldan oksid aralashmalarini chiqarib yuborishga yordam beradi. 
Amalda suyuqlanmalarni ko‗pkarrali ishlash usuli qo‗llaniladi. Masalan, 
suyuqlanmani karbonat angidrid gazi va geliy yoki uglerod (IV)-xlorid va geliy 
bilan ketma- ket ishlash qotishma tarkibidagi vodorod miqdorini eng kichik 
miqdorgacha kamaytirishga (8—10 sm
3
/100 gr metall) imkon beradi. 
Sirkoniy, titan yoki marganesning qo‗shilishi magniy qotishmalarini temir 
aralashmalaridan tozalashga yordam beradi. Temir aralash- malarining miqdorini 
protsentning mingdan bir ulushigacha kamaytirish mumkin. Bu usulda tozalash 
operatsiyasi, odatda, 800—850 °C temperaturada bajarilib, keyinchalik suyuqlanma 
700 °C temperaturada 20—30 min davomida saqlab turiladi. Bunda tarkibida temir 
va qo‗shimchalar bo‗lgan qattiq fazaning kristallizatsiyalanishi va cho‗ki- shi sodir 
bo‗ladi. 
Filtratsiya magniy qotishmalarini aralashmalardan tozalashda yaxshi natijalar 
beradi. Shu maqsadda donador va to‗rsimon filtrlardan foydalaniladi. Eng nafis 
tozalashni donador filtrlar ta‘minlaydi. Ularda filtrlovchi materiallar sifatida 
magnezit, grafit, koks va ular bilan birgalikda boshqa materiallar ishlatiladi. 
Qotishmaning tozalanish dara- jasi dona o‗lchami va filtrlash qatlamining qalinligi 
bilan aniqlanadi: dona qanchalik mayda va qatlam qalinligi qanchalik katta bo‗lsa, 
qotish- ma shunchalik nozik tozalanadi. Magnezit filtrlari qotishma tarkibidagi 
metallmas aralashmalarni eng kam miqdorgacha pasaytirishga imkon beradi. 
To‗rsimon filtrlar sifatida kataklari lx1 mm bo‗lgan to‗rdan foydalaniladi. Po‗lat to‗r 
ifloslanishni 3—7 marotaba kamaytiradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling