O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Rux qotishmalarini suyuqlantirish texnologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet97/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Rux qotishmalarini suyuqlantirish texnologiyasi. Rux qotishmalarini 
suyuqlantirish, asosan, tigelli yoqilg‗i va elektr pechlarida amalga oshiriladi (3.31- 
a , f , g rasm). Ba‘zan vannali alanga pechlari ishlatiladi (3.31- b rasm). 
Shixta sifatida, odatda, quyma ko‗rinishidagi quyiladigan rux qotishmalari
bosim ostida quyish uchun quyma ko‗rinishidagi rux qotishmalari va ishlab 
chiqarishdan qaytgan qotishmalar ishlatiladi. Sof birlamchi metallar ham ishlatiladi. 


236 
Masalan, Msensk aluminiy quyish zavodida ЦАМ-1 qotishma olish uchun quyma 
ko‗rinishidagi qotishma, ЦАМ10-5 qotishma uchun esa birlamchi rux va ligaturalar 
ishlatiladi [3]. 
ЦАМ4-1 tipidagi rux qotishmasini tigelli induksion pechda suyuqlantirishda 
shixta sifatida shu tipdagi quyma ko‗rinishidagi qotishmadan 50% va ishlab 
chiqarishdan qaytgan materiallardan 50% (litniklar, brakka chiqarilgan quymalar
past sifatli chiqindilarning qayta suyuqlantirmalari) ishlatiladi. Zarur bo‗lganda 
qotishma magniy bilan qo‗shimcha shixtalanadi. Shixtaning barcha komponentlari 
diet aralashmalar (namlik, moy va boshqa qo‗shilmalar) dan tozalanadi. Tigelning 
uchdan bir sig‗imini to‗ldiradigan suyuq qotishma chiqib ketishining oldini olish 
uchun shixtani ehtiyotlik bilan yuklash kerak. 
Vannaga dastlab yengil vaznli shixta (qaytarilgan mayda qotishma), so‗ngra 
quyma ko‗rinishidagi materiallar yuklanadi. Suyuqlantirish jarayoni jadal olib 
boriladi. Metall eritiladi va 440—460 °C gacha o‗ta qizdiriladi, bundan keyin shlak 
olib tashlanadi va ekspress- analiz uchun namuna olinadi. Zarar bo‗lganda qalpoq 
yordamida suyuqlanmaga magniy kiritiladi. Agar kimyoviy analiz ijobiy natija 
bersa, metallning temperaturasi 440—460 °C ga yetkaziladi va metall 400—450 °C 
gacha qizdirilgan kovshga quyiladi, so‗ngra uni transportirovka qilib, tortib oluvchi 
zont ostiga o‗rnatiladi. Bu yerda qotishma tozalanadi. Tozalash uchun kovshga 
suyuqlanma massasidan 0,4% miqdorda tabletkalar kiritiladi. Tabletkalar tarkibiga 
87% geksaxloretan, 0,3% ultramarin va 12,7% NaCl kiradi. Qotishma yaxshilab 
aralashtiriladi, shlak tozalanadi va metall qoliplarga quyish uchun transportirovka 
qilinadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling