O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

3
kg/m
3
va suyuqlanish temperaturasi past bo‗lgan (186,5 °C) organik moddadir. 
Geksaxloretan sarfi 0,3—0,7% ni tashkil qiladi, 740—750 °C da ishlov beriladi. 
Xlorli tuz, C
2
C1
6
lardan farqli o‗laroq, gigroskopik emas va u uchun maxsus saqlash 
sharoitlari talab etilmaydi. 
Quyish sexlarida «Degazer» preparati tabletkalari qo‗llaniladi, tab- letkalar 
tarkibida geksaxloretan va xlorli bariy bo‗ladi (massasidan 10 %). 


226 
Suyuqlanmada xlorli birikmalar aluminiy bilan o‗zaro ta‘sirlashadi: 
3MeCl
2
+ 2A1 → 3A1C1
3
+ 3Me. (3.77) 
Pufakchalar ko‗rinishidagi xlorli aluminiy suyuqlanmadan o‗tayotganida 
metallmas aralashmalarni o‗zi bilan olib ketadi. Bundan tashqari, suyuqlanmadagi 
vodorod 
pufakchaga 
diffuziyalanadi, 
natijada 
metallning 
metallmas 
aralashmalaridan tozalanishi ta‘minlanadi. 
Aluminiy qotishmalarini tozalash filtratsiyalab ham amalga oshirilishi mumkin. 
Bu usul metall—filtr ajralish chegarasida suyuqlan- maning fizik va kimyoviy 
adsorbsiyaga hamda suyuqlanmadagi muallaq metallmas aralashmalarni mexanik 
tarzda ushlab qolishga asoslangan. Filtrlash uchun turli materiallar ishlatiladi. 
Masalan, 
shisha 
to‗qima 
qotishmaning 
metallmas 
aralashmalar 
bilan 
ifloslanganligini taxminan 2-2,8% kamaytirishga imkon beradi; donalarining 
kattaligi 3—6 mm bo‗lgan maydalangan glinozyom qotishmadagi metallmas 
aralashmalar miqdorini pasaytiradi, lekin vodorod miqdorini kamaytirmaydi. Alu-
miniy qotishmalarini tozalash uchun vakuum, ultratovush va boshqalardan ham 
foydalaniladi. 
Aluminiy qotishmalarini suyuqlantirish texnologiyasi. Shixta materiallari 
sifatida quymalar ko‗rinishidagi birlamchi aluminiy va silumin, quymalar 
ko‗rinishidagi aluminiy qotishmalari, qaytgan metall, aluminiy temir- tersaklari va 
chiqindilari, shuningdek, ligaturalar ishlatiladi. 
Ligaturalar aluminiy qotishmasiga qiyin eriydigan komponentlar (Cu, Ni va 
boshq.) yoki yo‗qotishlar eng kam bo‗ladigan, oson oksidlanadigan aktiv 
komponentlar kiritish maqsadida tayyorlanadi. Ligaturaning suyuqlanish 
temperaturasi suyuq qotishma temperaturasiga yaqin bo‗lishi kerak (3.11- jadval). 
Ligaturalarni istalgan suyuqlantirish pechida tayyorlash mumkin. Qiyin 
eriydigan ligaturalar (Ti, Be, Zr, Cr) grafit tigellarda suyuqlantiriladi. Ligatura 
quyidagi tartibda tayyorlanadi: avval aluminiy suyuqlantiriladi, so‗ngra uncha katta 
bo‗lmagan porsiyalar bilan ma‗lum temperaturali legirlovchi qo‗shilma kiritiladi 


227 
(3.11- jadval), so‗ngra suyuqlanma aramshtiriladi, bu esa legirlovchi 
qo‗shilmalarning tez o‗zlashtirilishiga yordam beradi, suyuqlanmani oksidlanishdan 
saqlaydigan qoplama fluslar kiritiladi va u tozalanadi. 
Barcha aluminiy qotishmalari (alummiy-magniyli qotishmalar bundan 
mustasnodir) shunga o‗xshash suyuqlantiriladi. Temperatura ortgan sari gazlarning 
yutilishi 
jadallanishiga 
asoslanib, 
aluminiy 
qotishmalarini 
suyuqlantirish 
tezlashtirilgan tarzda va optimal temperaturalarda olib borilishi tavsiya etiladi (3.12- 
jadval) [7]. 
Tigelli induksion pechlarda suyuqlantirish jarayonini ko‗rib chiqamiz, chunki 
ulardan barcha gruppalar qotishmalari uchun foydalanish mumkin. 
Induksion pechlarda suyuqlantirishda tozalangan tigelga ehtiyotlik bilan
zarbalarsiz shixta yuklanadi: tigel tagiga qaytarilgan xususiy metall zich yotqiziladi, 
so‗ngra quyma ko‗rinishidagi metall va uning ustiga mayda qaytgan xususiy metall 
yuklanadi. Pech ishga tushiriladi va suyuqlantirish operatsiyasi boshlanadi. 
Shixtaning birinchi porsiyalari suyuqlanayotganda qolgan qismi yuklanadi. 
Induksion pechlardagi suyuqlantirish jarayonini jadallashtirish uchun suyuqlantirish 
tigelning uchdan bir hajmini tashkil etadigan «botqoq» bilan olib boriladi. Metall 
otilib chiqishining oldini olish uchun yuklanadigan shixta nam, moy va emulsiyadan 
tozalangan bo‗lishi kerak. 
ZILdagi induksion pechlarda AЛ4 qotishma suyuqlantiriladi. Kokilga quyish
(№ 11) va bosim ostida quyish (№ 10) uchun qotishma suyuq fluslar bilan 
tozalanadi (3.10- jadvalga q.). Suyuq fluslar bilan ishlangandan keyin qotishmadagi 
gazlarning qoldiq miqdori texnologik vakuum- namuna bilan kontrol qilinadi. Agar 
tarkibdagi gaz miqdori katta bo‗lsa, qotishma flus bilan takror ishlanadi yoki
suyuqlanmani 3-5 soat davomida saqlab turish yo‗li bilan gazdan tozalash uchun
u kanalli induksion mikserga qayta quyiladi. Suyuqlanmani atmosfera bilan
o‗zaro ta‘sirlashishdan № 3 tarkibli qoplama flus vositasida himoya qilinadi
(3.10- jadvalga q.). 


228 
3.11- jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling