O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet73/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

3.23- rasm. ASEA firmasi ishlab chiqgan YFB induksion kanalli pechi: 
1 — payvandlab olingan silindr, 2 — silindr devorlari, 3 — roliklar, 4 — zanjirli o‗tkazgichlar, 
5 — asinxron motor, 6 — sifonlar, 7 — svoddagi teshik, 8 — metal chiqaradigan kanallar, 9 — 
teshiklar, 10 — induktorning o‗rtadagi qurilmasi (serdechnik), 11 — birlamchi g‗altak, 12 — 
kanallar; 
Bunday dupleks-jarayonlarda ko‗pchilik hollarda bitta kanalli pech bilan 
ishlaydigan ikkita vagranka ishlatiladi. Suyuqlantirish kompaniyasi uzoq vaqt 
davom etadigan (bir hafta va undan ortiq) yangi vagranka odatdagi ikkita 
vagrankaning o‗rnini bosadi. 
Suyuq cho‗yanni kanalli induksion pechga uzatishda shlakni yaxshilab ajratib 
olish kerak. Agar unga shlak tushsa, futerovkaning yeyilishi keskin ortadi. Kanalli 


187 
pechda to‗planib qolgan shlakni vaqti- vaqti bilan chiqarib tashlash zarur. 
Dupleks- jarayon V—ITP ham mashinasozlik zavodlarining quyish sexlarida 
keng tarqalgan. Tigelli induksion pechlarning ikkilamchi agregatlar sifatida 
qo‗llanilishi smena davomida cho‗yanning bir nechta markasini olish zarur bo‗lgan 
hollarda maqsadga muvofiq bo‗ladi. Bu pechlarda ferroqotishmalar, karburizatorlar 
yoki po‗lat- chiqindilar qo‗shib cho‗yan tarkibini korrektirovka qilish oson bo‗ladi. 
Dupleks- jarayon ITP—IKP da cho‗yan mayda po‗lat siniqlari va 
chiqindilaridan iborat shixtalardan olinadi. Bu jarayon tigelli induksion pechlarning 
texnologik afzalliklaridan foydalanishga imkon beradi. 
VAZda kulrang cho‗yan ishlab chiqarishda sig‗imi 25 t bo‗lgan tigelli induksion 
pechdan va foydali sig‗imi 45 t bo‗lgan kanalli pechdan iborat dupleks-jarayondan 
foydalaniladi [35]. Shixta sifatida temirchilik- presslab ishlab chiqarish chiqindilari
qaytarilgan metall va biroz quyma cho‗yandan foydalaniladi. Metall bitta pechdan 
boshqasiga tarnov yordamida uzatiladi. Shixtaning o‗rtacha kimyoviy tarkibi (%) C 
- 2,179; Si - 2,078; Mn - 0,624; S - 0,05; P - 0,058; Cr — 0,184; Sn — 0,035; Ni — 
0,0183; Cu — 0,089. Suyuqlantirish jarayoni 3 soatga yaqin davom etadi. Butun 
quyma massasi taxminan 26 t ni tashkil qiladi. Yuklashni boshlagandan keyin 3 soat 
25 minut o‗tgach, 20 t cho‗yan kanalli pechga qayta quyiladi. Bu cho‗yanning 
tarkibi (%): C - 3,35; Si - 1,97; Mn - 0,61; S - 0,045; P - 0,05; Cr — 0,15; Sn — 
0,038; Ni — 0,29. Suyuqlantirish shlaki tarkibida Fe
2
O
3
- 30-42%, SiO
2
- 42-53% va 
MnO - 4,5-5,2% bo‗ladi. Saqlab turish kanalli pechida cho‗yanning kimyoviy 
tarkibi ko‗p 
O‗zgarmaydi: С — 3,325 dan 3,33% gacha; Si — 1,935 dan 1,90% gacha; Mn — 
0,595 dan 0,59% gacha. Tigelli pechdan 20 t metallni kanalli pechga quygunga 
qadar pechda suyuq metall qoldig‗i (20 t ga yaqin) boladi. 
Dupleks- jarayon DP—ITP ham VAZda qo‗llaniladi. Bu yerda qattiq shixta 
suyuqlantiriladigan 40 t sig‗imli yoy pechi o‗rnatilgan. Tigelli induksion pechlarda 
metall zarur bo‗lgan kimyoviy tarkibgacha yetkaziladi va quyish jarayonida ynqori 
temperaturada saqlab turiladi. СЧ, КЧ, ВЧ cho‗yanlarni suyuqlantirib olish uchun 
tarkibida, asosan, po‗lat chiqindilari va qaytarilgan metall, shuningdek 11% gacha 


188 
quyma cho‗yan (СЧ uchun) va turli qo‗shimchalar (ФС, ФМн, grafit) bo‗lgan 
shixtalardan foydalaniladi. 
Grafitni ancha to‗la o‗zlashtirish va tigelli pechga quyishda issiqlik 
yo‗qotishlarni to‗ldirish uchun metall pechdan quyish kovshlariga beriladigan 
temperaturasidan 50 °C ortiq o‗ta qizdiriladi. O‗ta qizdirish temperaturasi 
1520—1580 °C diapazonda o‗zgaradi. 
Kimyoviy tarkib kremniy va marganes bo‗yicha yoy pechida, uglerod bo‗yicha 
— metall qabul qilgichga grafit kiritib, metallni induksion pechga berishda quyish 
tarnovida korrektirovka qilinadi. 
Dupleks-jarayon ITP—DP dan cho‗yanni chuqur desulfuratsiya qilish zarur 
bo‗lganda foydalaniladi. Avtomobil zavodi (GAZ)da bu jarayon sharsimon grafitli 
juda mustahkam cho‗yandan tirsakli vallar ishlab chiqarishda qo‗llaniladi. 
Cho‗yanni suyuqlantirish uchun sanoat chastotali tigelli induksion pechlar LFD- 12 
dan, desulfuratsiyalash uchun esa asos futerovkali yoy pechi DChM-10 dan 
foydalaniladi. 
Dupleks-jarayon DP—DP KAMAZ da qo‗llaniladi. Cho‗yan sig‗imi 50 t yoy 
pechlarida suyuqlantiriladi va sig‗imi 75 t bo‗lgan xuddi shunday pechlarga qayta 
quyiladi. Pechda berilgan kimyoviy tarkibli suyuqlantirilgan cho‗yan olinadi. 
Masalan, СЧ-20 uchun quyidagi tarkibdagi cho‗yan olinadi (%): C — 3,3—3,45; Si 
— 1,95—2,10; Mn-0,5-0,7; S -0,1; P-0,2; Sr-0,2-0,4; Ni-0,1-0,2. Shixta sifatida, 
asosan, qaytarilgan metall va po‗lat chiqindilari, shuningdek, 10—15% quyma 
ko‗rinishidagi cho‗yan hamda 10% ga yaqin cho‗yan temir- tersaklaridan 
foydalaniladi. 
Suyuqlantirish asosli shlaklarda olib boriladi. CaO/SiO
2
nisbat 0,9—1,2 
chegaralarida saqlab turiladi. Cho‗yan temperaturasi 1430— 1450 °C ga erishganda 
kimyoviy analiz qilish uchun namuna olinadi. So‗ngra cho‗yan 1540—1560 °C 
gacha o‗ta qizdiriladi, shlak nasos bilan so‗rib olinadi va cho‗yan kovshga chiqarib 
yuboriladi. Agar kimyoviy analiz berilgan qiymatga to‗g‗ri kelmasa, unda zarur 
bo‗lgan qo‗shilmalarning hisob miqdori kiritiladi. Kutish pechiga 60—80 kg kvars 
qumi yoki shamot siniqlari, 40—50 kg ohaktosh va 20—30 kg koks yuklanadi. 


189 
Saqlab turish pechlarida cho‗yan temperaturasi, uning kimyoviy tarkibi va 
oqartirilish kattaligi nazorat qilinadi. Pechdan chiqarilayotgan cho‗yan 
temperaturasi 1440—1480 °C, kimyoviy tarkibi esa talab darajasiga mos kelishi 
kerak. 
Amalda suyuqlantirish pechlarining muayyan ishlab chiqarish sharoitlariga 
ancha to‗g‗ri keladigan boshqa birikmalari ham uchraydi. Domna pechi—elektr 
pechdan iborat dupleks-jarayondan foydalanish eng samaralidir [8]. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling