O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Cho‘yan suyuqlantirish polijarayonlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

3.6. Cho‘yan suyuqlantirish polijarayonlari 
Birlamchi agregatlarda (V, DP, ITP) sodir bo‗ladigan barcha jarayonlar 
monojarayonlar vositasida suyuqlantirishning tegishli metodlari uchun yuqorida 
kо‗rib o‗tilganlarga aynan o‗xshashdir. Ikkilamchi agregatlarda (DP, ITP, IKP) 
cho‗yan kimyoviy tarkibining o‗zgarishi suyuq metallning shlak va pech futerovkasi 
bilan o‗zaro ta‘siriga bog‗liq. ARU bilan dupleks yoki tripleksda barcha jarayonlar 
birlamchi agregatlar va kutish pechida o‗tadi. ARUda kimyoviy tarkibi deyarli 
o‗zgarmaydi. 
Dupleks-jarayonlar kimyoviy tarkibni g‗oyat sezilarli darajada o‗zgartirib va 
hatto qattiq shixta materiallarini (masalan, qaytarilgan metall va ВЧ ni 
suyuqlantirishdagi boshqa chiqindilar) qo‗shib amalga oshiriladi. Bunday jarayonlar 
faqat DP va ITP da amalga oshirilishi mumkin. Bunday holda suyuqlantirish 
jarayonini qattiq shixtani suyuq quyim bilan qisman almashtiriladigan 


185 
monojarayonga o‗xshash kо‗rib chiqish lozim, bu esa induksion suyuqlantirishda 
monojarayon uchun ham xarakterlidir. 
Shixta va boshqa qo‗shilmalar kiritilmaydigan dupleks-jarayonda kimyoviy 
tarkibning o‗zgarishi kuyindi, shuningdek elementlarning qirmochi va metall 
porsiyasining quyilishi va olinishiga bog‗liq. 
Birinchi dupleks-jarayon uchun vagrankaning yoy pechi bilan birga 
qo‗shilishidan foydalanilgan edi. Uni bir necha o‗n yillar muqaddam КЧ ni 
suyuqlantirish uchun qo‗llay boshladilar. Bu dupleks-jarayon vositasida 
suyuqlantirish texnologiyasi quyidagidan iborat: shay qilib qo‗yilgan yoy pechiga 
quyib chiqishdan 1—2 soat oldin vagrankadan suyuq cho'yan quyiladi. 
Chiqindilardan foydalanilganda (ВЧ ishlab chiqishda amalda qo‗llaniladi) ular pech 
tubiga to vagranka cho‗yani oqib tushmaguncha yuklanadi. Cho‗yan DPga 
quyilgandan keyin jarayon me‘yoriga yetkazish davrida monojarayon olib 
borilishiga o‗xshash olib boriladi. Yoy pechlarida cho‗yanning kimyoviy tarkibi 
sezilarli o‗zgarishi tufayli uni ekspress- analiz natijalariga ko‗ra, korrektirovka 
qilish zarur. Kanalli pechlardan foydalanilganda cho‗yanning kimyoviy tarkibi juda 
kam o‗zgaradi. 3.23- rasmda ASEA firmasi ishlab chiqgan YFB induksion kanalli 
pechi keltirilgan. 
Vagranka— kanalli induksion pech dupleks-jarayoni jahon amaliyotida keng 
tarqalgan. U Rossiyaning ZIL, GAZ va boshqa zavodlarida joriy qilingan. Bunday 
suyuqlantirish usulining qo‗llanilishi tarkibi va temperaturasi bo‗yicha turg‗un 
metall katta ko‗lamlarda talab etiladigan hollarda, masalan, avtomobillar va 
traktorlar ko‗plab ishlab chiqariladigan sexlarda maqsadga muvofiq bo‗ladi [40]. 
Kanalli pechlarda cho‗yan, odatda, berilgan tarkibgacha yetkazilmaydi. Undan 
faqat suyuq cho‗yan tarkibini o‗rta hisobga keltirish va qizdirish uchun 
foydalaniladi. 
Zarur bo‗lganda qo‗shilmalar uzatish kovslilari yoki tarnovga kiritiladi. 
Cho‗yanning tarkibi va temperaturasi bo‗yicha o‗rta hisobga keltirilishini 
ta‘minlash uchun uning miqdorini doimo pechning 2/3 hajmi baravarida saqlab 
turish zarur. 


186 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling