O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Cho‘yanni yoy elektr pechlarida suyuqlantirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.18- rasm.
3.4. Cho‘yanni yoy elektr pechlarida suyuqlantirish
Cho‘yanni yoy yordamida suyuqlantirishning fizik- kimyoviy xususiyatlari. Yoy elektr pechlari kislotali futerovkaga ham, asosli futerovkaga ham ega bo‗lishlari mumkin. Mos rayishda, suyuqlantirish, jarayoni ham kislotali yoki asosli bo‗ladi. 3.18U yoki bu shlaklarda fazalarning o‗zaro ta‘siri haqida keltirilgan barcha holatlar cho‗yanni yoy pechlarida suyuqlantirish uchun ham o‗rinlidir, ya‘ni kislotali jarayonda asosli jarayonga qaraganda Si kam kuyadi, Mn esa ko‗p kuyadi. 174 Shixta yuklangandan keyin elektrodlar tushiriladi va suyuqlantirish jarayoni boshlanadi. Jarayon yoyni barcha tomondan o‗rab olgan shixtaning issiqlikni yuqori darajada o‗zlashtirib olishi bilan xarakterlanadi (suyuqlanish davrida FIK 85% ga yetadi). Yoy razryadlari sohasida temperaturalar juda yuqori bo‗lishi mumkin (3.19- rasm). Bunda elementlar kuyibgina qolmasdan (3.19- rasmdagi grafiklarga q.), balki bug‗lanib ketishi ham mumkin. Bu — yoy elektr pechlarida suyuqlantirishning asosiy xususiyatidir. Barcha metall suyuqlangandan keyin yoy sokin yona boshlaydi va issiqlik uzatilishi suyuqlangan metall yuzasidagina sodir bo‗ladi, bunda yoy razryadlari sohasida issiqlik ancha jadal, qolgan yuzada esa sustroq uzatiladi. Shu sababdan, o‗ta qizdirishda FIK past bo‗ladi. Elementlar yuqori temperaturalarda va pech atmosferasida kislorod bo‗lganda kuyadi. Oldin temir oksidlanadi, so‗ngra temir (II) oksidi elementlar (C, Si, Mn) ni oksidlaydi: , (3.56) FeO + Me = MeO + Fe . (3.57) 175 3.18- rasm. Yoy pechi sxemasi: 1 — ishchi darcha, 2 — zaslonka, 3 — elektrodlar, 4 — svod, 5 — devorlar, 6 — jelob, 7 — letka, 8 — elektr yoyi, 9 — pech podi 3.19- rasm. Yoy pechida t m , t g va metall tarkibining o‗zgarishi (1—4 larni 3.10- rasmdan qarab oling, 5 — karburizator). О Mn, C, Si =/(t) 176 Yoy yordamida cho‗yan suyuqlantirishning o‗ziga xos xususiyati vannaning qaynashiga, ya‘ni [FeO] + [C] = [Fe] + {CO} (3.58) reaksiyaning o‗tishiga yo‗l qo‗ymaslik. Shuning uchun shlak tarkibidagi FeO 12% dan ortiq bo‗lmasligi kerak, bunga karbyurizator kiritish hisobiga shlakni muntazam oksidsizlantirib erishiladi: (FeO) + < C > = [Fe] + {CO}. (3.59) Shu boisdan taqsimot muvozanati (FeO) [FeO] chapga siljiydi va vannaning qaynashi, ya‘ni (3.59) reaksiya bo‗yicha CO ning ajralib chiqishi sodir bo‗lmaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling