O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Quyma qotishmalarga suyuq holatda ishlov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
1.7. Quyma qotishmalarga suyuq holatda ishlov
berishning asosiy prinsiplari va usullari Quyma qotishmalarga suyuq holatda ishlov berish jarayonlarining klassiflkatsiyasi va uni amalga oshirish usullari. Qotishmani modi- fikatsiyalash, legirlash yoki tozalash maqsadida unga pechda yoki pechdan tashqarida (novda, cho‗michda, maxsus qurilmalarda) ishlov berilishi mumkin (1.8- rasm). 40 1.8- rasm. Quyma qotishmalarni suyuq holatda ishlov berish jarayonlarining klassifikatsiyasi. Ishlov berish turli qo‗shimchalar kiritib yoki tashqaridan ta‘sir qilib (aralashtirish, vibratsiya, vakuum va shunga o‗xshashlar) amalga oshiriladi. Qo‗shimchalar bevosita metallga yoki shlakka aralash kiritilishi ham mumkin. Tashqaridan ta‘sir qilish usuli ham xuddi shunday bo‗ladi. Pechdan tashqarida ishlov berish usuli suyuq metallga bevosita qo‗shimcha kiritib yoki tashqaridan ta‘sir qilish uchun mo‗ljallangan maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi (1.9- rasm). Qo‗shimchalar gazsimon (O — kislorod, N — azot, NG —neytral gazlar), qattiq (M — metallar va boshqa texnik sof moddalar, elementlar yoki birikmalar, A — aralashmalar, L — ligaturaiar, ya‘ni bir 41 nechta M qotishmalari, F— flyuslar) va suyuq (F — flyuslar, Sh — shlaklar) bo‗lishi mumkin. Qo‗shimchalar kiritish uchun turli qurilmalardan foydalaniladi: D — dozator, PGV — gazlarni yuqoridan puflash uchun teshiklari bor truba, PGN — gazlarni pastdan puflash uchun g‗ovak tub yoki po‗kak, MV — modifikator, masalan, chiviqni mexanik tarzda kiritish uchun qurilma, ZK — zaryadlash kamerasi, I — bug‗latgich, K — modifikator joylashtiriladigan qalpoq. Ishlov beriladigan joy suyuqlantirish pechi (P), pechdan tashqarida ishlov berishda esa suyuqlantirish pechining novi, ochiq cho‗mich, germetik cho‗mich va litnik sistemasida ish kamerasi (RK) bor quyish qolipi (F) bo‗lishi mumkin; ish kamerasida modifikator joylashtiriladi (1.9- rasmga q.). Tashqaridan ta‘sir qilish uchun maxsus qurilmalardan foydalaniladi: filtrlash uchun qurilma UF, A — avtoklav, VK — vakuum kamera (ular tuzilishi jihatdan o‗xshash, lekin avtoklavda ortiqcha bosim bo‗lishi mumkin) VU, VZ, MP — vibratsiya, ultratovush va aralashtirish qurilmalari, EU — elektr qurilma. Pechdan tashqarida ishov berish 1.9- rasmda ko‗rsatilgan elementlarni birlashtirib amalga oshiriladi. Masalan, modiflkatsiyalashning quyidagi metodlari mavjud: L ∪ VJ — novda ligatura bilan modiftkatsiyalash, L ∪ D ∪ VJ — shuning o‗zi, lekin dozator ishlatiladi, M ∪ ZK ∪ GK — germetik cho‗michda metall (masalan, magniy) bilan modifikatsiyalash, L ∪ RK ∪ F — qolipda ligatura bilan modifikatsiyalash va h.k. Bu yerda bo‗lishi mumkin bo‗lgan kombinatsiyalar soni ancha ko‗p. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling