O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Vagrankalarda cho‘yan suyuqlantirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

3.3. Vagrankalarda cho‘yan suyuqlantirish 
Fizik-kimyoviy xususiyatlari. Vagrankada cho‗yan suyuqlantirishning o‗ziga 
xos xususiyati fazalarning o‗zaro ta‘sir qilish jarayonlarining uzluksizligi va salt 
koloshaning qalin qatlami hamda ishchi koloshalarning yupqa qatlami 
ko‗rinishidagi koksning bo‗lishidir [28]. Koks III zonaning (3.10- rasm) pastki 
qismida quyidagi reaksiya bo‗yicha yonadi: 
C + O
2
= CO
2

(3.47) 
Unda erkin kislorod bo‗lishi ehtimoli bor, shu boisdan uni salt koloshaning 
kislorod zonasi deb ataydilar. Yonish mahsulotlari salt koloshaning yuqori qismiga 
ko‗tariladi, bu yerda ular qaytadan koks bilan quyidagi reaksiya bo‗yicha reaksiyaga 
kirishadi: 
CO
2
+ С = 2CO. 
(3.48) 
Bu reaksiya endotermik reaksiyadir, shu sababdan gazlarning temperaturasi 
biroz pasayadi. 
Vagrankaga kimyoviy tarkibi bo‗yicha bir- biridan prinsip jihatdan 
tafovutlanadigan ikkita komponentdan iborat shixta yuklanadi (3.10- rasm), ular 1 
po‗lat (po‗lat temir- tersagi, chiqindilar) va 2 cho‗yan (quyma ko‗rinishdagi 
cho‗yanlar, cho‗yan temir- tersagi) komponentlarga, shuningdek, 3 va 4 
ferroqotishmalarga bo‗linadi. Suyuqlantirishda elementlar miqdorining o‗zgarishi 
suyuq fazalar, elementlar kuyindisining aralashishi va ferroqotishmalar kiritilishi 
hisobiga sodir bo‗ladi. Vagrankada suyuqlantirishda suyuq metallning salt 
koloshaning koksi tarkibidagi uglerod va oltingugurt bilan to‗yinishi xarakterlidir. 
Vagrankada cho‘yan suyuqlantirish texnologiyasi 
Vagrankaning texnologik ish sikli quyidagi operatsiyalarni o‗z ichiga oladi: 
vagrankani suyuqlantirish uchun tayyorlash, qizitish, yuklash va ishga tushirish, 


157 
ishlash vaqtida vagrankaga xizmat ko‗rsatish, vagrankani to‗xtatish 
ГОСТ 24774-81 vagrankalar quyidagi turlarga bo‗linadi: 
- Ochiq, unda gazlarning jami atmosferaga chiqib ketadi (3.11- rasm); 
- Yopiq vagrankalar, bularda vagrankadan chiqadigan gazlarni majburiy 
tozalash qurilmalaridan o‗tkazib, atmosferaga 1 m
3
gazlarda 100 mg changi 
va 0,1 % CO chiqariladi. Bu ko‗rsatgich normaga to‗g‗ri keladi. 
Qisman koksni gaz bilan almashtirish kokso- gaz vagrankalarida ko‗rsatilgan 
(3.12- rasm) va koksdan tamoman voz kechish gaz vagrankalarida amalga oshiriladi 
(3.13- rasm). Amaliyotda eng yaxshi gaz vagrankalari bu Penza kompressor 
zavodida V.A.Grachev rahbarligida ishlab chiqilgan vagrankalar hisoblanadi. 
Bugungi kunda bu vagrankalar ko‗plab korxonalarda ishlatilmoqda. 3.14- rasmda 
hozirgi zamon yopiq vagranka kompleksi keltirilgan. Bu vagranka Giprostanok 
instituti tomonidan yaratilgan (Rossiya). 
Vagrankani suyuqlantirishga tayyorlash, asosan, olovbardosh futerovkani 
ta‘mirlashdan iborat bo‗ladi. Ta‘mirlash kapital, o‗rtacha vajoriy ta‘mirlash bo‗lishi 
mumkin. Kapital ta‘mirlashda vagrankaning butun olovbardosh futerovkasi 
almashtiriladi, o‗rtacha ta‘mirlashda eng zo‗riqqan joylardagi futerovka 
(suyuqlantirish zonasi, furma mintaqasi, o‗tish letkasi va ancha vayron bo‗lgan 
boshqa zonalardagi) almashtiriladi, joriy ta‘mirlash har bir suyuqlantirishdan keyin 
bajariladi. Joriy ta‘mirlash hajmi suyuqlantirishning qancha davom etishi va undan 
keyin futerovkaning holati bilan aniqlanadi 
Suv bilan sovitilmaydigan vagrankalar ish siklining davom etish vaqti — 8 dan 
20 soatgacha. Suv bilan sovitish sistemasidan foydalanilganda vagranka ish siklini 1 
oygacha yetkazish mumkin. 
Olovbardosh futerovka 25—30% olovbardosh gil va 70—75% may- dalangan 
shamot yoki kvars qumdan iborat qorishmada tayyorlangan shamot g‗ishtdan terib 
bajariladi. Vagrankalar futerovkasini tiqma yordamida yoki torkretlab (changlatib) 
ham amalga oshirish mumkin.


158 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling