O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shlak hosil bo‘lishi va uning vagranka jarayoniga ta’siri. Kislotali va asosli jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari
- Vagrankada suyuqlantirishda bo‘ladigan buzuqliklar va ularni bartaraf qilish choralari Buzuqliklar Sabablar Bartaraf qilish choralari
3.15- rasm. Vagranka jarayoni parametrlari o‗zaro bog‗lanishining nomogrammasi (t Me — metall temperaturasi, °C; Q sol.vagr. — vagrankaning solishtirma unumdorligi, t/soat ∙ m 2 ). Vagrankada suyuqlantirish tugagach havo beradigan mashina (vozduxoduvka) to‗xtatiladi, shlak va suyuq cho‗yan chiqarib yuboriladi, vagranka tubi ochiladi (bunda tag va salt kolosha ag‗dariladi) va koks suv bilan o‗chiriladi. Vagranka ishlab turgan vaqtda turli buzuqliklar bo‗lishi mumkin. Ularning 166 vujudga kelish sabablari va bartaraf qilish choralari 3.6- jadvalda keltirilgan. Shlak hosil bo‘lishi va uning vagranka jarayoniga ta’siri. Kislotali va asosli jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari Shlak hosil bo‗lishi — metallurgiya jarayonida ishtirok etadigan asosiy fazalardan biridir, shuning uchun uning tarkibi va xossalari suyuqlantirishning borishiga va olinadigan metall xossalariga sezilarli ta‘sir qilishi mumkin. Vagranka shlakining hosil bo‗lish manbalari quyidagilardir: Si, Mn, Fe va boshqa elementlar kuyindisi, futerovka sirtining erishi, shixtaning ifloslanishi (shixtadagi qum va begona aralashmalar), yoqilg‗i kuli, fluslar. Odatda, vagrankada metall massasidan 5—10% shlak hosil bo‗ladi. Shlak tarkibiga CaO, SiO 2 , A1 2 O 3 , MnO, FeO, MgO oksidlar, 3.6-jadval Vagrankada suyuqlantirishda bo‘ladigan buzuqliklar va ularni bartaraf qilish choralari Buzuqliklar Sabablar Bartaraf qilish choralari 1 2 3 Suyuqlantirish boshida metallning temperaturasi past Salt koloshaning boshlang‗ich balandligi past; mayda koksning mexanik mustahkamligi kichik; uzoq vaqt yoki jadal qizdirilishi tufayli salt kolosha balandligining ko‗p pasayishi Bitta yoki ikkita (qo‗shaloq) yoqilg‗i koloshasi yuklansin; beriladigan havo sarfi vaqtincha kamaytirilsin (suyuqlantirish zonasiga to‗ldirma kelguncha) Chiqarilayotgan metallning temperaturasi pasaygan Suyuqlantirish zonasining sathi va qizdiriladigan havo temperaturasi pasaygan Ikkita (qo‗shaloq) yoqilg‗i koloshasi yuklansin; koks va metall kolosha vazifasining va dozalanishining to‗g‗ri tanlanganligi tekshirilsin; beriladigan havo temperaturasi ko‗tarilsin 167 Metall vagranka tagini yorib o‗tgan Tag tiqmasining sifati past; suv tagni vagrankaning suv bilan sovitiladigan uzellarining zich bo‗lmagan joylari orqali kelayotganda o‗pirib ketgan; suyuqlantirish boshida beriladigan havo bosimi katta Vagrankaga havo berish to‗xtatilsin; undagi jami metall chiqarib yuborilsin (shlakka qadar); o‗tga chidamli gil (letka tarkibli) bilan yorib o‗tilgan joy berkitilsin; vagrankaga suv tushishiga yo‗l qo‗yilmasin Metall letkada yoki suyuqlantirish boshida sifonli shlak ajratgichning o‗tish zonasida qotib qolgan Metallning temperaturasi pasaygan; letka yoki o‗tish kanali yomon tiqilgan (butun uzunligigacha emas); o‗tish kanali va shlak ajratgich yetarli darajada quritilmagan; koks bo‗laklari o‗tish kanaliga tushib qolgan Vagrankaga havo berish to‗xtatilsin; letka kislorod bilan kuydirib teshilsin. Zarur bo‗lsa, metallning temperaturasini ko‗tarish choralari ko‗rilsin Sifonli shlak ajratgichning o‗tish kanali orqali metallning oqib tu- shishi to‗xtagan Metall temperaturasi keskin pasaygan; o‗tish kanaliga koks bo‗lagi yoki sirti kuygan g‗isht tushgan Havo berilishi to‗xtatilsin: shlak ajratgichdan metall chiqarib yuborilsin; o‗tish kanali lomcha bilan tozalansin yoki kislorod bilan kuydirib teshilsin yoki vagranka darhol urib sindirilsin; metalining tempotaturasini oshirish uchun choralar ko‗rilsin Vagrankada shlak furmalarga ko‗tarilgan va lining sifonli shlak ajratgich orqali chiqishi to‗xtagan Vagrankadagi havo bosimi yetarli emas; sifonli shlak ajratgich o‗lchamlariga rioya qilinmagan; o‗tish kanaliga koks bo‗lagi tushib qolgaii Beriladigan havo bosimi eng katta qiymatgacha kо‗tarilsin; letka «igna» bilan tozalansin, agar bu chora natijalar bermasa, vagrankaga havo berish to‗xtatilsin va metall pastki letka orqali chiqarib yuborilsin; shlak va metall ostonalari pasaytirilsin 168 Shixta yuqorida muallaq turib qolgan Yirik shixta ishlatilgan; vagranka shaxtasining futerovkasida o‗yiq joy va chiqiqlar bor Vagrankaga havo berish to‗xtatilsin; xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda shixtani yuklash tuynugi orqali yoki berk vagrankalar shaxtasidagi luklar urib teshilsin. Bunda oldindan ulardagi gaz tozalash sislemasida siyraklashish hosil qiladigan qurilmalar to‗xtatilsin va shaxtaning yuqorigi qismidagi luklar ochilsin. Nuqson bartaraf qilingandan so‗ng ikki hissa oshi- rilgan yoqilg‗i koloshasi berilsin Shixta pastda muallaq turib qolgan (shixta shlak nastilida muallaq turib qolgan) Tarkibida kul ko‗p bo‗lgan mayda koks yoki sifatsiz flus ishlatilgan; ta‘mirlash sifatsiz bajarilishi tufayli futerovkaning ayrim joylari qulab tushgan Yirik koks yoki oson suyuqlanadigan flusdan bilta yoki ikkita yoqilg‗i koloshasi berilsin; agar nuqsonni bartaraf qilib bo‗lmasa, «kozel» hosil bo‗lishining oldini olish uchun vagranka urib sindirilsin shuningdek, Cr 2 O 3 , TiO 2 , V 2 O 3 , P 2 O 5 , K 2 O 5 , Na 2 G va sulfidlar (FeS va boshq.) kiradi. Lekin shlakning asosiy tashkil etuvchilari — kremniy- yer (SiO 2 ), glino- yer (A1 2 O 3 ) va kalsiy oksidlari (CaO). Shlak tarkibi qo‗llaniladigan futerovkaning tipiga, fluslarning miqdori va tarkibiga bog‗liq. Suyuqlantirishning kislotali va asosli jarayonlari bir- biridan farq- lanadi. Kislotali jarayonda vagranka shamot bilan futerovka qilinadi, flus sifatida esa 2—3% li ohaktoshdan foydalaniladi. Suyuqlantirish jarayonida kislotali shlak hosil bo‗lib, uning tarkibida SiO 2 (40—60%) ko‗p bo‗ladi. Bundan tashqari, uning tarkibida 10—20% A1 2 O 3 va 10—30% CaO + MgO bo‗ladi. Asosli jarayonda futerovkada asosli olovbardosh materiallardan foydalaniladi. Flus sifatida 7—10% li ohaktosh qo‗shiladi. Bunda quyidagi tarkibli shlak hosil bo‗ladi: 20-30% SiO 2 , 5-10% A1 2 O 3 , 40-50% CaO va 10-15% MgO. Fizik- kimyoviy jarayonlarning umumiy qonuniyatlariga muvofiq, oksidlanish jarayonida kislotali oksidlar bo‗ladigan elementlar asosli shlaklar bilan ancha jadal 169 oksidlanadi. Shu sababli asosli jarayonda kremniy kislotali jarayonga qaraganda ko‗p oksidlanadi, marganes esa, aksincha, kislotali jarayonda asosli jarayonga qaraganda ko‗p oksidlanadi. Bundan asosli jarayonda olingan cho‗yan tarkibida uglerod ko‗p bo‗ladi, degan xulosa kelib chiqadi. Asosli jarayonning muhim afzalligi metalldan 40—50% oltingugurtni va 30—40% fosforni chiqarib tashlash imkoniyatiga egaligidir. Asosli shlaklarda tarkibidan S ni chiqarishga yordam beradigan erkin kalsiy oksidi bo‗ladi. Metallning temperaturasi va shlakdagi CaO va SiO 2 ning nisbati yuqori, shuningdek, FeO ning miqdori qancha kam bo‗lsa, desulfuratsiya shuncha samarali bo‗ladi. Shlak tarkibida CaO va FeO miqdori qancha ko‗p bo‗lsa, fosfor shuncha jadal chiqariladi. Past temperaturalarda bu jarayon juda jadal sodir bo‗ladi. Shunga qaramasdan, vagrankalarda cho‗yan, odatda, kislotali shlaklar bilan suyuqlantiriladi, chunki bunda jarayon sodda, futerovka esa arzon bo‗ladi. Vagranka jarayonining olishiga nafaqat shlak va metallning kimyoviy reagentlar sifatidagi o‗zaro ta‘siri, balki suyuq fazadagi shlakning «xatti- harakati» ham ta‘sir qiladi. Tarkibga qarab, shlak turli suyuqlanish temperaturasiga va qovushoqlikka ega bo‗lishi mumkin. Qovushoqligi yuqori bo‗lganda hatto suyuq shlak vagranka jarayonining borishini buzishi mumkin, chunki nastillar hosil bo‗ladi (ayniqsa, temperatura biroz past bo‗lgan furmalar ustida). Qovushoq shlak metalldan yomon ajraladi, chunki ba‘zan shlakda metall qo‗shilmalari — korolkilar qoladi, bu — qaytarib bo‗lmaydigan metall yo‗qotishlaridir. Tajriba shuni ko‗rsatadiki, shlakning qovushoqligi 0,3—0,8 Pa ∙ s bo‗lishi kerak. 3.16- rasmda psevdouchlik sistema SiO 2 —A1 2 O 3 —Σ CaO, MgO, FeO ning 1500 °C temperaturadagi qovushoqligi haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Shu diagrammaning o‗zida SiO2 —A12O3 — CaO uchlik sistemaning holat diagrammasidan chiziqlar chizilgan. SiO 2 170 CaO+ 90 80 70 60 50 40 30 20 10 Al 2 O 3 + FeO + MgO Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling