O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Cho‘yanni gaz vagrankalarida suyuqlantirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Cho‘yanni gaz vagrankalarida suyuqlantirish 
Gaz vagrankalarining to‗rtta tipi mavjud: shaxtada chiqiqlari bor; shaxtada 
peremichkasi bor; chiqarma o‗ta qizdirish kamerali va o‗tga chidamli salt koloshali 
(3.13- rasmga q.). Bu rasmda ko‗rsatilgan vagrankalarda (a, b, d) suyuq cho‗yan 
shaxtaning 1 — 1,5d balandligidagi suyuqlantirish zonasidan o‗ta qizdirish 
kamerasi basseyniga tushayot- ganida unga o‗ta qizdirish prinsipi qo‗llaniladi. 
Gaz vagrankalarida cho‗yan suyuqlantirish jarayonining fizik- kimyoviy 
xususiyatlari koksning kimyoviy reagent sifatida bo‗lmasligiga bog‗liq. Gaz fazasi 
taxminan 10% — CO
2
, 20% — H
2
O va 70% — N
2
dan iborat. Oksidlovchi 
atmosferaning bo‗lishi tufayli shaxtada quyidagi reaksiyalar bo‗yicha oksidlash 
jarayonlari sodir bo‗ladi: 
Me + CO
2
= MeO + CO , 
(3.52) 
Me + H
2
O = MeO + H
2

(3.53) 
Suyuqlantirish va o‗ta qizdirishda temir ikki oksidi C, Si va Mn ni quyidagi 
tipdagi reaksiyalar bo‗yicha oksidlaydi: 
Me + FeO = Fe + MeO. 
(3.54) 
Natijada 8-12% C, 10-15% Si va 15-20% Mn kuyadi. Koks uglerodi ishtirok 
etmasligi tufayli kuyish yuqori bo‗lishi ham mumkin, chunki uglerod qaytarilish 
jarayonlarining mikrohajmlarda rivojlanishiga yordam beradi. 
Koks bo‗lmaganligi tufayli metallning oltingugurt bilan to‗yinish jarayoni sodir 


173 
bo‗lmaydi, aksincha, oltingugurtning dastlabki miq- doridan 30—40% qismi 
kuyadi. Natijada cho‗yanda 0,02—0,05% oltingugurt qoladi. 
Cho‗yanni gaz vagrankalarida suyuqlantirib olish quyidagi afzal- liklarga ega: 
chiqarib tashlanadigan zararli moddalar juda kam, olina- digan cho‗yan tarkibidagi 
oltingugurt juda oz miqdorda bo‗lib, cho‗yanning sifati yuqori va tannarxi past 
bo‗ladi. Futerovkaning ancha murakkab bo‗lishi va o‗tga chidamli materiallarning 
ko‗p sarflanishi — kamchiligidir. 
O‗tga chidamli salt koloshali gaz vagrankalarida (3.13- f rasmga q.) uning 
tarkibiga o‗tga chidamli materiallar bilan birgalikda koks yoki boshqa uglerodli 
material kiritiladi, bu esa quyidagi tipdagi reaksiyaning o‗tishiga imkon beradi:
MeO + C = Me + CO. (3.55) 
Bunda kuyindilar kamayadi, cho‗yan uglerodlanadi, salt koloshaning ishlash 
sharoitlari yaxshilanadi, chunki uglerodli material bo‗laklari o‗tga chidamli material 
bo‗laklarini ajratadi va yopishib qolishiga hamda cho‗kishiga imkon bermaydi; 
bundan tashqari, gaz fazasi kam oksidlovchi bo‗lib qoladi. Gaz vagrankalarida 
cho‗yanni o‗ta qizdirish koks vagrankalaridagidek amalga oshiriladi: metall 
tomchilari o‗tga chidamli salt kolosha bo‗laklaridan oqib tushadi va ular bilan 
kontaktlashib hamda uglerodli material bo‗laklariga tushib samarali o‗ta qiziydi. 
Bunda metall uglerodni eritadi va oksidlar uglerodli material bilan kontaktlashib 
qaytariladi. Bunday vagrankalarda temirning kuyishi ancha kam bo‗ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling