O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Yoy pechida cho‘yanni monojarayon yordamida suyuqlantirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Yoy pechida cho‘yanni monojarayon yordamida suyuqlantirish
texnologiyasi. Shixta sifatida, asosan, cho‗yan yoki po‗lat temir- tersaklari va qaytarilgan metall, shuningdek, biror miqdorda quyma ko‗rinishidagi yangi cho‗yandan foydalaniladi. Shixta mavjud shixta materiallarining kimyoviy tarkibiga va kuyindiga asoslanib hisoblanadi. Odatda, uglerodning kuyishi 10%, kremniyning kuyishi 10% va marganesning kuyishi 20% deb qabul qilinadi. Shixtada qirindidan foydalanilganda elementlarning kuyishi sezilarli darajada ortishini hisobga olish lozim. Har bir suyuqlantirish oldidan futerovkani mayda ta‘mirlash zarur. Shu maqsadda tag va qivaliklar zapravka qilinadi, ya‘ni tag va qiyaliklardagi chuqurchalarga oldingi suyuqlantirish jarayoni tugagan zamonoq, 90—92% kvars qumdan, 5—6% suyuq shisha va 3—4% suvdan iborat aralashma surtiladi. Futerovka asosli bo‗lganda zapravka dolomit yoki magnezit massa bilan amalga oshiriladi. Shixta ixtisoslashtirilgan qovg‗a yordamida yuklanadi. Shixtaning hovlisiga massasi pech sig‗imining qariyb yarmini tashkil qiladigan shixta porsiyasi yuklanadi. Shixtani pech vannasiga yuklash uchun gumbaz chetga suriladi, qovg‗a 177 pech vannasi bilan o‗qdosh qilib o‗rnatiladi va tubi ochiladi. Yuklash oldidan karbyurizatorning (elektrod siniqlari, elektrod uvoqlari va shunga o‗xshashlar) hisob miqdoridan 75%i qovg‗a yoki pechga uzatiladi. Yuklangan va gumbaz bilan berkitilgan pech suyuqlantirish uchun ishga tushiriladi, ya‘ni kuchlanish ostida bo‗lgan elektrodlar shixta bilan kontaktlashgunga qadar pechga kiritiladi. Yoy razryadlarini turg‗un o‗tishi yo‗lga qo‗yilgandan keyin pech quvvati yuqori bosqichga o‗tkaziladi. Shixta suyuqlangan sayin suyuqlanmagan bo‗laklar hosil bo‗lgan quduqlarga itarib tushiriladi. Shlak hosil qilish uchun uni hosil qiluvchi komponentlar. ohak va qum kiritiladi. Ularning massasi shunday tarzda tanlanadiki, suyuqlantirish oxirida metall qalinligi 50 mm ga yaqin shlak qatlami bilan qoplansin. Shlakning qovushoqligi yuqori bo‗lmasligi kerak (sinov qoshig‗idan oson to‗kilsin), qotgandan keyin, esa yashilroq sirtli zich siniq joyiga (siniqqa) ega bo‗lshi kerak. Qattiq holatda shlak singan joyining qora rangli va pufakchasimon bo‗lishi uning yuqori darajada oksidlanganligi haqida guvohlik beradi. Bunday holda shlakni qisman chiqarib tashlash va shlak hosil qiluvchi yangi komponentlar qo‗shish kerak. Asosiy shlakni hosil qilish uchun pechga 1 t metallga 0,15 kg miqdorda ohak kiritiladi, natijada 0,001% oltingugurt chiqarib yubori- ladi. To‗la suyuqlangandan keyin kimyoviy analiz qilish va oqarganligini tekshirish uchun namunalar olinadi, pech esa ikkinchi bosqichga ulanadi va metall 1400—1450 °C gacha o‗ta qizdiriladi. So‗ngra shlak chiqarib yuboriladi, pechga karbyurizatorning umumiy hisob massasidan qolgan 25%i hamda ohak va qum kiritiladi. Birinchi ekspress- analiz natijalariga ko‗ra pechga ferroqotishmalar beriladi. So‗ngra metall 1440—1480 °C gacha o‗ta qizdiriladi va kovshga chiqariladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling