O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

3.16- rasm. Shlak qovushoqligi va suyuqlanish temperaturasining uning 
tarkibiga bog‗liqligi. 
Keltirilgan ma‘lumotlardan ko‗rinishicha, qovushoqligi eng kichik bo‗lgan zona 
past suyuqlantirish temperaturali zonalarga to‗g‗ri kelmaydi. Bu diagrammaga 
muvofiq eng kichik qovushoqlikka 50% Σ CaO, MgO, FeO, 10% A12O3 va 40% 
SiO2 dan iborat shlak ega. Shlaklar tarkibini fluslar yordamida rostlash mumkin. 
Koks- gaz vagrankalarida cho‘yan suyuqlantirishning 
o‘ziga xos xossalari 
Koks- gaz vagrankalarida cho‗yan suyuqlantirish jarayoni koks vag- rankasida 
suyuqlantirish jarayonlari bo‗ysunadigan qonuniyatlarning o‗ziga bo‗ysunadi. 
Koks- gaz vagrankasida suyuqlantirishning o‗ziga xos xususiyatlari koksning 
qandaydir miqdorini tabiiy gazning ekvivalent miqdoriga almashtirishdan iborat 
(3.12- rasmga q.). 
Ikki xil yoqilg‗ining yonish shartlariga ko‗ra, vagranka to‗rtta zonaga bo‗linadi 
(3.17- rasm). 


171 
3.17- rasm. Koks- gaz vagrankasining zonalarga bo‗linish sxemasi: 
1 — gorelkalarning tunellari; 2 — furmalar, 3 — KGV da gazlarning temperaturasi, 4 — KV da 
gazlarning temperaturasi, 5 — KGV da metall temperaturasi, 6 — KV da metall temperaturasi. 

zona. Barcha jarayonlar koks vagrankasida sodir bo‗ladigan jaravonlarga 
o‗xshash. Gazning zona oxiridagi o‗rtacha tarkibi quyidagicha: CO
2
- 15%, CO - 
10% va N
2
- 75%. 
II 
zona. Asosan, metan (CH
4
) dan iborat bo‗lgan gaz yonadi: 
CH
4
+ 2O
2
+ 7,52N
2
= CO
2
+ 2H
2
O + 7,52N
2
+ ΔH
6.13
. (3.49) 
Metan gazi yonib bo‗lgach, 9,5% CO
2
, 19%. H
2
O, 71,5% N

hosil bo‗ladi. 
III 
zona. Tabiiy gazning yonish mahsulotlari quyidagi reaksiya bo‗yicha koks 
bilan reaksiyaga kirishadi: 
C + CO
2
= CO
2
+ ΔH
6.14

(3.50) 
С + H
2
O = CO + H
2
+ ΔН
6.15

(3.51) 
IV 
zоnada koks va gaz yonish mahsulotlarining aralashmasi bo‗ladi. Gazlar 
aralashmasining tarkibi taxminan quyidagicha: CO
2
— 7%, CO — 20%, H
2
— 3% 
va N
2
— 70%. Suv bug‗lari ishtirok etishi mumkin. 
Koks- gaz vagrankasi uchun shaxta balandligi bo‗yicha taqsimlashda 


172 
temperaturaning ikkita maksimumi bo‗lishi xarakterlidir (3.17- rasmga q.). Bu 
vagrankalarda koks sarfi kamayishi bilan cho‗yan tarkibidagi oltingugurt miqdori 
kamayadi. Koks- gaz vagrankalarida sodir bo‗ladigan fizik- kimyoviy jarayonlar 
koks vagrankalarida sodir bo‗ladigan jarayonlarga aynan o‗xshash bo‗ladi. Chiqib 
ketayotgan gazlarda CO miqdorining juda ko‗p bo‗lishi koks- gaz vagrankalarining 
kamchiligidir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling