196
klassifikatsiyaga muvofiq (1.3- rasmga q. quymakorlikda po‗lat
suyuqlantirish
jarayonlari, asosan, yoqilg‗i va elektr pechlarda amalga oshiriladigan
monojarayonlar jumlasiga taalluqlidir (3.26- rasm). Dupleks- jarayon (V—K) va
qayta suyuqlantirish jarayonlari ham qo‗llaniladi.
Davriy kontaktli monojarayon marten pechida amalga oshiriladi. Davriy tipdagi
elektr pechlardagi monojarayonlar kontaktli ham (DP, PP) va kontaktsiz (ITP) ham
bo‗lishi mumkin. Quymakorlikda eng ko‗p tarqalgani
elektr yoy yordamida
suyuqlantirish metodidir.
Po‗lat quymalar olish uchun IVP da qayta suyuqlantirish jarayonlari va elektr
vositasida qizdiriladigan shlak ostida qayta suyuqlantirib
quyma olinadigan va
elektr shlakli quyish (ESHQ) nomini olgan jarayon ham qo‗llaniladi.
Marten pechi (3.26- a rasm) 6 gumbaz bilan yopilgan futerovka qilingan 4
vannaga ega. Vannaga 5 tuynuk orqali shixta yuklanadi. Pechning yon tomonlarida
yoqilg‗i yoqish uchun (gaz yoki mazut) 3 kallaklar joylashgan. Gaz va havo 2
regeneratorlarda isitiladi, ularga gaz va havo regeneratorlarni
navbatma- navbat
ishlashini ta‘minlaydigan (havo isitishda chap regeneratorlar ishlaganda o‗ng
tomondagilar chiqib ketayotgan gazlar bilan isitiladi va aksincha) 1 tashlama
klapanlari bor kanallar sistemasi orqali beriladi.
Dupleks-jarayon vagranka — konvertor (3.26- b rasm) 3
vagrankada
suyuqlantirib olish va keyinchalik suyuq metallni 1 konvertorda furma orqali havo
bilan tozalash vositasida amalga oshiriladi.
Induksion pechlar (3.26- d. rasm) 2 induktorli 1 tigeldan iborat; u cho‗yan
suyuqlantirish pechiga o‗xshaydi.
Yoy pechlari (3.26- e rasm) shixta yuklanadigan 1 vannaga ega; bunda 4
elektrodli gumbaz chetga chetlantiriladi. Ish tuynugi 5 dan qo‗shimcha
ravishda
shlak hosil qilish, qo‗shimchalar kiritish va shunga o‗xshashlar uchun foydalaniladi,
2 tarnovdan tayyor po‗lat chiqarib yuboriladi. Plazma pechlari (PP) ham (3.26- f
rasm) shunga o‗xshash qurilmaga ega. Pech vannasiga shixta yuldanadi, 2
gumbazda plazmatron o‗rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: