O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet80/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Konvertorda po‘lat olish 
Barcha po‗lat suyuqlantirish jarayonlaridan farqli o‗laroq, konvertorda po‗lat 
olish dastlabki material sifatida vagrankada suyuqlantirib olingan suyuq cho‗yandan 
foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Po‗lat quyish korxonasida, odatda, havo yon 
tomondan beriladigan kichik bessemer konvertorlardan foydalaniladi. Po‗latni 
shakldor qilib quyish uchun havo ust tomondan beriladigan kislorod 
konvertorlaridan foydalanish mumkin. 3.28- rasmda bessemer va kislorod 
konvertorlari sxemalari keltirilgan. 
Konvertorning ishlash prinsipi quyidagidan iborat: havodagi kislorod suyuq 
metall bilan kontaktlashib Pe, Si, Mn va dastlabki metallda bor bo‗lgan boshqa 
elementlarni oksidlaydi, buning natijasida issiqlik ajralib chiqadi, metalining 
temperaturasi ortadi va qisqa vaqt ichida (15 min) cho‗yan po‗latga aylanadi. 
Kichik bessemer konvertorlarning sig‗imi 11 dan 5 t gacha bo‗ladi. Konvertor 
retortasining shakli vertikal o‗qqa nisbatan nosimmetrik. Og‗iz qiyaligining 30° ga 
yaqin bo‗lishi konvertor gorizontal holatda bo‗lganida unga suyuq metall quyishga 
imkon beradi. Konvertor futerovkasi — dinas g‗ishtdan, kislotali. Suyuqlantirish 
oldidan konvertor futerovkasini 1000—1100 °C temperaturagacha qizdirish zarur. 
Qizdirish suyuq, gazsimon yoqilg‗i yoki koks bilan bajariladi. 
Suyuqlantirish konvertorga suyuq cho‗yan quyishdan boshlanadi. Cho‗yanning 
kimyoviy tarkibi va temperaturasi jarayonning ketishiga, olingan po‗latning 
temperaturasiga va uning sifatiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi. Odatda, suyuq cho‗yan 


204 
quyidagi tarkibga ega bo‗ladi (%): C - 2,8-3,5; Si - 0,9-2,2; Mn - 0,7-1,0; S < 0,06; P 
< 0,07. S va Si larning miqdori qanchalik kichik bo‗lsa, quyiladigan cho‗yanning 
temperaturasi shunchalik yuqori bo‗lishi kerak. Odatda, bu temperatura 
1300—1400 °C chegarasida o‗zgaradi. Suyuq cho‗yan konvertorga quyilayotganda 
taxminan 50 °C issiqlik yo‗qotiladi, shuning uchun vagrankadan temperaturasi 
1350—1450 °C bo‗lgan cho‗yan olish kerak. 
Vagrankada po‗lat suyuqlantirish uchun qo‗llaniladigan shixta 40—60% po‗lat 
temir- tersaklaridan va 60—40% qayta ishlanadigan cho‗yandan (fosforit kam 
bo‗lsa, ko‗ngildagidek bo‗ladi) iborat. Konvertorga quyilgan suyuq cho‗yan maxsus 
havo berish mashinalari bilan 1 t ga 720—800 m
3
miqdorida 0,02—0,04 MPa bosim 
ostida havo berib tozalanadi. Havo berish jadalligi 75—100 m
3
/min. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling