O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Kislotali marten jarayonining xususiyatlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Kislotali marten jarayonining xususiyatlari. Pechlarning futerovkasi kislotali, 
tagi kvars qumdan yasalgan. Shu boisdan kislotali jarayonda oltingugurt va fosforni 
chiqarib yuborish mumkin bo‗lmaganligidan, ularning shixtadagi miqdori juda kam 
bo‗lishi kerak. Suyuqlantirishning kislotali jarayoni asosli jarayon kabi tagni 
zapravka qilishni, yuklash va suyuqlantirishni, oksidlash, me‘yoriga yetkazish va 
oksidsizlantirishni o‗z ichiga oladi. Shlak pechga suyuqlantirish oborotidagi 
shlakdan 3—4%, shamot sinig‗idan 0,3—0,5% kiritib hosil qilinadi, asosliligi 
ohaktosh qo‗shib rostlanadi. 
Kislotali jarayon uchun kremniy- qaytarilish reaksiyalarining o‗tishi va 
shlakning oksidlash qobiliyatining pastligi xarakterlidir, shular tufayli metalldagi 
kislorod konsentratsiyasi ancha past bo‗ladi. 
Kislotali marten jarayonining ikkita turi mavjud: aktiv (kremniy qaytarilishi 
cheklangan) va passiv (kremniy qaytariladigan). 


202 
b) T, min 
3.27- rasm. Aktiv ( a ) va passiv (b) kislotali jarayonda po‗latni suyuqlantirishda metall kimyoviy 
tarkibining o‗zgarishi. 
Aktiv suyuqlantirish jarayoni ko‗p jihatdan yuqorida bayon etilgan jarayonga 
o‗xshash. Pechga ruda beriladi, elementlar oksidlanadi va kremniyning metall 
uglerodi bilan quyidagi reaksiya bo‗yicha qaytarilishi sodir bo‗ladi: 
(SiO
2
) + [2C] = [Si] + [2СО]. 
(3.64) 
U po‗latda 0,1 —0,2% Si gacha cheklanadi. Elementlar miqdorining o‗zgarish 
xarakteri 3.27- a rasmda ko‗rsatilgan. Si va Mn larning miqdori suyuqlantirish 
mobaynida kamayadi. 
Passiv jarayonda Si va Mn lar miqdori ortadi (3.27- b rasm). Suyuq- lantirish 
tugagach, polatdagi uglerod miqdori talab etilganidan kamida 0,8% ortiq bo‗lishi 
kerak. Ruda kichik porsiyalar bilan qo‗shiladi va oksidsizlantirishga 2 soat qolganda 
to‗xtaliladi. Ohaktosh faqat boshlan- g‗ich davrda qo‗shiladi. 
Kremniyning qaytarilishi uchun yuqori temperatura zarur. Bunda kremniyning 
(3.64) reaksiyadan tashqari, quyidagi reaksiya bo‗yicha qaytarilishi sodir bo‗ladi: 
(SiO
2
) + [2Fe] = [Si] + [2FeO], (3.65) 


203 
ya‘ni kremniyning temir ikki oksidi bilan oksidlanish reaksiyasi o‗z yo‗nalishini 
o‗zgartiradi. Bundan tashqari, marganes qaytariladi: 
(MnO) + [C] = [Mn] + {CO}. 
(3.66) 
Kremniy qaytariladigan jarayonda po‗lat oksidsizlantirgichlar kiri- tilmagan 
holda qisman oksidsizlantiriladi. Po‗lat pechdan chiqari- layotganda aluminiy bilan 
oksidsizlantiriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling