O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Pechlarning texnologik sxemalari
Tigelli yoqilg‗i pechi (3.31- a rasm) metall uchun grafit, po‗lat yoki cho‗yan 3 tigelga ega. Bo‗shliq 2 da 1 gorelkalar yordamida gaz yoki mazut yoqiladi, yonish mahsulotlari 4 tutun yo‗liga ketadi. Shixta materiallari tigelga yuklanadi, suyuqlantiriladi, so‗ngra qotishma talab etilgan konditsiyagacha yetkaziladi. Alanga pechining (3.31- b rasm) tigelli pechdan farqi shundan iboratki, 1 vannadagi suyuqlanma pech atmosferasi bilan kontaktlanadi. Bu pechlar 3 tuynuk orqali yuklanadi, gaz 4 gorelkalar yordamida yoqiladi, suyuq metallni chiqarib yuborish uchun 2 lyotka bor. Shaxta- alanga pechi (3.31- d rasm) shixta suyuqlantiriladigan 4 taglikli 5 217 shaxtaga va metall to‗planadigan 3 vannaga ega. Vanna ustida 2 gorelka joylashgan. Metallni tarqatish uchun 1 kamera xizmat qiladi. Bu pechlar aluminiy qotishmalarini 218 3.31- rasm. Suyuqlantirish jarayonlarining klassifikatsiyasi va aluminiy, magniy va rux qotishmalarini suyuqlantirish pechlarining texnologik sxemalari. 219 suyuqlantirish uchun ishlatiladi. Mis qotishmalarini suyuqlantirish uchun mo‗ljallangan statsionar yoqilg‗i pechlari (3.32- a rasm) 1 vanna ustida joylashgan gorelkalar yoki 2 forsunkalar vositasida isitiladi. Shixta materiallari 3 tuynuk orqali yuklanadi, tutun gazlari 4 gaz yo‗liga ketadi. Bu pechlarning sig‗imi odatda katta bo‗ladi va ishlab chiqarishning tegishli hajmlarida ishlatiladi. Ishlab chiqarish hajmi katta bo‗lmaganda grafit tigelli yoqilg‗i pechlaridan yoki baraban tipidagi burilma pechlardan (3.32- b rasm) foydalaniladi. Bu pechda suyuq yoqilg‗i 2 forkamerada 1 forsunka yordamida yoqiladi; gazlar 3 kanaldan 5 ishchi bo‗shlig‗iga keladi; yuklash 4 og‗iz orqali amalga oshiriladi. Mis qotishmalarni suyuqlantirish uchun shaxta- alanga pechlari (3.31- d rasm) ularning issiqlik FIK deyarli yuqori bo‗lishiga qaramasdan, hozircha kamdan kam ishlatiladi. Elektr pechlari (3.32- d, e , f , g rasm) mis qotishmalarini ham, nikel qotishmalarini ham suyuqlantirib olish uchun ishlatiladi. Tigelli qarshilik elektr pechlari (3.31- f rasm) uncha katta bo‗lmagan quyish sexlarida suyuqlantirib olishda, shuningdek, tarqatish pechlari sifatida juda keng ko‗lamda tarqalgan. Tigel 2 da qotishma tayyorlanadi, 1 spiral yordamida qizdiriladi. Vannali qarshilik pechi deb ataladigan pechda (3.31- e rasm) 2 vanna 3 gumbaz yonida joylashgan 1 qizdirish elementlari vositasida qizdiriladi. Vanna 2 ga 4 tuynuk orqali shixta yuklanadi. Metall pechni qiyalatib to‗kiladi. Tigelli induksion pech odatdagidek tuzilgan (3.32- d rasm). Tigel 1 da metall joylashadi, 2 induktor tigelni qamrab olgan va metall massasida issiqlik energiyasini generatsiyalab uyurma toklarni hosil qiladi. Mis qotishmalarini suyuqlantirish uchun pechlarning ILT seriyasidan, nikel qotishmalarini suyuqlantirish uchun esa IST seriyasidan foydalaniladi. Kanalli induksion pechlar tigel yoki baraban tipida, bitta yoki ikkita tigelli bo‗lishi mumkin. 3.31- h rasmda ikkita tigelli pech ko‗rsatilgan. O‗zak 1 dagi induktor issiqlik ajralib chiqadigan 2 kanallarni qamrab olgan. Bu kanallar 3 va 4 tigellarni birlashtiradi. Metall 3 tigeldan tarqatiladi, 4 tigelga esa yuklanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling