O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
- rasm. Aluminiyning gaz fazasining komponentlari bilan o‗zaro ta‘sirlashuv reaksiyalarining ΔG ° = f ( T ) bog‗lanishlari. Tozalash
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aluminiy qotishmalarini suyuqlantirishda foydalaniladigan fluslar
3.34- rasm. Aluminiyning gaz fazasining komponentlari bilan o‗zaro ta‘sirlashuv
reaksiyalarining ΔG ° = f ( T ) bog‗lanishlari. Tozalash. Aluminiy qotishmalarini suyuqlantirishda pechda tozalash usuli ham, turli usullar bilan pechdan tashqarida ishlov berib tozalash ham qo‗llaniladi. Aluminiy qotishmalarini eng ko‗p tarqalgan tozalash usullari – tozalovchi fluslar va boshqa qo‗shimchalar bilan ishlov berish, gazlar yuborib tozalash va filtrlash; ba‘zan elektr flus yordamida tozalash qo‗llaniladi (1.10- rasmga q.) [20, 23, 24]. Fluslarning tarkibi 3.10- jadvalda keltirilgan. Ularning barchalarining tarkibida Δ G 224 xlorli va ftorli birikmalar bo‗ladi. Suyuqlantirilgan metallni pech atmosferasi bilan o‗zaro ta‗sirlashishdan saqlash uchun qoplama fluslar ishlatiladi. Ular mumkin qadar kichik solishtirma massaga va eng kam gigroskopiklikka ega bo‗lishi, metall sathi bo‗yicha tekis qatlam bo‗lib joylashishi va shlak olinayotganda uning yuzasidan oson ajralishi kerak. Qoplama fluslar pechga shixta yuklanayotganda kiritiladi. Al—Mg sistema qotishmalarini suyuqlantirishda 4, 5, 6- fluslar, qolgan barcha qotishmalar uchun 1 - va 2- fluslar ishlatiladi (3.10-jadval). 3.10- jadval Aluminiy qotishmalarini suyuqlantirishda foydalaniladigan fluslar Flus № NaCl KC1 Na 3 AlFe 6 CaF 2 MgF 2 MgCl · KCl NaF 1 45 55 2 37 50 6,5 6,4 3 35 50 15 4 100 5 15 85 6 15 85 7 30 47 23 8 40 60 9 15 85 10 47,5 47,5 5 11 35 40 10 15 12 56,5 11,5 7 25 13 50 10 10 30 7 – 11 – tozalaydigan fluslarni bevosita tarqatish pechining kovshi yoki tigelidagi suyuqlanma yuzasiga kiritish mumkin. Lekin bu kam samarali, chunki ular bu holda qoplama fluslar rolini o‗ynaydi va suyuqlanmani faqat qisman tozalaydi. Suyuqlanmaga ular qalpoq (1.9, 1.10- rasmlarga q.) yordamida kiritilsa, ancha samarali bo‗ladi. Masalan, ZILda bu usul bilan 10, 11- suyuq fluslar kiritiladi. 225 Universal fluslar alohida gruppani tashkil etadi. Ularga ishlov berish qotishmani tozalash va modifikatsiyalash operatsiyalarini birga bajarishga imkon beradi (12- va 13- fluslar). Ularning tarkibida, odatda, NaF qatnashadi, flusning modifikatsiyalovchi ta‘siri NaF ning bo‗lishi bilan tushuntiriladi. Flus tarkibidagi NaF miqdori 60% ga yetishi mumkin. Xlorni gazlar bilan tozalash operatsiyasi 5—20 min davomida 720—730 °C temperaturalarda bajariladi. Bunda inert gaz sarfi ishlov berilayotgan metall massasidan 0,3—1% ni tashkil qiladi. Qotishmani inert gaz bilan ishlash jarayoni metallda erigan gazning pufakchalarda diffuziyalanishi, shuningdek, pufakchalarning suyuqlanmada bo‗lgan boshqa muallaq metallmas aralashmalarga nisbatan flatatsion ta‘siriga asoslangan. Suyuqlanmani xlor bilan ishlash yuqori darajada tozalashni ta‘min- laydi. Lekin xlor zaharli, shu boisdan tozalash ishlarini bajarish uchun maxsus qurilmalar (germetik kameralar, kovshlar, yaxshi ventilatsiya, izolatsiyalangan xona va shunga o‗xshashlar) talab etiladi, bular esa ushbu jarayonning qo‗llanilishini cheklaydi. Shu boisdan aluminiy qotishmalaridan shakldor quymalar ishlab chiqarishda suyuqlanmalarning xloridlar (xlorli rux, xlorli marganes, geksaxloretan, xlor to‗rt titan va boshq.) bilan ishlanishiga bog‗liq bo‗lgan jarayonlar keng qo‗llaniladi. Xloridlar yuqori darajada gigroskopik bo‗lgani uchun foydalanish oldidan, albatta, quritilishi kerak va suyuqlanmaga qalpoqda kiritiladi, chunki zichligi kichik bo‗ladi. Ularning sarfi ishlov beriladigan suyuqlanma massasidan 0,5—2% ni tashkil qiladi. Jarayonning temperaturasi 700—730 °C. Shuni hisobga olish lozimki, past temperaturalar tozalash samarasini pasaytiradi, yuqori temperaturalar esa qotishmaning jadal oksidlanishiga olib keladi. Geksaxloretan zichligi 2,09 • 10 Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling