O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Rangli qotishma suyuqlantiriladigan pechlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
3.10. Rangli qotishma suyuqlantiriladigan pechlar
Jarayonlar klassifikatsiyasi Rangli qotishmalar ularni suyuqlantirish sharoitlariga ko‗ra uch guruhga bo‗linadi: aluminiy, magniy va rux qotishmalari; mis va nikel qotishmalari; titan va qiyin eriydigan metallar asosida tayyorlangan qotishmalar. Aluminiy, magniy va rux qotishmalarini suyuqlantirib olish uchun yoqilg‗i va elektr pechlarida monojarayonlar ham, shuningdek, poli- jarayonlar ham qo‗llaniladi (3.31- rasm). Polijarayonlardan quymalarni yirik seriyalab va ko‗plab ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bunday holda suyuqlantirish jarayoni yoqilg‗i pechlarida (odatda, bu statsionar alanga pechi — PIS), me‘yoriga yetkazish va aralashmalardan tozalash operatsiyalari esa tarqatish pechlarida (odatda, ular tigelli qarshilik pechlari — PST) bajariladi. Bunda dupleks- jarayondan tashqari tripleks- jarayon ham (3.31- rasm, VIII) mumkin. Tripleks- jarayonda suyuqlantirish operatsiyasi PIS da bajariladi, so‗ngra kutish pechiga quyiladi (bu ham P1S) va bundan keyin tarqatish pechlariga quyiladi. Ishlab chiqarish hajmi katta bo‗lmaganda kontaktsiz suyuqlantirish metodlari afzal bo‗ladi: dupleks ITP-PST, IKP va boshqalar. Buning ustiga hatto yoqilg‗i jarayonlari ham kontaktsiz metodda (3.31- a rasm, TP) realizatsiya qilinadi. Magniy qotishmalari uchun kontaktsiz suyuqlantirish qo‗llash zarur, chunki magniy juda aktiv metall, oson oksidlanadi va 216 havo bilan kontaktlashishni cheklashga oid choralarni hatto quyish vaqtida ham nazarda tutishga to‗g‗ri keladi. Rangli qotishmalar suyuqlantirish uchun so‗nggi vaqtgacha faqat davriy jarayonlar (2- rasmga q.) qo‗llanilar edi. Lekin energetik jihatdan uzluksiz jarayonni amalga oshirish foydali bo‗lganligi uchun rangli qotishmalarni suyuqlantirib olishda shaxta- alanga pechlaridan (3.31- rasm, ShP) foydalana boshladilar. Mis va nikel qotishmalarni suyuqlantirib olishda, asosan, mono- jarayonlar qo‗llaniladi. P1S va P1V yoqilg‗i pechlari o‗zining konstruksiyasi jihatidan aluminiy qotishmalarni suyuqlantirib olishda foydalaniladigan yoqilg‗i pechlaridan tafovutlanadi (3.31- rasm, P1S), chunki mis qotishmalari uchun ancha yuqori temperatura talab etiladi. Bronzani suyuqlantirish uchun yoy pechlarini va ba‘zi nikel qotishmalari uchun uch fazali po‗lat suyuqlantirish pechlarining ishlatilishi shuning o‗zi bilan tushuntiriladi (3.26- rasm q.). Tarkibida oson oksidlanadigan elementlar bor nikel qotishmalarini suyuqlantirib olish uchun induksion vakuum pechlaridan foydalaniladi. Jezlarni suyuqlantirish uchun induksion suyuqlantirish metodlari (3.32- d va e rasm, ITP, IKP) keng qo‗llaniladi. Titan qotishmalari va qiyin suyuqlanadigan metallarni suyuqlantirish uchun faqat qayta suyuqlantirish jarayonlari: vakuum-yoy, elektron-nur va plazma-yoy qayta suyuqlantirish jarayonlari qo‗llaniladi (3.33- rasm). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling