O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Aralashmalarni oksidlamasdan po‘lat suyuqlantirish
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislotali jarayon xususiyatlari.
Aralashmalarni oksidlamasdan po‘lat suyuqlantirish. Ushbu metod
o‗rtacha va yuqori legirlangan po‗latlarni suyuqlantirish uchun qo‗llaniladi. Bu holda po‗lat ruda qo‗shmasdan suyuqlantiriladi. Oksidlash jarayonining bo‗lmasligi legirlovchi elementlardan iqtisodiy jihatdan qulay foydalanish imkonini beradi, chunki ular kuymaydi. Lekin zararli aralashmalarning to‗planish havfi tug‗iladi. Biroq, bu metod yordamida olingan po‗latning sifati aralashmalarni oksidlab 210 suyuqlantirishda olingan po‗latning sifatidan qolishmaydi [21]. Ishlab chiqarish tajribasi shuni ko‗rsatadiki, bunda zararli aralashmalar to‗planmaydi. Havodan azotni jadal yutadigan yuqori marganesli po‗latlar bundan istisnodir, lekin bu po‗latlar uchun azot foydali komponent ekan. Yoy pechida aralashmalarni oksidlamasdan po‗latni suyuqlantirish texnologiyasi xuddi oksidlashdagidek bo‗ladi. U barcha asosiy operatsiyalarni o‗z ichiga oladi, faqat oksidlovchi shlaklar hosil qilinmaydi, suyuqlantirish shlaki esa chiqarib tashlanadi va oksidsizlantirishni yo oq shlak ostida, yo ferroqotishmalar yordamida amalga oshiriladi. Ba‘zan jarayonni jadallashtirish uchun vanna kislorod berib tozalanadi. Lekin ushbu jarayon endi aralash jarayon hisoblanadi. Kislotali jarayon xususiyatlari. Bu jarayon eng ko‗p tarqalgan jarayondir. U eng unumdor va uglerodli hamda kam legirlangan po‗latlar uchun keng ko‗lamda qo‗llaniladi. Kislotali shlakning elektr o‗tkazuvchanligi asosli shlakka nisbatan kichkina bo‗ladi: yoylar shlak qoplamasini yoradi va bevosita metall bilan kontaktlashadi, bu esa o‗ta qizishni jadallashtiradi. Ayni paytda, shlak ancha past temperaturaga va asosli jarayondagiga nisbatan qaytarish qobiliyatiga ega bo‗ladi. Aytganlarning hammasi FIKning va pech futerovkasi xizmat qilish muddatining ortishiga yordam beradi. Kislotali shlakning hosil bo‗lishi uchun pechga, odatda, kvars qum va oz miqdorda temir rudasi hamda ohak kiritiladi. Shlakdagi SiO 2 /FeO + MnO nisbat 1 ga yaqin. Bunday shlak ostida vanna yaxshi qaynaydi, lekin bunda qaynash jarayoni uzoq davom etmaydi. Qaynash jarayoni tugagach, shlak qum qo‗shib quyultiriladi va qaytarish davri boshlanadi. Kislotali marten pechidagiga o‗xshash suyuqlantirish jarayoni aktiv va kremniy qaytarilishli bo‗lishi mumkin. Aktiv jarayonda metallga 1% ga yaqin ruda kiritiladi, kremniy qaytarilish jarayonida oksidlanish ilgari tugaydi va kremniyning (3.64) reaksiya bo‗yicha qaytarilishi boshlanadi. Kislotali jarayonda metall oksidlovchi shlak chiqarib yuborilgandan keyin oksidsizlantiriladi. Shlakni chiqarib yubormasa ham bo‗ladi, lekin uning tarkibini 211 o‗zgartirish kerak. Yangi shlak yuqori sifatli po‗latni tayyorlashda pechga shamot bo‗laklari, qum va ohak kiritib hosil qilinadi. Oksidsizlantirish ikkita bosqichda: suyuqlantirish jarayonida — silikomarganes yoki ferrosilitsiy bilan, po‗latni chiqarishda esa aluminiy bilan amalga oshiriladi. Misol sifatida, po‗latni ДС5МТ tipidagi kislotali elektr yoy pechda suyuqlantirishni kо‗rib chiqamiz. 25Л markali po‗lat uchun metall shixtaning tarkibi: 58% po‗lat temir- tersaklari, 40% qaytgan metall va 2% ПВК-1. Po‗lat suyuqlantirish uchun pech quyidagi tarzda tayyorlanadi. Po‗latni chiqarib bo‗lgandan keyin pech tagi va futerovka otkoslari suyuq metall va shlak qoldiqlaridan tozalanadi. So‗ngra futerovka ko‗zdan kechiriladi, uning holati va navbatdagi po‗latni suyuqlantirishda qatnashish imkoniyati aniqlanadi. Agar pechning futerovkasi devorlari, otkoslari va tagida o‗yiq joylar, g‗adir- budurliklar, mahalliy chuqurchalar bo‗lsa, ular qum va suyuq shisha aralashmasi bilan zapravka qilinadi. Zapravkani mumkin qadar tez bajarish kerak, aks holda po‗lat chiqarilgandan keyin futerovkaning temperaturasi pasayib ketishi mumkin. Temperatura yuqori bo‗lsa, zapravka materiali yaxshi payvandlanib yopishadi. Sovuqlayin ta‘mirlashda yoki futerovkaning sezilarli shikastlangan joylari ta‘mirlangandan keyin ahamiyati kamroq quymalar uchun suyuqlantirib yuvish operatsiyasi bajariladi. Pechni suyuqlantirish uchun ishga tushirishdan oldin ish tuynugi ostonasi ta‘mirlanadi va uning po‗lat chiqariladigan teshigi berkitiladi. Shixta materiallari yuklashdan oldin tarozida tortiladi. Pech vannani g‗ildiratib chiqarib, uning ustki tomoni orqali yuklanadi. Yuklashda shixta urilib pech tagini shikastlamasligi uchun qovg‗a mumkin qadar pastga tushiriladi. Mayda shixta va qirindi pastga — pech tagiga yuklanadi. Yuklashni, shixtani zich yotqizib, jadal olib borish lozim. Yuklash tugagach, pech boshlang‗ich holatda o‗rnatiladi, vanna qulflari bekitiladi va gumbaz pastga tushiriladi. Agar pech sovuq bo‗lsa, ishga tushirish oldidan elektrodlarning har birining tagiga yondirishni osonlashtirish va elektr yoylarning osoyishta yonishi uchun koks bo‗lakchalari qo‗yiladi. So‗ngra pech tarmoqqa ulanadi va maksimal tok kuchi beriladi. Elektrodlar ostida suyuqlantirilgan metall ko‗lchalari paydo bo‗lishi bilan shlak hosil qilish va 212 yoyning yanada osoyishta yonishi uchun 6—8 kurak qum va 2—3 kurak ohaktosh beriladi. Shixtaning suyuqlanishi uni kislorod bilan qirqib va otkosdan vanna markaziga itarib tushirib, jadallashtiriladi. Kulrang pag‗ali oq tutun ajralib chiqqanida (bu holda pechda «qor yog‗yapti» deydilar), ushbu hol elektr yoy pech tagiga yaqin bo‗lgan holatda sodir bo‗lgani uchun, pech darhol to‗xtatilishi va elektrodni ko‗tarib, elektrodlar ostida hosil bo‗lgan quduqchalarga shixtani surib tushirish kerak. Shixta to‗la suyuqlanganda, C, Mn, S, P lar miqdorini ekspress- analiz qilish uchun metall namunasi olinadi. Oksidlash davrining boshlanishi oldidan po‗lat tarkibidagi C ning optimal miqdori 0,45— 0,70%. Uglerodni oksidlash uchun yaxshi qizdirilgan metallga kichik porsiyalar bilan temir rudasi kiritiladi: har qaysi porsiya orasida 5—10 min vaqt o‗tishi kerak. Metall butun yuza bo‗ylab qaynashi lozim. Vanna qattiq qaynaganda pech ishi to‗xtatiladi va shlakka bir necha kurak qum solinadi. Oksidlash davrining davom etishi kо‗pi bilan 40 min bo‗lishi kerak, shu jumladan, qaynash vaqti ham birnga kiradi. Berilgan analiz bo‗yicha uglerodning o‗rtacha miqdoriga erishilgach, shlak normal suyuq qo‗zg‗aluvchanlikka, zichlikka ega bo‗lishi, ip kabi chozilishi va singan joyida yashil rangga ega bo‗lishi kerak. So‗ngra metallni oksidsizlantirish uchun talab etilgan uglerod miqdoriga erishilganda vannaga ФС45 ferrosilitsiy qo‗shiladi. Bunda vanna yaxshilab aralashtiriladi. 10—15 minutdan keyin vanna ikkinchi marta aralashtiriladi va oksidsizlanish hamda temperaturani aniqlash uchun namuna olinadi. Kremniy bilan yaxshi oksidsizlantirilgan va stakanga quyilgan metall namunasi uchqunlanmasligi kerak. Qotayotganida metall kichrayishi kerak. Metallni chiqarishdan oldin vannani obdan aralashtirish zarur, yana bir marta oksidsizlanishi va temperaturaga namuna olish va po‗latni oldindan 800—900 °C gacha qizdirilgan kovshga chiqarib quyish kerak. Po‗lat chiqariladigan tarnov oldindan yaxshilab tozalanishi va quritilishi lozim. Tarnovga chiqarishdan oldin silikokalsiy kiritiladi. Normal temperatura va kremniy bilan normal oksidsizlantirilganda kovshga chiqarishgacha 4—5 min qolganda zarur bo‗lgan miqdorda ferrpmarganes qo‗shiladi. 213 Po‗latning uzil- kesil oksidsizlantirilishi kovsh tubiga beriladigan aluminiy bilan (1 t suyuq po‗latga 1,0—1,2 kg) amalga oshiriladi. Tarnovda temperatura optik pirometr bo‗yicha tuzatma kiritmasdan 1500—1580 °C bo‗lishi kerak. Kоvshdagi metall shlakning 100—150 mm qalinlikdagi himoya qatlami bilan qoplangan bo‗lishi kerak. Oxirgi yillarda po‗lat suyuqlantirib olish va sifatli metal olish uchun plazma- yoy pechlari qo‗llanilmoqda. Bu pechlar o‗tga chidamli qoplamli, yoki keramik tigelli bo‗lishlari mumkin (yoy pechlariga o‗xshagan). Plazma- yoy pechi keramik tigelli 3.30- rasmda keltirilgan. Pech o‗tga chidamli qoplam bilan futerovka qilingan va 2 svod bilan yopilgan. Plazmatron 1 suyuqlantirish kamerasiga svod orqali kirgiziladi. O‗tga chidamli qoplamida 6 tag qismi elektrodi o‗rnatilgan. Bu elektrod tokni suyuq metallic vannaga keltiradi. Svod qismini 4 kojuxga o‗tkazgich joyida zatvor 3 qismi bilan zichlshtirilgan. 3.30- b rasmda kristallizatorli plazma- yoy pechi sxemasi ko‗rsatilgan. Pechlar keng diapason bosimda ishlashi mumkin 0,3 MPa dan to 10 -1 Pa gacha. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling