O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Qo‘sh aluminiy ligaluralarining xarakteristikasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Qo‘sh aluminiy ligaluralarining xarakteristikasi 
Ligatura 
Legirlovchi 
komponent 
miqdori, % 
Tcmperatura, °C 
Ligaturaning 
suyuqlanishi 
Legirlovchi qo‗shilma 
kiritilayotganda 
suyuqlanmaniki 
Al—Cu 
45-50 
575 
750 
Al—Mn 
10 
780 
850-900 
Al—Ni 
20 
780 
850-900 
Al—Ti 
3-4 
800-850 
1200-1300 
Al—Mg 
9-11 
560-640 
700-750 
 
3.12- jadval 
Aluminiy qotishmalarini suyuqlantirish temperatura rejimlari 
Qotishma 
Temperatura. 
º

o‗ta qizdirishda 
quyishda 
Al—Si 
730-750 
700-710 
Al—Si—Mg 
750 
680-720 
Al—Cu 
740-780 
690-730 
Al—Cu—Si 
750 
680-730 
Al—Cu—Zn 
700-750 
670-710 
Ko‗pchilik aluminiy qotishmalari ikki komponentli shixta: quyma ko‗rinishidagi 
aluminiy qotishmasi va xususiy ishlab chiqarishdan qaytgan metall asosida 
suyuqlantiriladi. Masalan, ZILda tarkibida 9% Si bo‗lgan Al—Si qotishma 25 t 
sig‗imli vannali gaz pechlarida suyuqlantiriladi, shixta esa qaytarilgan metall va 
quyma ko‗rinishidagi AK9 markali qotishmadan iborat. 
Al—Cu—Si qotishmalar ham gaz pechlarida suyuqlantiriladi. Masalan, VAZda 
gaz pechlari uchun mo‗ljallangan shixta 40% AK6M2 va 60% qaytarilgan metalldan 


229 
iborat bo‗ladi. Qotishma gaz pechida 850 °C temperaturada qoplama flus ostida 
suyuqlantiriladi, bunda qotishma ko‗pi bilan 780 °C temperaturagacha qizdiriladi. 
Tayyor qotishma suyuqlantirish pechidan letka orqali tarnov bo‗yicha kutish 
pechiga chiqariladi, bu pechdan pnevmo qayta quyish quriknasi yordamida kovshga 
quyiladi. Kovshda gazdan tozalovchi tabletka joylashtirilgan (87% geksaxloretan, 
12,7% NaCl va 0,3% ultramarin) qalpoq yordamida metall tozalanadi. Kovsh 
transportirovka qilinayotgan vaqtda metallning yuzasi qoplama flus bilan bekitiladi. 
Qotishma kovshdan tarqatish pechiga quyiladi, u bu yerda ham qoplama flus ostida 
bo‗ladi. 
Tarkibida 9,5—11,5% magniy bo‗lgan Al—Si—Mg qotishmani suyuqlantirish 
qator xususiyatlarga ega. Unda shixta materiallari sifatida yuqori darajada toza 
bo‗lgan aluminiydan (A995, A99, A97, A95), magniy va ligaturadan (aluminiy- 
berilliy, aluminiy- titan va aluminiy- sirkoniydan), shuningdek, xususiy ishlab 
chiqarishdan qaytarilgan metalldan foydalaniladi. 
700 °C gacha qizdirilgan toza tigelga quyma ko‗rinishidagi aluminiy va 
aluminiy- berilliy ligatura yuklanadi; metall suyuqlantirilgandan va 700 °C gacha 
qizdirilgandan keyin aluminiy- titan hamda aluminiy- sirkoniy ligaturalar kiritiladi. 
Tola suyuqlantirilgandan so‗ng qotishma shlakdan tozalanadi, obdan aralashtiriladi 
va titandan tayyorlangan qalpoqcha yordamida magniy kiritiladi. Qotishmani 750 
°C dan yuqori o‗ta qizdirishga yo‗l qo‗yilmaydi. Qotishmada berilliy va titan bo‗lsa, 
suyuqlantirish operatsiyasini himoyalovchi flussiz bajarish mumkin. Qolgan 
hollarda 4, 5 va 6- qoplama fluslardan foydalaniladi (3.10- jadvalga q.). Metall 
yuzasi ustida to‗q qo‗ng‗ir rangli dog‗larning paydo bo‗lishi qotishmaning 
oksidlanganligini ko‗rsatadi. Quyma yuzasida qora qatlamning yoki namunalarning 
singan joyida qoramtir to‗q rangning paydo bo‗lishi qotishmaning normadan 
tashqari o‗ta qizdirilganligi haqida guvohlik beradi. 
Barcha komponentlar kiritilgandan so‗ng qotishma 8 va 9- fluslar (3.10-jadvalga 
q.) bilan tozalanadi, so‗ngra shlakolinadi va qoliplarga quyiladi. Qotishmani 
qoliplarga quyish quyiladigan buyum devorla- rining qalinligiga qarab 660—770 °C 
temperaturalar oralig‗ida bajariladi. 


230 
Tarkibida 3—4% dan ortiq magniy bodgan aluminiy-magniyli qotishmalar 
kislorod va vodorodni yutishgagina moyil bo‗lmasdan, balki havodagi azot va pech 
atmosferasi bilan o‗zaro ta‘sirlashadi. Azotning magniy bilan reaksiyaga kirishi 
natijasida nitridlar hosil bo‗ladi. Nitridlar hosil bo‗lishining oldini olish uchun 
maxsus fluslar ishlatiladi. Ularning tarkibida boshqa xloridlar bilan bir qatorda 
magniy xloridi bo‗ladi, u magniyning kuyib tugashiga to‗sqinlik qiladi. 
Suyuqlantirish vaqtida suyuqlanma temperaturasi va metall tarkibidagi gazlar 
miqdori texnologik namunalar bo‗yicha, shuningdek, vakuum ekstraksiyasi metodi 
yordamida nazorat qilinadi. Aluminiy qotishmalari olishning yakunlovchi 
bosqichida ular modifikatsiya qilinadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling