O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)
Tozalash. Hozirgi vaqtda magniy qotishmalarining quyidagi tozalash usullari
qo‗llaniladi: tindirish, qattiq va suyuq fluslar bilan ishlov berish, gazlar (argon, xlor, karbonat angidrid gazi, geliy, to‗rt xlorli uglerod) kiritib tozalash, filtrlash, aktiv metallar (sirkoniy, kalsiy, titan, marganes) qo‗shish va h.k. Tindirish metodi eng sodda, 750 °C temperaturada bajariladi, lekin unumdorligi kam va tejamsiz. Magniy qotishmalarini suyuqlantirishda flus ВИ 2 (38—46% MgCl 2 , 32-40% KCl, 10% gacha NaCl + CaCl 2 , 5-8% BaCl 2 , 3-5% CaF 2 ), ВИ 3 lardan foydalaniladi. ВИ 3 ВИ 2 dan tarkibida CaF 2 (15—20%) va MgO (7—10%) lar miqdorining ko‗proq bo‗lishi va BaCl 2 ning bo‗lmasligi bilan tafovutlanadi. Bulardan tashqari, xloridsiz flus ВИAM 5 (17,5% MgF 2 , 15% AlF 3 , 50% B 2 O 3 , 17,5% CaF 2 ) va ФЛ1 (32% MgF 2 , 40% AlF 3 , 15% B 2 O 3 , 13% CaF 2 ) lardan ham foydalaniladi. Magniy qotishmalarini fluslar bilan taxminiy tozalash rejimi quyi- dagicha: 700—720 °C temperaturada suyuqlanma 5—6 min davomida aralashtiriladi. Foydalanilgan flus chiqarib tashlanadi va yangi flus hosil qilinadi, suyuqlanma 750—780 °C gacha qizdiriladi, shu temperaturada 10—15 min tindiriladi hamda 700—680 °C temperaturagacha, ya‘ni quyish temperaturasigacha pasaytiriladi. Suyuqlanmaning metallmas aralashmalardan tozalanish darajasi texnologik namunaning singan joyi bo‗yicha nazorat qilinadi: unda qora dog‗larning bo‗lishi magnit oksidlarining borligini ko‗rsatadi, kulrang dog‗lar esa fluslar aralashganligi haqida guvohlik beradi. Fluslar bilan ishlanganda qotishmalarning qisman degazatsiya- lanishi ham sodir bo‗ladi. Ancha chuqur degazatsiyalash uchun gazlar bilan ishlash usuli qo‗llaniladi. Azot kiritib tozalash ko‗pi bilan 660— 685 °C temperaturada bajariladi, chunki 232 bundan yuqori temperatu- ralarda qotishmani ifloslantiradigan magniy nitridlari hosil bo‗ladi. Argon va xlor berib tozalash jarayoni 740—760 °C da bajariladi. Tozalash ba‘zan modifikatsiyalash bilan birgalikda bajariladi, bunda xlor oqimiga uglerod (IV)-xlorid kiritiladi. Xlor kiritib tozalashda xlorli magniy hosil bo‗ladi, u metalldan oksid aralashmalarini chiqarib yuborishga yordam beradi. Amalda suyuqlanmalarni ko‗pkarrali ishlash usuli qo‗llaniladi. Masalan, suyuqlanmani karbonat angidrid gazi va geliy yoki uglerod (IV)-xlorid va geliy bilan ketma- ket ishlash qotishma tarkibidagi vodorod miqdorini eng kichik miqdorgacha kamaytirishga (8—10 sm 3 /100 gr metall) imkon beradi. Sirkoniy, titan yoki marganesning qo‗shilishi magniy qotishmalarini temir aralashmalaridan tozalashga yordam beradi. Temir aralash- malarining miqdorini protsentning mingdan bir ulushigacha kamaytirish mumkin. Bu usulda tozalash operatsiyasi, odatda, 800—850 °C temperaturada bajarilib, keyinchalik suyuqlanma 700 °C temperaturada 20—30 min davomida saqlab turiladi. Bunda tarkibida temir va qo‗shimchalar bo‗lgan qattiq fazaning kristallizatsiyalanishi va cho‗ki- shi sodir bo‗ladi. Filtratsiya magniy qotishmalarini aralashmalardan tozalashda yaxshi natijalar beradi. Shu maqsadda donador va to‗rsimon filtrlardan foydalaniladi. Eng nafis tozalashni donador filtrlar ta‘minlaydi. Ularda filtrlovchi materiallar sifatida magnezit, grafit, koks va ular bilan birgalikda boshqa materiallar ishlatiladi. Qotishmaning tozalanish dara- jasi dona o‗lchami va filtrlash qatlamining qalinligi bilan aniqlanadi: dona qanchalik mayda va qatlam qalinligi qanchalik katta bo‗lsa, qotish- ma shunchalik nozik tozalanadi. Magnezit filtrlari qotishma tarkibidagi metallmas aralashmalarni eng kam miqdorgacha pasaytirishga imkon beradi. To‗rsimon filtrlar sifatida kataklari lx1 mm bo‗lgan to‗rdan foydalaniladi. Po‗lat to‗r ifloslanishni 3—7 marotaba kamaytiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling