O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Magniy qotishmalarini quyish xususiyattari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet96/136
Sana10.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1762301
TuriУчебник
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   136
Bog'liq
QUYMAKORLIK METALLURGIYASI (OXIRGISI)

Magniy qotishmalarini quyish xususiyattari. Tayyor bo‗lgan qotishma 
qoliplarga quyish uchun kovshlar bilan beriladi. Kovshlar oldindan qizdiriladi va 
eritilgan karnalit yoki flus ВИ 2 bilan yuviladi. Magniy qotishmalari ma‗lum 
temperaturada quyiladi: МЛ 2 qotishma 720-800 °C da; МЛ 5, МЛ 6 - 690-780 °C 
da va МЛ 3, МЛ 4 - 690—790 °C da. Qoliplarga quyish tugagach, kovshda 
10—15% qotishma qoldiriladi (qolipga flus tushishi oldini olish uchun). Quyish 
vaqtida qotishma alangalanishining oldini olish uchun magniy qotishmasining 


235 
oqimi oltingugurt yoki oltingugurtning bor kislota aralashmasi bilan changlatiladi 
(1: 1). 
3.13. Rux qotishmalarini suyuqlantirish 
Jarayonning fizik-kimyoviy xarakteristikasi. Rux oson eriydigan og‗ir 
metallar jumlasiga kiradi (t
er
= 419,7 °C, ρ = 7133 kg/m
3
), qaynash temperaturasi esa 
past bo‗ladi (907 °C). Gaz fazasi bilan o‗zaro ta‘sirlashganda ZnO
3
• 3Zn(OH)
2
dan 
iborat zich himoya pardasi bilan qoplanadi. Temperatura ortgan sayin pardaning 
himoyalovchi qobiliyati pasayadi va ruxning (1.42)—(1.44) reaksiyalar bo‗yicha 
oksidlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. 
Oksidlanishni kamaytirish uchun rux va uning qotishmalari himoya yoki sust 
qaytaruvchi atmosferada suyuqlantiriladi. Suyuqlantirayot- ganda himoya 
atmosferasi sifatida azotdan foydalaniladi. Havo so‗rilishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun 
pech bo‗shlig‗ida azot bosimi 0,12 0,15 MPa chegarasida saqlab turiladi. 
Suyuqlantirish suyuqlanma temperaturasi 440—480 °C da olib boriladi. O‗ta 
qizdirish 480 °C dan ortmasligi kerak, chunki bu temperaturada jadal oksidlanish va 
qotishmaning gazlar bilan to‗yinishi boshlanadi, cho‗yan yoki po‗lat tigelda 
suyuqlantirilganda esa qotishma temirga to‗yinishi mumkin. 
Tozalash. Rux qotishmalari gazlar aralashmalaridan va 
metallmas 
qo‗shilmalardan rux xloridi, aluminiy xloridi, geksaxloretan yoki tuzlar kompleksi 
yordamida tozalanadi. Rux qotishmalari zararli metall aralashmalaridan tindirish 
usuli bilan tozalanadi. Bu usul qotishma tarkibidagi qo‗rg‗oshin va temir miqdorini 
kamaytirishga imkon beradi. Rux qotishmalari azot va xlor bilan tozalanganda 
vodorod miqdori sezilarli darajada kamayadi (50% gacha), lekin gaz bilan ishlov 
berilgandan keyin mustahkamligi va qattiqligi biroz kamayadi, elastikligi esa ortadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling